Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

 
72-rasm
 
Turli sezgi organlari ishtirokida o‘zlashtirilgan va 
qayta ishlangan axborotning oradan 2 hafta o‘tgach, 
quyidagi miqdorlari eslab qolinadi:
 

o‘qilganlar -10 %;
 

eshitilganlar – 20 %;
 

ko‘rilganlar – 30 %;
 

ko‘rilgan va eshitilganlar – 50 %;
 

gapirilganlar – 80 %;
 

gapirilgan va amalda bajarilganlar – 90 %.
 
 
 
Eslab qolish va o‘zlashtirish bilan bog‘liq unutish, xotiraga joylash, qismlarga 
ajratib yodlash, mexanik yoki anglab yodlash, xotira mashqi suggestopediya (bir 
shaxsning boshqasiga psixik ta’sir ko‘rsatishi), suggestiya (lotincha-ishontirish), 
gipnopediya (uyquda o‘qitish) kabi ko‘pgina ta’lim beruvchi va tarbiyalovchi
operatsiyalar ham pedagogik tizimga tez kirib kelmoqda. O‘quvchi pedagogik 
faoliyatini, tajribasini va kasbiy qobiliyatini diagnostik o‘rganish nazariyasi va 
metodikasi har bir pedagogik jamoada va shu pedagogik jamoaning har bir a’zosida
pedagogik kasbiy faoliyat xususiyatlarini o‘rganishda yagona maqsad uchun 
harakatlanishga imkoniyat beradi, bu o‘z navbatida o‘qituvchining pedagogik 
mahoratini oshirish mexanizmini yaratish uchun zamin hozirlaydi. Shu munosabat 
bilan o‘qituvchining pedagogik faoliyatida erishiladigan yutuqlarini belgilashda 
pedagogik diagnostika muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Pedagogik amaliyotda o‘qituvchi pedagogik faoliyatini va 
kasbiy qobiliyatini 
“diagnostikalash”
ya’ni tashxislash deganda faqat uning mutaxassis sifatida
tayyorgarlik darajasini aniqlash tushuniladi. Bunday har bir tomonlama yondashuv 
pedagog faoliyatini va qobiliyatining boshqa qirra (komponent)larini ikkinchi 
darajadagiday talqin etilishiga sabab bo‘lmoqda. Aslida esa o‘qituvchi pedagogik 
faoliyatini samaradorligi bilan ta’minlanadi. Shu jihatdan qaraganda pedagogik 
qobiliyatlar va ularning namoyonlik darajasini aniqlash usuli muhim ahamiyatga ega. 
SHunday qilib, hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyotining shiddatli rivojlanishi 
maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim 
olayotgan o‘quvchi-talabalarga chuqur bilim berish, ularni hozirgi zamon
yangiliklari bilan muntazam tanishtirib borish har bir o‘qituvchi-pedagogdan
doimiy ravishda o‘z kasbiy malakalarini va pedagogik mahoratini oshirib borishni 
taqozo qiladi. Shunday ekan, uzluksiz ta’lim tizimida, xususan, oliy o‘quv yurtlarida 
o‘qituvchi-pedagoglar bilan shartnomalar tuzilishida va lavozimlarga qo‘yilishida 
pedagogik salohiyatga, o‘z malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqot natijalariga qarab 
qo‘yilishi ayni muddaodir. 


176 
Pedagogning kasbiy kompetentligi pedagogika va psixologiya fanlariga doir 
bilimlarga ega bo‘lish, o‘z ustida ishlash, ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash 
va qayta aloqani o‘rnata olish, o‘quvchilarda o‘quv faoliyati motivatsiyasini
shakllantirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi bilish, ta’lim 
muhitiga yangilik kiritish, o‘z fanini mukammal bilish, xorijiy tillardan birini yaxshi 
bilishni taqazo etadi.
Shaxsning tanlagan sohasi bo‘yicha malakali, yuqori mahoratga ega mutaxassis 
sifatida shakllanishi murakkab jarayon bo‘lib, unga ko‘p yillik samarali mehnat, 
ijodiy izlanishlar natijasidagina erishish mumkin. Biroq mazkur sifatlarning 
shakllanishi uchun zamin o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlaridagi tahsil jarayonida 
yaratiladi. Bo‘lajak pedagogning kasbiy tayyorgarligi jarayonida mutaxassislikka
oid bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirib borishi bilan bir qatorda psixologiya 
fani bo‘yicha nazariy va amaliy bilimdonlikning shakllanishi ham muhim 
ahamiyatga ega. Xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni hal etish, dolzarb vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun har 
bir mutaxassisda kasbiy kompetentlikni shakllantirib borishga e’tibor qaratish 
maqsadga muvofiqdir. 
Kasbiy kompetentlik kishining kasbiy faoliyat bilan bog‘liq vazifalarni bajara 
olish qobiliyati va undan samarali foydalana olish imkoniyati bo‘lib, u shaxsga xos 
ko‘plab psixologik xususiyatlarga ega bo‘lishni taqozo etadi.
73-rasm 
Psixologlar kompetentlikda “mutaxassisning kutilmagan vaziyatlarda o‘zini
tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan munosabatlarda yangicha yo‘l tuta
olishi” zarur deb hisoblaydi. Kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo
boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay
olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish