Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


Ijtimoiy faoliyat-shaxs va oila darajasida



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

 
Ijtimoiy faoliyat-shaxs va oila darajasida. 
Individual faoliyatning asosiy 
maqsadi, individning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi, uni o‘rab turgan 
jamoatchilik orasidagi mojaroli vaziyatlarni hal qilishdan iboratdir. Masalan, 
bolaning oila tarkibida jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom o‘sishi ota-onalarning 
ijtimoiy-madaniy mavqei hamda moddiy ta’minlanganligiga, ularning etarli 
darajada diqqat-e’tiborni ajrata olishlari borasidagi imkoniyatlariga, ta’lim 
muassasalarining 
joylashuvi 
(yaqin 
yoki 
uzoq), 
mazkur 
oila 
qaerda 
yashayotganligiga bog‘liqdir. Sanab o‘tilgan barcha vaziyatlarda bola va ularning 
ota-onalariga qonunchilikda belgilangan huquqlaridan foydalanishlarida doimo 
malakali mutaxassis yordamiga ehtiyoj seziladi. Ijtimoiy xodim qiyinchiliklarni 
aniqlashi, oila va individga ijtimoiy resurslar manbaiga murojaat qilish uchun 
maslahatlar berishi va tegishli joylar tomonidan qo‘llab-quvvatlash ishlari 
tashkillashtirilishida yordam berishi mumkin. 
Turli turkumga ega bo‘lgan ijtimoiy faoliyat. 
Ijtimoiy yordam va qo‘llab-
quvvatlanishga muhtoj bo‘lgan guruhlar quyidagi tavsiflar asosida tasniflanishi 
mumkin: 
 

 
yoshi jihatidan (bolalar, yoshlar, qariyalar); 
 

 
jinsi jihatidan; 
 

 
o‘xshash muammolari bilan (konfessional, yolg‘iz ota yoki onalar 
uyushmasi, sobiq alkogolik va narkomanlar guruhi yoki b.). 
 
91
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 167. 


124 
Ijtimoiy faoliyat - jamoatchilik orasida, turar joyida. 
Ijtimoiy xodimning 
alohida e’tiborga molik faoliyat sohalaridan bu yashash joyida, jamoatchilik orasida 
xizmat ko‘rsatishdan iborat. U ijtimoiy xizmatlar tizimining kengaytirilishi, 
jamoatchilik munosabatlarini mustahkamlash, yashash joyining o‘zida iliq va 
muvaffaqiyatli ijtimoiy-psixologik iqlimning yaratilishi, shuningdek, turli 
ko‘rinishdagi lokal tashabbuslar asosida yordam guruhlarini tashkillashtirishga 
yo‘naltirilgan. 
 
Bu sohada O‘zbekistonga xos bo‘lgan mahalla kabi maxsus jamoatchilik 
tuzilmasining 
keng 
imkoniyat 
va 
qudratidan 
foydalanish 
maqsadga 
muvofiqdir. Ijtimoiy faoliyatning mohiyatini quyidagicha belgilash mumkin. Bu 
individ, oila va guruhlarga ularning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirish hamda 
barkamol tarzda ijtimoiy jihatdan o‘zligini namoyon etishda to‘sqinlik qiluvchi 
jismoniy, ruhiy, aqliy, ijtimoiy va boshqa kamchiliklarini bartaraf etish yoki 
kompensatsiya qilish maqsadidagi ko‘rsatiladigan yordamdir.
 
Kasb tanlash motivlari va ularning psixologik mohiyati haqida gap ketganda, 
shasxda uchrashi mumkin bo‘lgan motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlash 
mumkin: 
biror o‘quv faniga nisbatan qiziqish; 
yurti, xalqi va Vataniga foyda keltirish istagi; 
shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilib ko‘rsatish; 
oilaviy an’analarga rioya qilishi (vorislik); 
do‘stlari va o‘rtoqlaridan o‘rnak olganligi; 
ish joyining va o‘quv yurtining uyga yaqinligi; 
moddiy ta’minlanganlik; 
o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishning osonligi 
singari motivlardir. 
Ma’lumki, har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga keladi va 
etarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning uchun ham ta’lim 
jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rganishni amalga oshirishni ta’minlash 
uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari mavjud bo‘lishi shart. Shularni inobatga olib, 
rus olimi E.A. Klimov yoshlar iqtidorining yo‘nalishini aniqlash maqsadida 
faoliyat va kasb - hunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish