246-bob. Bemorning qaysi tarafida o'tirmoq kerak?
546. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir
bemorni ko'rgani borsalar uning boshi tomonida o'tirardilar. So'ngra yeggi martaba
"Ulug' arshning egasi bo'lgan azamatli Alloh taolodan senga shifo bermog'ini so'rayman",
deb duo qilar edilar. Agar qazo kuni yetmagan bo'lsa, u bemor dardidan shifolanib
ketardi".
547. Rabi' ibn Abdulloh aytdi: Men Hasan Basriy bilan Qutoda ibn Da'omaning dardini
so'ragani bordik. Shunda Hasan Basriy Qutodaning boshi tomonida o'tirib, undan
ahvolini so'radilar, keyin: "Ey, Alloh! Bu kishining diliga va dardiga shifo bergin!" - deb
duo qildilar
Do'stlaringiz bilan baham: |