jj
atlar
i
Tayinlanishiga ko‘ra
Shakllantirish
tartibiga ko‘ra
Muomalalarni qamrab olish
usuliga ko‘ra
Axborot ta’minoti
tizimidagi maqomi
bo‘yicha
Tuzilgan
joyiga
ko‘ra
Qator(pozitsiya)lar
soniga ko‘ra
Bir turdagi muomalalarni
rasmiylashtirish
bo‘yicha
To‘ldirish
usuliga
ko‘ra
Farmoyish hujjatlari
Isbotlovchi
Buxgalteriyada
rasmiylashtiriladigan
Uyg‘unlashtirilgan
Bir martalik
Jamlama hujjatlar
Oddiy
Ichki
Tashqi
Unifikatsiyalangan
Boshqalar
Ko‘p qatorli
Dastlabki
Yig‘ma (umumlashtiruvchi)
Yozuv mashinkasida tuziladigan
Kompyuterda tuziladigan
(elektron)
Qo‘lda tuziladigan
Ko‘pincha farmoyish ma’lum hujjatda berilib, shu hujjatning o‘zida keyinchalik
shubu muomala rasmiylashtiriladi.
Bir nechta funktsiyaning bitta hujjatda bunday birlashtirish aralash
(kobinatsiyalashgan) hujjatlarni vujudga keltiradi.
Isbotlovchi (yoki tasdiqlovchi) hujjatlar deb amalga oshirilgan muomalalarni
rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi. Ular muomalalar sodir bo‘lish daqiqasida
tuziladi va ushbu muomalalarni hisobda qayd qilishning birinchi bosqichini
anglatadi.
Isbotlovchi hujjatlarga misol bo‘lib kirim orderlari hisoblanadi.
Kirim orderlari korxona omboriga kelib tushayotgan moddiy boyliklarni
rasmilashtirish uchun ishlatiladi. Uning shakli kelib tushgan boyliklar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar buxgalteriyada keyinchalik qanday ishlashi (qo‘l bilanmi yoki
hisoblash mashinalaridami)ga bog‘liq.
Shuni nazarda tutish kerakki, hozirgi paytda hujjatlarning isbotlovchi
funktsiyalarini faqat muomalalarni bajarish haqidagi farmoyishlar unsurlari
bilangina emas, balki ularning buxgalteriya rasmiylashtiruv unsurlari bilan ham
birlashib yuritishga harakat qilmoqdalar. Shuning uchun ko‘pchilik xo‘jalik
muomalalari alohida isbotlovchi hujjat bilan rasmiylashtirilmoqda.
Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari deb buxgalteriya xodimlari
tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ularni engillashtirish, qisqartirish va
soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga aytiladi. Bularga taqsimlovchi, hisob -
kitoblar (masalan, kalkulyatsiya), turli tuman buxgalteriya ma’lumotlari va shu
kabilar kiradi.
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlariga misol sifatida asbob - uskunalarni
saqlash va ishlatish xarajatlari, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash
vedomostini keltirish mumkin. Bu vedomostlarni tuzish uchun kerak bo‘lgan
ma’lumotlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni aks ettiruvchi
“Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyotidan olinadi.
Buxgalteriya ma’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan boshqa
schyotga o‘tkazish kerak bo‘lganda schyotni yopishni rasmiylashtirish, hisob
yozuvlarida, yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘irlash xollarida va hokazolarda tuziladi.
Bunga bo‘lgan ehtiyoj juda ko‘p uchraydi, shuning uchun shunga o‘xshash
ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan.
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri amalga
oshirilgan muomalalar bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyasi mazkur muomalani
rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad
uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usul bilan ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan birgalikdagina foydalanish
mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini osonlashtiruvchi va tayyorlovchi
texnikaviy vosita hisoblanib, ko‘makchi ahamiyatga egadir.
Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) hujjatlar deb bir nechta hujjatlar turining,
ya’ni farmoyish va isbotlovchi, isbotlovchi va buxgalteriya rasmiylashtiruv
hujjatlarining belgilarini birga qo‘shib olib boradigan hujjatlarga aytiladi.
Ular bir vaqtning o‘zida ham mazkur muomalani bajarish to‘g‘risida
farmoyish, ham uning bajarilganligi haqida dalolat beruvchi (isbotlovchi) hujjat
sifatida xizmat qilib, ushbu muomalaning bajarilganligini qayd qiladi va shu bilan
birga ularni schyotilarda aks ettirish tartibi haqida ko‘rsatmalar beradi.
Aralash hujjatlarga misol sifatida bo‘nak (avans) hisobotini keltirish mumkin.
U hisobdor shaxs tomonidan olingan bo‘nakdan qilingan xarajatlarni ko‘rsatish
uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro‘yxati ularni tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilgan
xolda hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak hisobotining orqa tomonida keltiriladi.
Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar - hisobdor shaxsning ismi, sharifi,
unga berilgan summa va hokazo keltiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda shu betning
o‘zida buxgalteriya xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda xarajatlar qanday
schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham ko‘srsatiladi.
Bo‘nak hisobotida muomalaning mazmuni va buxgalteriya yozuvi haqidagi
ma’lumotlarning mavjudligi uni aralash hujjati sifatida tafsiyalaydi. Chunki unda
isbotlovchi hujjat va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilari
birlashtirilgandir.
Aralash hujjatlar tarkibiga shuningdek materiallarni chetga yoki qayta
ishlovga berib yuborish haqidagi nakladnayalar, materiallarni ombordan berish
uchun talabnomalar, kassa kirim va chiqim orderlari va boshqalar ham kiritiladi.
Bir hujjat bir nechta hujjatlar turining belgilarini birga olib borish katta
ahamiyatga egadir. U hisobdagi hujjatlashtirishni yaqqollashtiradi, hujjatlarni
ishlashda ulardan foydalanish soddalashtiradi va engillashtiradi va provardida hisob
bosma ish qog‘ozlariga sarflarni qisqartiradi. Zamonaviy buxgalteriya amaliyotida
aralash hujjatlardan foydalanish ayniqsa keng tarqalgan.
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig‘ma hujjatlarga
bo‘linadi. Dastlabki hujjat deb sodir bo‘lgan muomalalarni dastlab aks ettiradigan
hujjatlarga aytiladi. Ular mazkur muomalalar haqiqatda bajarilganligining hisboti
bo‘lib hisoblanadi.
Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar talabnomalarini keltirish xizmat
qilishi mumkin. Ular materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi
tomonidan unga materiallarni berish to‘g‘risidagi farmoyishni bajarilganligi haqida
guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga shuningdek qabul qilish - topshirish
dalolatnomalari, nakladnayalar, tilxat, kvitantsiyalar va boshqalarni kritish mumkin.
Shuningdek kassa kirim orderi – subyekt kassasiga naqd pullarni kirim qilishda
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |