Shu formulaga bir qator N qimmatini ko‘rib, qaytish
ko‘rsatkichini sindirish ko‘rsatkichiga bogMiq ekanligi chizma yo‘li
bilan - egri chiziq shaklida — tasvirlash juda oson. Ko‘rinib
turibdiki, egri chiziq havoning sindirish ko‘rsatkichiga juda yaqin
boMgan N=1 minimumga ega. Kocpchilik minerallaming sindirish
ko‘rsatkichi birdan ortiq boMganligi uchun,
bizni qiziqtirayotgan
qaytarish ko'rsatkichi R qiymati o‘sha minimumning o'ng tomonida
joylashadi.
Mineralning qadimdan faqat amaliy yoM bilan belgilab
qo‘yilgan yaltirash darajasi quyidagicha bosqichlarga ega boMgan
shkalaga juda mos keladi.
1
. Sindirish ko‘rsatkichi N=1,3-1,9 gacha boMgan minerallar
uchun xos shishadek yaltirash. Bunga quyidagi: muz (N=1,309),
kriolit N=1,34-1,36), flyuorit (N=1,43), kvars (N=1,544); bundan
keyin juda ko‘p galloid
birikmalar, karbonatlar, sulfatlar va silikatlar
va kislorod tuzlari; shpinel (N=1,73), korund (1,77) va granatlar (N
dan 1,83 gacha) kabi minerallar bilan tugallanuvchi qator minerallari
mansubdir.
2. Sindirish ko‘rsatkichi N=1,9-2
, 6
gacha boMgan minerallar
uchun xos olomosdek yaltirash. Bunga misol tariqasida quyidagi
sirkon (N=1,92-1,96), kassiterit (N=1,99-2,09), kristall yonlari
olmosdek yaltiraydigan sof tug‘ma oltingugurt (N=
2
,
0 2
),
sfalerit
(N
= 2
,3-2,4), olmos N=2,40-2,46), ko‘pincha to‘q rangli xillari
uchun xos yarim metalldek yaltiraydigan rutil (N=2,62) kabi
minerallarni ko‘rsatish mumkin.
3. Sindirish ko‘rsatkichlari (Li yorugMigi uchun) N=2,6-3
boMgan shaffof va yarim shaffof minerallarga xos yarim metalldek
yaltirash. Misollar, alabandin (N=2,70), kuprit N=2,85), kinovar
(N=2,91), gematit (N=3,01).
4. Sindirish ko‘rsatkichi 3 dan ortiq
boMgan minerallar uchun
xos metalldek yaltirash. Quyidagi misollami qaytarish qobiliyatining
ortib
borishiga
qarab
tartib
bilan
ko‘rsatamiz:
pirolyuzit
(kristallangani), molibdenit, antimonit, galenit, xalkopirit, pirit,
vismut va boshqa minerallar.
Minimumdan chapda qaytarish qobiliyatini ko‘rsatuvchi egri
chiziq birdan yuqoriga koMariladi. Shu sohaga sindirish ko‘rsatkichi
59
birdan kichik bo'lgan ba’zi sof tug'm a materiallargina: kumush
(N=0,36), oltin (N=0,36), mis (N=0,64) va boshqalar to'g'ri keladi.
Bu shaffof emas minerallarning qaytarish ko‘rsatkichi
haqiqiy
qiymatlarining Frenel formulasi bilan aniqlangan qiymatlariga
qaraganda
birmuncha
ortiq
bo'lishini
ko'rsatadi.
Yuqorida
keltirilgan tartibimizdan chetga chiqqandek bo'lib ko'rinadigan
kamdan-kam uchraydigan hollaming mavjudligi shu bilan osongina
tuShuniladi. Masalan, magnetitning sindirish ko'rsatkichi 2,42
bo'lib, u olmosdek yaltirashi kerak edi, lekin uning shaffof
bo'lmaganligi uchun, ya’ni qisman yorug'lik
yutgani uchun
qaytarish ko'rsatkichi birmuncha ortiq bo'ladi va diagrammada
yarim metalldek yaltiraydigan minerallar qatoridan joy oladi.
Agar biz o'zimizga minerallar dunyosida qanday yaltiraydigan
minerallar ko'p deb savol berib, hamma shaffof va qisman nur
o'tkazuvchi minerallarni o'rtacha sindirish ko'rsatkichiga qarab
ajratsak, u holda 1,5-1,7 qiymatlaming
juda keng tarqalganligini
yaqqol
ko'ramiz.
Hisoblashlaming
ko'rsatishicha
shishadek
yaltiraydigan minerallar sindirish ko'rsatkichi 1,9 dan ortiq
bo'lmagan tabiiy birikmalarning 70% ga yaqinini tashkil etadi.
Boshqa gruppa, uncha katta bo'lmagan
gruppa metalldek
yaltiraydigan minerallarga to'g'ri keladi. Lekin shu metalldek
yaltirash amaliy jihatdan muhim bo'lgan juda ko'p minerallar uchun
shu
qadar xarakterli, ularning aw algi nomi shu xususiyatga qarab
berilgan edi (nemis tilida hozirgacha Shunday nomlar bilan ataladi):
masalan, galenit (qo'rg'oshin yaltirog'i), xalkozin (mis yaltirog‘i).
antimonit (surma yaltirogci), kobaltin (kobalt yaltirog'i), va h.k.
Ma’lumki,
sindirish
ko'rsatkichi
ionlar
reaksiyasi,
minerallarning kimyoviy tarkibi, solishtirma og'irligi va kristall
strukturasi xossalari bilan umuman bog'Iiq bo'ladi. Shu narsa
qadimdan ma’lumki, bir xil kristall
strukturaga ega boMgan
minerallarning sindirish ko'rsatkichi ularning solishtirma og'irligi
kabi o'sha birikma kationlari atom og'irligining ortishi bilan
ko'pincha kattalasha boradi. Masalan, MgO (solishtirma og'irligi
3,64) uchun N=1,73, NiO (solishtirma og'irligi 6,4) uchun esa
N=2,23 yoki AI
Do'stlaringiz bilan baham: