1-Bob. MINERALOGIYA VA MINERALLAR HAQIDA
TUSHUNCHA
1.1. Minerallar va mineralogik tadqiqotlarning
sanoatdagi ahamiyati
Sanoatning bironta ham sohasi yo‘qki, unda biron foydali
qazilma bevosita xom holicha, yoki qaytadan ishlangan mahsulot
sifatida qo‘llanilmasin. Inson uchun temir rudalarini qazib, undan
metallurgiya yo‘li bilan tayyorlangan turli navli chosyan va
po‘latning muhim ahamiyatiga ega ekanligi hammaga ma’lum.
Temir - sanoatning asosiy tomiridir. U metallurgiya, mashinasozlik,
kemasozlik, temir yo‘l, ko‘priklar, temir-beton inshootlari, kon
asbob-uskunalari, keng iste’mol mollari va h.k. uchun asosdir. 0 ‘z
navbatida, faqat birgina temir metallurgiyasining o‘zi qazib
chiqarilayotgan qattiq mineral yoqilg‘ining - koksga aylantiriladigan
toshko‘miming 40% ga yaqinini talab qiladi. Sanoat taraqqiyotida
suyuq mineral yoqilg‘i - neft va uning qayta ishlangan mahsulotlari
ham nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Yonuvchi gazlaming ahamiyati
ham kundan kunga ortib bormoqda.
Rangli
metallurgiya,
elektr
sanoati,
kemasozlik,
samolyotsozlik, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining
rivojlanishida rangli metallar deb ataluvchi - mis, rux, qo‘rg‘oshin,
alyuminiy, nikel, kobalt rudalaridan ajratib olinadigan metallar
muhim
rol o‘ynaydi.
Nodir metallar:
volfram,
molibden,
Shuningdek, titan, kobalt va boshqa juda katta mudofaa ahamiyatiga
egadir.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mineral o‘g‘itlar - kaliy
minerallari (kaliy tuzlari), fosforli minerallar (apatit, fosforit), azotli
minerallar (selitra) va boshqalardan keng foydalanishga bog‘liqdir.
Kimyo sanoati ko‘p jihatdan mineral xomashyolarga asoslanib
ishlaydi. Masalan, sulfat kislota oltingugurtga boy kolchedan
(pirit)dan olinadi; juda ko‘p minerallar sof tug‘ma oltingugurt,
selitra, plavik shpatlari va bor, kaliy, natriy, magniy, simob va
boshqa
elementlaming
minerallari
kimyoviy
preparatlar
tayyorlashda ishlatiladi; rezina sanoatida - oltingugurt, talk, barit;
7
kislotalar bilan o‘tga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarishda -
asbest, kvars, grafit va boshqalar; bo‘yoqchilik bilan emal va
glazurlar (sir) tayyorlashda - galkenit, sfalerit, barit va titan, mis,
temir, margimush, simob, kobalt, bor minerallari, kriolit, ortoklaz
sirkon; yozuv qoglozi ishlab chiqarishda - talk, kaolin, oltingugurt,
achchiqtosh, magnezit va h.k ishlatiladi.
Tosh tuz bilan osh tuzi inson ovqatining zarur tarkibiy
qismidir. Bir qancha minerallar va ulardan qayta ishlab olingan
mahsulotlar (mirabilit - glauber tuzi; mineral suv lar. borjom va
boshqalar, vismut, bariy, bor, yod tuzlari) dori darmon sifatida
ishlatiladi. Mineral buloqlar (vodorod sulfidli, karbon kislotali,
temirli, sho‘r va boshqa buloqlar) va tabiiy balchiqlardan ham
davolash maqsadlarida foydalaniladi. Meditsina va sanoatning ayrim
tarmoqlarida, radioaktiv minerallardan olingan radioaktiv moddalar
yoki kimyoviy elementlaming sun’iy yo‘l bilan olingan bir qancha
izotoplari qo41anadi.
Inson hayotida bezak toshlar ham katta rol o‘ynaydi.
Ko‘pincha bezak va badiiy buyumlar ishlanadigan qimmatbaho
toshlardan boshqa juda ko‘p rangdor toshlar ham bor, ular devorlarni
bezash uchun ishlatiladi. Mamlakatimizdagi eng yaxshi inshootlar
pushti rangli rodonit, rang barang yashma, marmar, kvarsit bilan
bezatiladi. Kvars, island shpati, slyuda, turmalin, flyuoritlardan optik
asboblar ishlanadi. Agat, korund, sirkon va boshqa qattiq
minerallardan soatlar va boshqa aniq mexanizmlar uchun
podshipniklar tayyorlanadi. Olmos (karbonado), korund, granat,
kvarslar abraziv material sifatida buyumlami edirish va ularga jilo
berishda ishlatiladi. Yumshoq va yog‘langandek tuyuladigan
minerallar (talk, grafit) to'lduruvchilar sifatida mexanizmlarning
yediriluvchi qismlarini moylash uchun ishlatiladigan joylarga
aralashtirib ishlatiladi.
Keyingi vaqtlarda urandan reaktorqozonlarda olinadigan juda
katta yadro ichki energiyasini ajratib olish masalasining hal etilishi
bilan bog‘liq ravishda undan sanoatda tinchlik maqsadlarida
foydalanish uchun juda qulay sharoit yaratildi. Ma’lumki, Sovet
Ittifoqida 1954-yildayoq atom yoqilg‘isi bilan ishlaydigan jahonda
birinchi elektrostansiya qurildi va ana Shunday elektrostansiya-
larning yangilari Ьафо etilmoqda. Nihoyat, hozirgi paytda shu
protsessorlar davomida gigant energiya hosil qiluvchi og‘ir vodorod
(deyteriy bilan tritiy) hisobiga geliy hosil boMishiga olib keladigan,
termoyadro
reaksiyalaridan
(shu
maqsadda
litiyning
ham
foydalanib) juda katta energiya olish kutilmoqda.
Minerallaming va ulardan qayta ishlash y o ii bilan olinadigan
mahsulotlarning ishlatilishi haqida yuqorida keltirilgan qisqacha
ma’lumotlardan mineral xomashyolaming xalq xo‘jaligida qanchalik
muhim ahamiyatga ega ekanligi koVinib turibdi.
Shu vazifalami amalga oshirish uchun olib borilgan ishlar
natijasida juda ko'p yangidan-yangi muhim sanoatbop foydali
qazilma konlari kashf etildi. Masalan, Solikamsk tumanidagi kaliy
va magniy tuz konlari, Shimoliy Kaspiybo‘yi bor konlari, Shimoliy
Ural alyuminiysi, Qozog‘iston misi, G‘arbiy Uralbo‘yi va Yevropa
tekisligi neft konlari lkkinchi Boku va h.k. shular jumlasidandir.
Qora metallar, rangli metallar va nodir metallar: termir, marganets,
xrom, mis, qo‘rg‘oshin, rux, qalayi, volfram, molibden nikel va
boshqa metal rudalarining zaxiralari birmuncha ko‘paydi.
Biroq xalq xo'jaligining o‘sib borayotgan talablarini qondirish
maqsadlarida xomashyo bazamizni bundan buyon ham uzluksiz
ravishda kengayib borishini ta’minlash zarurligi munosabati bilan
sovet geologlari oldida hali katta vazifalar turibdi.
Ulaming oldida faqat yangi konlami topish va yangi sanoat
tumanlarida kam uchraydigan foydali qazilmalar . zaxiralarini
ko‘paytirishgina
emas,
balki
topilgan
mineral
boyliklarni
0
‘zlashtirishda qatnashish vazifasi ham turibdi. Bunda mineral
xomashyodan kompleks foydalanish, ya’ni xomashyo tarkibidagi
asosiy foydali qazilma bilan bir qatorda qolgan boshqa qimmatli
komponentlaming hammasini ham ajratib olish masalasi muhim
ahamiyatga sazovor bo‘lmoqda. U vazifani esa rudalami batafsil
mineralogik
tekshirmasdan
va
ishlanayotgan
xomashyoning
texnologiyasi xossalarini hisobga olmasdan turib bajarish mumkin
emas.
Mineralogiyani bilish razvedka ishlarini, ayniqsa qidiruv
ishlarini olib borishda muhim ahamiyatga ega. Shu vazifalami
muvaffaqiyatli bajarish uchun avvalo, minerallarni batafsil aniqlay
9
olish, ularning tabiatda topilish sharoitlarini, bir-biri bilan birga
boMish qonuniyatlarini va hokozoni bilish zarur. Shunday voqealar
ham boMganki, qidiruvchilar u yoki bu minerallami to‘g‘ri aniqlay
olmaganliklari tufayli sanot uchun muhim ahamiyatga ega boMgan
konlami topa olmasdan o4ib ketganlar. Yer yuziga chiqib turgan
konlami qidirishda, mda konlarining oksidlanish zonasining
mineralogiyasi xossalarini bilish va shularga qarab yer osti suvlari
sathidan pastda yotgan birlamchi rudalar tarkibini aniqlashni
o lrganish ham muhim.
Bundan tashqari, minerallaming bir qator xususiyatlari
(magnit tortuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi, solishtirma ogMrligi
va boshqalar) foydali qazilma konlami qidirish va razvedka
qilishning geofizika usullarini (magnitometrik, elektrorazvedka,
gravimetrik va boshqalar) ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga
ega.
Qazib olinayotgan rudalarning sifat-xususiyatlarini o ‘rganish
geologlaming asosiy vazifalaridan biridir. Mineralogiyani bilmasdan
turib, bu vazifani ham hal etib boMmaydi. Kon geologi har kuni
yangidan-yangi qazilgan joy devorlari bo‘ylab rudasi bor jinslar
holatini kuzatar ekan, mdalar mineralogik tarkibining fazoviy
o‘zgarishlari qonuniyatlarini boshqa birovdan ko‘ra yaxshiroq
biladi, bu esa qazib chiqarish ishlarini boshqarishda ham juda
muhim ahamiyatga egadir.
Qazib chiqarilgan rudalar ko‘p hollardan eritishdan aw al yoki
texnologik jihatdan ishlanmasdan aw al maxsus fabrikalarda
mexanik yoM bilan boyitiladi, ya’ni bo‘sh jinslardan ajratiladi yoki
mdalar har xil tarkibli konsentratlarga boMinadi. Rudalami aw al
maydalab va yanchib boyitish maxsus joylarda, shu bilan birga
ularning har xil xususiyatlarini solishtirma ogMrligi, magnit
tortuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi, flotatsiyalovchi reagentlarga
munosabati va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda olib
boriladi. Rudalami tashkil etuvchi mineral donalarini katta-
kichikligi bilan ularning bir-biri bilan yopishib o‘sish xarakteri ham
katta ahamiyatga ega. Mana shu hamma masalalami hal qilishda,
foydali qazilmalami boyitish ilmiy tekshirish institutlarining
mineragrafiya
laboratoriyalarida
olib
boriladigan
maxsus
10
mineralogik tekshirishlar katta rol o4ynaydi. Biroq mineralogik
tekshirish usullarini bilgan har qaysi geolog rudalaming mineralogik
tarkibi bilan tuzilishini maqsadga muvofiq ravishda tekshirib borar
ekan, boyitish paytida qaysi rudalaming qanday holatda va qaerda
bo‘lishi haqida to‘g‘ri xulosalar chiqara olishi va boyitishning qaysi
usulida qanday komponentlari qancha miqdorda yo‘qoladi va uning
qaysi sababdan ekanligini oldindan aytish mumkin.
Shunday qilib, foydali qazilma konlarini mineralogik
tekshirish, ularni qidirish va razvedka qilish ishlaridagina emas,
balki sanoatning konlami qazib chiqarish va' judalarni ishlash
bo4yicha tarmoqlarida ham juda muhim ahamiyatga egadir.
Tog4 jinsi va minerallarning jamiyatdagi o4mi qanday
baholanadi. Bu yo4llarni qurish, ko4prik, tonellar, turli saroylami
Ьафо etish kabi ishlami bajarishda qurilish vositasi sifatida va
ularga chiroy berishda minerallar va tog4 jinslari ishlatiladi. Ushbu
rasmlarda ко4rinib turibdi. {Xorij}
Do'stlaringiz bilan baham: |