497 -modda. Jinoyat kodeksi normalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi
Quyidagilar Jinoyat kodeksi normalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi deb e’tirof etiladi:
1) Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalari talablarining buzilganligi;
2) jinoyatning Jinoyat kodeksining qo‘llanilishi kerak bo‘lgan moddasi (moddaning qismi,
bandi) o‘rniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan tavsiflanganligi;
3) mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va
me’yori tayinlanganligi.
497 -modda. Jazoning adolatsizligi
Jazo jinoyatning og‘irligiga, mahkumning shaxsiga nomuvofiq bo‘lsa yoki Jinoyat kodeksi
Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan doiradan chetga chiqmasdan tayinlangan
bo‘lsa-da, biroq turi yoki miqdori bo‘yicha o‘ta yengil yoki o‘ta og‘ir bo‘lsa adolatsiz hisoblanadi.
497 -modda. Apellatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini ko‘rish chegarasi
Sud jinoyat ishini apellatsiya tartibida ko‘rishda apellatsiya shikoyati, protesti vajlari bilan
chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan apellatsiya shikoyati bermagan
shaxslarga yoki o‘ziga nisbatan shikoyat, protest berilmagan mahkumlarga nisbatan ham to‘la
hajmda tekshiradi.
Apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish chog‘ida birinchi instansiya sudi tomonidan
tekshirilgan dalillarni ham, apellatsiya instansiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki u
tomonidan talab qilib olingan va tekshirib chiqilgan yangi dalillarni ham e’tiborga oladi.
Agar birinchi instansiya sudi tomonidan sud tergovining to‘liq emasligiga yoki bir
yoqlamaliligiga yoxud protsessual buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi
to‘liq yoki qisman sud tergovini o‘tkazish yo‘li bilan bo‘shliqlarning o‘rnini to‘ldirish, protsessual
buzilishlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Shu maqsadda apellatsiya instansiya sudi:
1) ishni hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarni taraflarning iltimosiga ko‘ra talab
qilib olishga;
2) zarur sud ekspertizasini tayinlashga;
3) sud majlisiga qo‘shimcha guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirishga va so‘roq
qilishga, taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ularning iltimosiga ko‘ra sud tomonidan talab qilib
olingan yozma, ashyoviy dalillarni va boshqa dalillarni tekshirishga;
4) birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni maqbul emas deb topishga va
ularni dalillar majmuidan chiqarib tashlashga;
5) birinchi instansiya sudi tomonidan maqbul emas deb topilganligi uchun dalillar majmuidan
chiqarib tashlangan dalillarni maqbul dalillar deb topishga va ularni tekshirishga;
6) fuqaroviy da’voga taalluqli bo‘lgan holatlarni tekshirishga va fuqaroviy da’vo bo‘yicha qaror
qabul qilishga;
7) ish materiallari to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirib chiqilishini ta’minlash uchun zarur
bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |