65-bob. Yomon qo’shni haqida
117. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.)ning qilib yuradigan
duolaridan biri shunday edi: "Ey, Alloh! Men yashaydigan yerdagi yomon qo’shnining
yomonligidan panoh berishingni so’rayman, chunki foniy dunyodagi yomon qo’shnidan
ko’chibgina qutilishing mumkin".
Yashaydigan yerdan murod qabriston, deyilmoqchi. Ya'ni ey, Alloh, yomon qo’shnini
bizdan, bizni undan xalos qilmoqqa Sen o’zing qodirsan .
118. Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishi o’z
qo’shnisini, aka-ukalarini va hatto otasini o’ldiradigan vaqt kelmaguncha qiyomat-qoyim
bo’lmaydi", dedilar".
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
Do'stlaringiz bilan baham: |