Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

1.
 
Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning 
nomi, mutaxassislik, kasb-hunar, lavozim, ishchi o‘rni imkoniyati, mehnatning 
turdosh xususiyatlari va uning muhim tavsiflarining bayoni). 
2.
 
Ishning maqsadi, samaradorligi xususidagi ma’lumotlar. 
3.
 
Mehnat quroli sifatida nimalar qo‘llanilishi. 
4.
 
Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‘ziga xos jabhalari. 
5.
 
Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi. 
6.
 
Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati. 
7.
 
Ishni bajarilishining sharti va sharoitlari. 
Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma bo‘lib, u 
mutaxassisning motivasion, iroda va emosional sohasining tavsifi hisoblanadi. 
Psixogramma
- kasbning psixologik portreti bo‘lib, u aniq kasbda dolzarb 
bo‘lgan psixologik funksiyalar guruhi bilan namoyon bo‘ladi.
Psixogramma
- faoliyatning psixologik xarakteristikalari tasnifi bo‘lib, 
mazmunan kasb egasi bo‘lmish shaxsdan talab qilinadigan xususiyatlarni 
ifodalaydi. Ushbu atama fanga XX asr boshlarida nemis psixologi V.SHtern 
tomonidan kiritilgan.
99
V.SHtern o‘z vaqtida shaxsning barcha psixologik qirralari, 
xususiyatlarini emas, balki faoliyatga yo‘naltirilgan muhim tomonlarini qamrab 
oluvchi psixogrammaning qisman (boshlang‘ich) tuzilishini o‘rganishni taklif 
etgan. Bu erda gap biror kasb yo‘nalishida faoliyat yuritadigan shaxs xususida 
emas, balki malakali mutaxassis portreti haqida boradi.
Demak, psixogramma haqida gap ketganda, kasb egasining psixologik 
portretini o‘rganish nazarda tutiladi. Ayrim manbalarda faoliyat professiogrammasi 
atamasiga ham ta’rif berilgan: “Faoliyat psixogrammasi mehnat egasining kognitiv, 
emotsional irodaviy, motivatsiovan, individual psixologik va boshqa kasbiy muhim 
bo‘lgan sifatlariga qo‘yiladigan talablar hamda tavsifnomalar majmui”
100

53-rasm 
Professiografik tadqiqot metodlari - kasbning ilmiy 
ta‘siri, mehnatning (mehnat xulqi) tashqi, psixik 
jarayonlar ko‘rinishini ya‘ni, mehnat sub‘ektining 
ichki vositalariga bo‘lgan integral psixologik 
tuzilmalarini nazarda tutadi. 
99
Psixologiya. Uchebnik. / Pod. red. A.A. Krilov. – M.: “PROSPEKT”, 1998. C. 329. 
100
Hayitov O., Umarova N. Boshqaruv psixologiyasidan qisqacha izohli lo‘g‘at. Metodik qo‘llanma.\\ Prof. V.M. 
Karimova umumiy tahriri ostida. – T.: “Fan va texnologiya”, 2008.58,59-b. 


130 
Professiogrammalarning kasbga yo‘naltirish va kasbiy tanlov maqsadida 
ishlab chiqishda psixodiognostik tadqiqotlar juda muhim hisoblanadi. Qolgan 
tadqiqotlar o‘quv-kasb muassasalarida talabalar, o‘quvchilarni o‘qishga qabul 
qilinadigan shaxslar ishlashi lozim bo‘lgan sharoitlarni aniqlash uchun ahamiyatga 
ega.
Ammo ular ham muhim hisoblanadi, chunki aniq majburiyatlarni va mehnat 
sharoitlarini bilmasdan, kasbga yo‘naltirish, kasbiy yo‘nalganligini tashkillashtirish 
va kasbga nisbatan layoqatini aniqlab bo‘lmaydi. 
Bugungi kunda Buyuk Britaniya Oliy ta’lim tizimida faqatgina talabalarning 
soni ko’payibgina qolmay, avvalgi yillarga qaraganda ularning xilma-xilligi 
anchagina oshdi. Talabalar o’z moliyaviy holatlari, ijmoiy sinfi, oila sharoitlari va 
yoshlari bo’yicha juda katta farq qiladilar; xamda o’zlarini oldingi o’quv 
tajribalari, oliy ta’lim olish uchun sabablari, orzulari va maqsadlari bo’yicha; 
ularning dinlari, etnikligi va millati; hamda ularni qobiliyatlari, nogironliklari va 
maxsus yordamga muxtojliklari bilan farq qiladilar. 
Ushbu xilma-xillik ko’proq va kengroq qatnashuv yo’nalishlariga uzviy 
bog’langan xolda shu narsa tan olinmoqdaki, o’zi tanlagan fan sohalarida 
muvaffaqiyat qozonishni istagan va shu maqsadda muxim yordamga muhtoj 
talabalarni ko’proq ta’limga jalb qilib tanlab olish zarurdir.
Talabalar har xil bo’lib, ularning shaxsiyatlari xam har xil bo’ladi, bu o’z 
navbatida xilma-xil ta’lim zaruriyatlarini yaratadi. Bugungi kunda talabalarda oliy 
ta’limni maqsadi yoki yuqori pog’onalarda ta’lim olish tabiati to’g’risida umumiy 
tushunchani topish qiyindir.
Ko’p talabalar madaniy boy bo’lmagan muhitlardan kelib chiqqan bo’lishi 
mumkin, shuning uchun ba’zida ular o’qituvchilari tomonidan talab qilinayotgan 
asosiy talablarni boshlang’ich bosqichda yaxshi tushunib etsmasliklari mumkin. Bu 
o’z navbatida, o’qishga kirgan talabalarni o’qishda ikkinchi yilga qolib ketish 
foizini oshishi xavfiga olib kelishi mumkin.
101
 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish