Asosiy qoidalar



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

49-modda. Himoyachi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Himoyachi gumon qilinuvchilarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirish hamda
ularga zarur yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir.
Ishda himoyachilar sifatida advokatlar ishtirok etishlari mumkin. Advokatning ishda ishtirok
etishiga u advokat guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini
tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
16/232
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy
vakillaridan birining advokat bilan bir qatorda himoyachi sifatida ishtirok etishiga gumon
qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosnomasi bo‘yicha surishtiruvchining,
tergovchining qarori yoki sud ajrimiga binoan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs
ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan
boshlab ruxsat etiladi.
(49-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
(49-modda matni O‘zbekiston Respublikasining2008-yil 15-sentabrdagi O‘RQ-178-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 365-modda)
50-modda. Himoyachini taklif etish
Himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari,
shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan
boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tanlangan himoyachining yigirma to‘rt soat ichida ishda ishtirok etishga kirishishga
imkoniyati bo‘lmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga,
ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif etishni
yoki himoyachi tayinlashni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy
boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmalariga murojaat qilishni tavsiya etadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishda ishtirok
etishga kirishishga haqlidir.
(50-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchini,
ayblanuvchini, sudlanuvchini yuridik yordam uchun to‘lovdan batamom yoki qisman ozod etishga
haqlidir. Bunday hollarda advokat mehnatiga haq to‘lash xarajatlari Vazirlar Mahkamasi
belgilaydigan tartibda davlat hisobidan bo‘ladi.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish