Olkashunoslik



Download 6,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/139
Sana29.05.2022
Hajmi6,29 Mb.
#616230
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   139
Bog'liq
Tarixiy o\'lkashunoslik.Ochildiyev F.B.

Romitan.
0 ‘zbekistonning qadimgi shaharlaridan biri «Romitan» -
«Tan oromi» deb ataladi. Narshaxiynmg yozishicha, Romitan katta bir
14


ko‘handizga ega va mustahkam bir qishloq bo‘lib, Buxorodan qadimiy- 
roqdir. Ba’zi manbalarda bu qishloqni Buxoro deb ataganlar. Romitan- 
da qadimdan hukmdorlar turar joylari bo‘lgan. Buxoro shahri vujudga 
kelgandan so‘ng ular Romitanda faqatgina qish faslida yashaganlar. 
Tabarivning yozishicha, 707-yilda Qutayba Romitanni bosib olgan. Xu- 
roson noibi Abu Muslim Buxoroga har gal kelganda o ‘z qarorgohmi 
Romitanda joylashtirgan.
Vardonze.
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi «Qo‘rg'om 
Vardonze» nomi bilan mashhur yodgorlik (VI-XIX asrlar), Qo‘rg‘onning 
uzunligi 110 m, kengligi 60-70 m, balandligi 45-50 m. Vardonxudotlar- 
ning maxsus qarorgohi bo‘lgan. Rivoyatlaiga ko‘ra, Shopurkom atamasi 
sosoniylar shahzodasi Shopur ismidan olingan. Shopur Buxoroga kelib, 
Buxorxudotdan yer olib qasr va qishloq qurdirib, unga ariq keltiigan. 
Narshaxiyning yozishicha, bu katta bir qishloq b o iib , ko'handizga, kat- 
ta va mustahkam hisoiga ega. U Turkistonning chegarasida joylashgan. 
U joyda har haftada bir kun bozor bo‘lib, savdogarlar ko‘p kelar edi. 
Arablar hujumi arafasida (VIII asr boshi) Vardonze Buxorodan aiohida 
mustaqil podsholik pojtaxtiga aylangan.
Poykend.
Poykend o ‘tmishda 4 qism. 1. Darvozali ark (maydoni
1 ga); 2. Darvozali ichki shahriston (maydoni 11 ga); 3. Darvozali tash- 
qi shahriston (maydoni 6 ga); 4. Sharq. g ‘arb hamda janub tomonla- 
rida qad ko targan (maydoni 100 ga dan oshiqroq) ulkan rabodlardan 
iborat bo‘lgan. Ayrim m a’lmnotlaming guvohlik berishicha, Poykend 
qadimda Buxoro hukmdorlarining qarorgohi bo‘lgan. Narshaxiyning 
m a’lumotlariga ko ra, shahar aholisining aksariyat qismi savdogarlar 
bo‘lib, ular Xitoy va dengiz bo‘yi mamlakatlari bilan savdo qilganlar. 
Ibn Hurdodbeh va Ibn al-Faqihlar Poykendni «Madina at-tujjor», ya’ni 
«savdogarlar shahri» nomi bilan ta’riflaydilar.
Tavois
(dastlabki nomi Arqud) - Buxoro vohasidagi tarixiy vilo- 
yat va shahar. Milodning boshlarida bu yerda otashkada va otashgoh 
bo‘lgan. Arablar ilk marta bu joyda tovusni ko‘rgach, «Zot ut-tavois» -
«Tovuslar egasi» deb nom berishgan. Tabariyning yozishicha, Tavoisda 
Qutayba ibn Muslimning qarorgohi bo‘lgan. Tavois Buxoro-Samarqand 
yo‘lining ustida joylashgan bo‘lib, Narshaxiyning yozishicha, qadim- 
gi vaqtlarda har yili kuz faslida 10 kun nuqsonli mollaming bozori 
bo‘lgan.
J 5


0 ‘rta asr mualliflarining asarlarida Buxoro va boshqa shaharlami 
bir-biri bilan bog‘lovchi savdo yo‘llari haqida yozganda turli shahar- 
lar va aholi punktlari ortasidagi masofalarni ham keltirib o'tishgan. 
Bu hududlarda qaiicha rabod, shaliar va qishloqlar bo‘lganligini sanab 
o ‘tadilar. Xususan, Ibn Hurdodbeh Amudaryo kechuvi bo‘lgan Amuldan 
(hoziigi Choijo‘y) Buxorogacha bo‘lgan masofa 19 farsax bo'lganligi 
haqida m a’lumot beradi. Shuningdek, Buxoro va Poykend o ‘rtasidagi 
masofa 5 farsax bo‘lganligini ham e’tirof etadi. Maqdisiy esa Buxo- 
rodan Xorazmga o'tuvchi yo'lda 7 ta rabot, 2 ta shahar (Shuraxon, 
Kat) va 6 ta to‘xtash joyini eslatib, Buxorodan Xorazmga 3 kunlik y o i 
bo‘]ganligini ta’kidlaydi.
Samarqand
shahri to’g ‘risida X asr arab geografi Istaxny fikr bil- 
dirib, shahami «Movarounnahming quruqlikdagi bandargohi» deb ta ’rif 
beradi. IX -XII asrlarda shahar hayoti Shahriston devorlaridan tashqari- 
ga chiqib, Cho‘ponota tepaliklaridan tortib Darg‘om daryosi etaklariga, 
Zarafshon vodiysining bepoyon kengliklariga yoyilgani ta’kidlangan 
Manbalarda keltirilishicha, Samarqand o'zining ko‘klamzorligi bilaii 
mashhur bo‘lgan.
Istaxriyning ta’rifiga ko‘ra, Samarqandda So‘g ‘d darvosidan ja- 
nubda joylashgan va undati baland turgan shahardir. «Bu yerda ark, 
shahriston va rabod bor. Men arkka ko‘tarilib. inson ko‘zi hech qachon 
ko‘rmagan ajoyib manzaralardan birini, koVm-ko'k daraxtlarni, hasha- 
matli qasrlarni, oqayotgan kanallarni va uzluksiz barq urib turayotgan 
madaniyatni ko‘zdau kechirdim. Bulaming hammasi hamisha mavjla- 
nib turgan kanallarda va suvga to ‘la havzalarda aks etadi. Samarqandda 
qal’a va to ‘rtta darvoza bor. Sharqiy darvoza «Xitoy darvozasi» deb 
ataladi, u tepalikda joylashgan. Ana shu joydan ko‘p sonli zinapoyalar 
orqali S o'g'd daryosiga tushiladi. G art / darvoza Navbahor deb ata­
ladi. U ham tepalikda joylashgan. Shimoliy darvoza Buxoro darvozasi, 
Janubiy darvoza - Katta darvoza ham deb ataladi».
At-Tabanytung «Payg‘ambarlar va podshohlar tarixi» kitobida sha- 
harga shuh Samar asos solganligi, «Qand» esa bu joylarda yashagan 
turk aymog‘i ekanligi aytiladi. Ayrim tarixchilar shahar nomini «uch- 
rashuv joyi», «Savdogarlar yig‘iladigan joy» tarzida talqin qiladilar. 
Aleksandr Maqduniy (Makedonskiy) shahami istilo qilgandan so‘ng 
yunonlar uni «Marokanda» deb atay boshlaganlar.
16


XV asrda yashab ijod etgan Hofizi Abmning arabcha yozilgan 
jug'rofiy asari «Kitob al-masolik va-l-mamolik» («Y oilar va mamla- 
katlar kitobi») deb atalgan, uni «Kitob al-aholim» («Iqlimlar kitobi») 
deb ham nomlashgan. Asarda Samarqandning qisqacha tarixidan so‘ng 
shahar va shahar atrofining, shahardagi qal’alar, saroylar, machitlar. 
bog‘lar, qishloqlar ta’rifi berilgan.

Download 6,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish