Oilaviy maslahat.
Zilzila va uni qanday yuz berishi
mumkinligi hamda unda muhofazalanish uchun nimalar qilish
kerakligi xususida gaplashish katta samara beradi. Shuning
uchun oilaning har bir a’zosi bunday paytdagi xavfni oldindan
bilishi, xavfsiz joyni aniqlab olishi lozim. Siz oila a’zolaringiz
bilan bunday xavfdan himoyalanishni bajarib tursangiz o‘z va
farzandlaringiz xavfsizligini ta’minlagan bo‘lasiz.
Xonadon ichidagi xavfsiz joylar: eshik orasi, tayanch
devorlar, uyning ichki burchaklari, uydagi divan yoni yoki
stollar tagi hisoblanadi.
Uy ichidagi asosiy xavf manbalari:
•
ikkilamchi bezaklarning zaifligi va tushib ketishi (osma
54
shif
t, ganch, andresollar), mebellarning ag‘darilishi;
•
yuqoriga qo‘yilgan og‘ir yoki sinuvchan buyumlarning
tushib ketishi;
•
andresol va shkaflar eshigining ochilib ketishi;
60
•
zilzila vaqtida siz uchun xavfsiz bo‘lgan joyga o‘tish
yo‘lining berkilib qolishi;
•
FV holatida kerak bo‘lgan narsalar saqlanadigan joyning
berkilib qolishi;
•
tashqariga chiqish yo‘lining berkilib qolishi.
Uyni jihozlashda xavfsizlikka e’tibor bering
* Uyni jihozlashda imkon qadar baland mebel olmaslikka
harakat qiling. Mebeln
i devorga mustahkamlang. Ya’ni uni
devorga qotiring.
* Mebel ustiga, yuqori tokchaklariga og‘ir va qattiq buyum
qo‘ymang. Mebel eshiklarini mustahkam yopilishiga e’tibor
bering. Agar mebelni devorga mixlab qotirish imkoniyatingiz
bo‘lmasa yoki xohlamasangiz unda mebelni old tagiga biron
narsa qo‘yib, uni devor tomon qiyaligini ta’minlang. Bunda
albatta mebel bilan devor orasida ma’lum miqdorda masofa
bo‘lishini unutmang.
* Uyda, ayniqsa kirish yo‘laklari devorlarida og‘ir narsalar,
rasmlar, oynalar osmang. Osganingizda ham uning
mustahkamligini
ta’minlang.
* Uyni ichki burchaklarini hamisha bo‘sh bo‘lishini ta’minlang.
Oila a’zolaringizga ana shu burchaklar zilzila paytidagi
eng xavfsiz joylardan biri ekanligini uqtiring.
* Uyingizda eng baland turgan og‘ir va qattiq buyum
oilangizdagi eng kichik kishini ham bo‘yidan baland bo‘lmasligi
kerakligini yodingizda saqlang. Unga amal qiling.
* Ovqatlanish, dam olish, uxlash joylaringiz mebel, deraza
va oynalardan uzoqroq bo‘lishiga e’tibor bering.
* Tez
olovlanadigan, o‘zidan kuchli hid chiqaradigan, biroq
turmush uchun kerakli bo‘lgan suyuqliklarni, moddalarni
alohida joyga saqlashni odat qiling.
* Gaz, suv jumraklarini har oyda bir marta tekshirib turing.
Chunki, zilzila yong‘in va boshqa hodisalar keltirib chiqarish
xarakteriga ega.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |