08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
101/232
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror majburiy keltirish to‘g‘risida qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Ushbu qarorda yoki ajrimda: majburiy keltirilishi kerak bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining
ismi; uning protsessual mavqeyi; yashash yoki ish joyi; majburiy keltirish uchun asoslar;
shaxsni
qayerga va qachon olib kelish kerakligi; majburiy keltirish kimga topshirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi
lozim.
264-modda. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni bajarish
Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim ijro etish uchun ish yuritilayotgan joydagi ichki
ishlar organiga topshiriladi.
Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsni topgan ichki ishlar organining xodimi uni qaror yoki
ajrim bilan tanishtirib tilxat oladi va mazkur qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi,
prokuror yoxud sudga olib keladi. Bunda qarorga (ajrimga) shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib
topshirilgan vaqt,shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bog‘liq ariza, shikoyat va iltimoslar
haqidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim.
Ichki ishlar organi shaxsning qochib ketganligi, ta’tilda, xizmat safarida ekanligi, og‘ir kasalligi
yoki boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qligi oqibatida majburiy keltirishga imkon bo‘lmaganligini aniqlasa,
bu haqda ma’lumotnoma tuzadi hamda qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi,
prokurorga yoxud sudga xabar beradi.
31-bob. ShAXSNI TIBBIY MUASSASAGA JOYLAShTIRISh
Oldingi
tahrirga qarang.
265-modda. Sud ekspertizasini o‘tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish
asoslari va muddatlari
Agar sud-tibbiyot yoki sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazishda ayblanuvchini, sudlanuvchini
statsionar ko‘rikdan o‘tkazish zarurati vujudga kelsa, ular tegishli tibbiy muassasaga joylashtirilishi
mumkin.
Ruhiy holati ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish va ayblov e’lon qilish
imkoniyatini istisno etadigan gumon qilinuvchi ham, agar aynan uning ijtimoiy xavfli qilmish sodir
etganligiga yetarlicha dalillar mavjud bo‘lsa, ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy psixiatriya
muassasasiga joylashtirilishi mumkin.
Agar shaxsning gumon qilinuvchi tariqasida bo‘lishi muddati statsionar sud-psixiatriya
ekspertizasi tamom bo‘lguniga
qadar tugasa, uning ruhiy holati imkon bersa, unga ayblov e’lon
qilish yoki uni tibbiy psixiatriya muassasasidan ozod qilish yoxud uni tibbiy yo‘sindagi majburlov
chorasini qo‘llash bo‘yicha ish yuritilayotgan shaxs tariqasida e’tirof etish to‘g‘risida qaror chiqarish
zarur.
Jabrlanuvchilar va guvohlar tegishli sud ekspertizasini o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga
majburiy
joylashtirilishi mumkin emas, ular gumon qilinuvchining,
ayblanuvchining,
sudlanuvchining Jinoyat kodeksi 15-moddasining
to‘rtinchi
va
beshinchi qismlarida
nazarda
tutilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligini fosh
qilayotgan va ular bergan
ko‘rsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan
mustasno.
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi
masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi
masala esa ushbu Kodeksning
423
,
438-moddalarida
nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal
qilinadi.
Shaxs tibbiy muassasaga ko‘pi bilan bir oy muddatga joylashtirilishi mumkin. Alohida hollarda,
shifokorlarning statsionar sud ekspertizasini o‘tkazish davomida olingan xulosasiga asosan, bu
muddat sud tomonidan faqat ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan bir oygacha uzaytirilishi
mumkin. Ayblanuvchining ishni sudga qadar yuritish bosqichida tibbiy muassasada bo‘lishi
muddatini uzaytirish sud tomonidan prokurorning ushbu bobda belgilangan
tartibda kiritilgan
iltimosnomasiga binoan, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lish muddatini uzaytirish esa
ushbu Kodeksning
423
,
438-moddalarida
belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma
ayblanuvchi tibbiy muassasada bo‘lishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka
oldin tegishli prokuror tomonidan kiritiladi.
08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
102/232
Oldingi
tahrirga qarang.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash
bo‘yicha ish yuritilayotgan shaxs tibbiy muassasaga
joylashtirilayotganda, agar mazkur muassasa
qamoqqa olinganlarni yoki uy qamog‘idagi shaxslarni saqlash uchun moslashtirilgan bo‘lsa,
qamoqqa olish yoxud uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin. Boshqa holda
mazkur ehtiyot chorasi bekor qilinishi yoki yengilrog‘i bilan almashtirilishi kerak.
(265-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lgan vaqti
qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlash muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
(265-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: