Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

So’rov metodi
ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi 
ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi 
tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak 
bo’ladi. 
Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, 
o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. 
Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo’lmasa, 
so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod 
yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni 
to’plash imkoniga ega bo’ladi. 
Odatda tasviriy va korrelyasion tadqiqotlarda foydalaniladigan so‘rov 
metodi tadqiqotning sayozligi bilan ajralib turadi. Odamlardan o‘z xatti-
harakatlari va o‘z fikrini xarakterlash so‘raladi. Odamlarga qanday savollarni 
berishmagan: Haligacha odamlarga berilmagan biror-bir ma’noli savolni o‘ylab
topish mushkul. AQSHda, masalan, Gellap Instituti tomonidan jamiyat fikrini
o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan oxirgi so‘rovda aniqlanishicha, odamlarning
72%i televidenieda zo‘ravonlik ko‘p deb hisoblaydi, 84% odamlar
gomoseksualistlarning ishga kirishlari uchun boshqalar bilan teng huquqli 
bo‘lishlari tarafdori, 89% amerikalik stress vaziyatda yashayotganlarini
ta’kidlashgan, 95% xudoga ishonadi, 96% esa o‘z tashqi qiyofasidan ko‘ngli
to‘lmaydi va unda nimanidir o‘zgartirishni xohlashadi.
19
 
Yozma so’roq yoki anketaning
afzalligi shundaki, uning yordamida bir 
vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan 
savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopik anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon 
etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob 
beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubhasiz, qimmatli 
birlamchi materiallar to’planadi. 
So’roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo’lib, 
birinchisida oldindan nimalar so’ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida 
esa, hattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar 
doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi. 
Testlar
oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari 
sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o’rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, 
ham mikdor xarakteristiqalarini olish, ularni ko’pchilikda qayta - qayta sinash va 
ma’lumotlarni korrelyatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo’ladi. 
Ayni testga qo’yilgan talab hech qachon o’zgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, 
ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o’zgarmagan xolda 
ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni ulchash, Kettelning va 
Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir. 
19
David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 62-b. 


32 
Test - so’rov
oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan 
javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi 
introversiya - ekstroversiyani o’lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo’q» tarzida javob 
berish so’raladi. 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish