Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi


Kaliy yetishmagan sharoitda rivojlangan o‘simliklar



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

Kaliy yetishmagan sharoitda rivojlangan o‘simliklar. 
A) suli, B) lavlagi, V) tok 
Agar kaliy yetmay qolsa to‘qimalarda natriy, magniy, kalsiy erkin ammiak va mineral fosfatlar 
to‘planishi mumkin. Ayniqsa ammiakning ortiqcha to‘planishi o‘simlik to‘qimalarini zaharlanishiga olib 
keladi. O‘simliklarning tashqi ko‘rinishida ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Barglar chetlaridan boshlab 
sarg‘ayadi yoki qoramtir ranga kiradi va quriy boshlaydi. Eng yuqoridagi o‘suvchi kurtaklar o‘sishdan 
to‘xtaydi va nobud bo‘ladi. Umuman, kaliy yetishmasligini aks ettiruvchi belgilar o‘sishning susayishi, 
qarri barglarda tomirlar oralig‘ida xloroz sodir bo‘lishi, barglarning qizg‘ish-binafsha rangga kirishi va 
boshqalardan iborat. 
Kalsiy
. Kalsiy ham o‘simliklarga zarur bo‘lgan mineral elementlardan biridir. Uning miqdori 
o‘simliklarda har xil bo‘ladi. Daraxtlarning po‘stlog‘ida va qari barglarda kalsiy eng ko‘p bo‘ladi. 
O‘rtacha bir gramm quruq og‘irlik hisobiga 5-30 mg kalsiy to‘g‘ri keladi. O‘simliklar kalsiyga bo‘lgan 
munosabati bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: 1) kalsiyfillar- «ohaksevarlar» ya’ni ohagi ko‘p tuproqlarda 
yaxshi o‘sadigan turlar, 2) kalsiyfoblar - ohakdan qochuvchilar, kalsiyning ortiqcha bo‘lishi bular uchun 
zararlidir (sfagnum moxi) 3) neytral turlar-kalsiyga befarq turlar. Kalsiy madaniy o‘simliklardan 
dukkaklilar, kungaboqar, kartoshka, karam, kanop va boshqalarda ko‘p, g‘allasimonlarda, lavlagi va 
boshqalarda aksincha kam bo‘ladi. Ikki pallali o‘simliklarda bir pallalilarga nisbatan har doim kalsiy 
ko‘proq bo‘ladi. Kalsiy o‘simliklarning qarri organ va to‘qimalarida ko‘p to‘planadi. Chunki kalsiyda 
reutilizatsiya (qayta o‘zlashtirish) xususiyati oz. Hujayralar qariganda kalsiy sitoplazmadan vakuolaga 
o‘tadi va organik kislotalarning erimaydigan tuzlari holatida to‘planadi. Kalsiy o‘simliklarning ildiz 
tizimiga nisbatan yer ustki qismlarida ko‘proq to‘planadi. 


38 
Hujayrada kalsiy ko‘proq pektin moddasi bilan birlashib joylashadi va po‘stning mustahkamligini 
ta’minlaydi. Hujayraning boshqa organoidlarida xloroplastlarda, mitoxondriyalarda va yadroda ham 
kalsiy bo‘ladi. Kalsiyning miqdori tuproq turiga qarab o‘zgaradi. Nordon reaksiyaga ega podzol 
tuproqlarda kam va neytral reaksiyali tuproqlarda ko‘p bo‘ladi. 
O‘rta Osiyo tuproqlarida kalsiy ko‘p bo‘lganligi uchun ham u maxsus o‘g‘itlar sifatida 
ishlatilmaydi. Agar o‘simliklar ozuqali eritmada o‘stirilsa, kalsiyga bo‘lgan talab tezlik bilan 
seziladi.O‘simliklar kalsiyni tuproqdan kation (Sa+) holatida qabul qilib oladi. Ozuqali eritmada (suv 
kulturasida) o‘tkazilgan tajribalar kalsiy yosh o‘simliklarga va yosh organlarga ko‘proq kerakligini 
ko‘rsatdi. U yetmaganda ildizlar ham zararlana boshlaydi. Chunki kalsiy organizmdagi modda 
almashinuv jarayonining turli xil funksiyalarini bajaradi. Ayniqsa kalsiy ionining sitoplazmadagi miqdori 
muhim ahamiyatga ega. U mitsellalarning kolloid xususiyatlariga ta’sir etadi. Bu (ikki valentli kation) 
o‘zining protoplazmaga ta’siri bilan ko‘p jihatdan kaliyga qarama-qarshidir. Kaliy sitoplazmaning 
disperslik darajasini oshirib plazma biokolloidlarining gidratatsiyasini kuchaytirsa, kalsiy, aksincha 
plazmani suvsizlantiradi va suv bilan kamroq ta’minlanishiga sabab bo‘ladi.Kalsiy hujayralardagi bir 
qancha 
fermentlar 
tizimi 
(degidrogenazalar, 
glutamatdegidrogenaza, 
malatdegidrogenaza, 
glyukofosfatdegidrogenaza, NADF-izotsitratdegidrogenaza), -amilaza, adenilat- va argininkinazalar, 
lipazalar, fosfatazalar va boshqalarning faolligini oshiradi. Mahsulotlar bilan fermentlar o‘rtasidagi 
munosabatni kuchaytiradi. Lekin kalsiy ionlarining normadan ko‘payib ketishi hujayralardagi oksidativ 
fosforlanish jarayonidan ko‘payib ketishi, hujayralardagi oksidativ fosforlanish jarayonlarini susaytiradi. 
Keyingi yillarda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan va tarkibida kalsiy saqlovchi oqsil kalmodulin 
borligi aniqlandi. Bu oqsil tarkibini 148 aminokislota qoldig‘i tashkil etadi va to‘rtta kalsiy ioni bilan 
bog‘langan. Kalmodulin oqsil bir nechta fermentlarning faolligini boshqarishda ishtirok etadi. Bu 
oqsillarning ishtirokida kalsiyning hujayra ichidagi miqdori boshqariladi. Kalmodulin hujayra 
membranalari bilan bog‘lanadi. Bu bog‘lanishlar kalsiy ishtirokida ancha mustahkam bo‘ladi. Natijada 
membranalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati barqarorlashadi. Agar kalsiy yetishmasa membrananing 
barqarorligi buziladi, o‘tkazuvchanligi oshib ketadi va membranadagi transport jarayoni buziladi. Odatda 
butun ildiz tizimining yuzasi kalsiy ionlari bilan qoplangan bo‘lib, ular ionlarning dastlabki hujayraga 
qabul qilinish mexanizmida ishtirok etadilar. Kalsiy ioni, ayrim hujayrada ko‘p to‘planishi mumkin 
bo‘lgan ionlarning (ammoniy, alyuminiy, marganets, temir) transportini kamaytirish yo‘li bilan ularning 
zararli ta’sirini ham kamaytiradi. Professor R.A.Azimovning ko‘rsatishicha kalsiy o‘simliklarning 
sho‘rlikka chidamligini oshiradi. Umuman kalsiy ionlari tuproqda eng ko‘p bo‘lib, ionlarning umumiy 
muvozanatini boshqaradi. 
30-rasm. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish