majburiy
va
ixtiyoriy.
Mahsulotni u
yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri
asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga
ta’sir kо‘rsatuvchi
mahsulotlar, albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub
bо‘ladi,
qolgan
mahsulotlar
esa
sertifikatlashtirilishi
ixtiyoriydir.
Majburiy
sertifikatlashtirish
deganda
sertifikat-lashtirish
huquqiga
ega
bо‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning
standartlardagi majburiy
talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda
ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/,
sotuvchi /ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi
bilan ixtiyoriy ravishda
о‘tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.
Hozirgi
sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo
iqtisodiy aloqalarni, fan
va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan
mahsulotlarning
sifatini
yaxshilash, ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun
muntazam ravishda
sinovlardan о‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni
kо‘pincha uchinchi tomon
deb ataluvchi shaxs yoki
tashkilot amalga oshiradi va
kо‘riladigan masalada
qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchi /birinchi
tomon/ va xaridor /ikkinchi
tomon/ ning manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo
mustaqil ravishda ish kо‘radilar.
Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlash-tirish ishlab
chiqaruvchilarning
ishonchiga sazovor bо‘lmoqda va shu sababli bunday yо‘l keng
qо‘llanilib, salmoqli
ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon
tarafidan bajarilayotgan
sertifikatlash-tirish tizimini tashkil etish amalda shuni
kо‘rsatmoqdaki, uni turlicha
tashkil qilish mumkin ekan: ishlab chiqaruvchi
assotsiyatsiyalar,
yirik
iste’molchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari
tomonidan, masalan, Fransiya
va Angliyada 60-yillar boshida ite’molchilar
tomonidan harbiy maqsadlar uchun
elektronika mahsulotlarini sertifikatlash-tirish
tizimi yaratildi.
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan
milliy tizimlar majburiy
bо‘lgan
standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy
miqyosda
qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qо‘llanilgan.
Sertifikatlashtirish
tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan
о‘tkaziladigan
texnikaviy
meyorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini qamrab
olgan
har qanday
tekshiruvdir. Shuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb
hisoblab, bosim
ostidagi
idishlarni, portlash havfidan himoyalangan
qurilmalarning, kemalarning,
suzish
vositalari-ning,
tayyoralarning,
aviatsiya
qurilmalarining,
atom
reaktorlarining va tog‘
texnikasining ishlatishdagi
havfsizligini ta’minlash uchun
texnikaviy nazorat о‘rnatuvchi idoralar shartli
tekshiruvni amalga oshiradi.
Takrorlash
uchun
savollar.
1.
Sertifikatlashtirishning
tarixini
bilasizmi?
2. Sertifikat nima?