47-modda. Gumon qilinuvchi
Gumon qilinuvchi jinoyat sodir etgani to‘g‘risida ma’lumotlar bor bo‘lsa-da, bu ma’lumotlar
uni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun yetarli bo‘lmagan shaxsdir.
Shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror
qaror chiqaradi.
48-modda. Gumon qilinuvchining huquq va majburiyatlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Gumon qilinuvchi: o‘zining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab turilganligi va
turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar
berish; u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri amalda
yakunlangan yoxud uning gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror unga ma’lum
qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish
vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeksning 230-moddasi
ikkinchi
qismida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; ushlanganidan keyin yigirma to‘rt soatdan
kechiktirmay so‘roq qilinishini talab qilish; o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumon xususida hamda
ishning boshqa har qanday holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan
bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi
mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining
himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar
taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish;
yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha sud majlislarida ishtirok
etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari
ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega.
(48-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Gumon qilinuvchi: surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi,
surishtiruvda va dastlabki tergovda ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga
dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa
harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; o‘ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan
talablarni bajarishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun
namunalar olish, ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi qarorlari va
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga to‘sqinlik qilmasligi;
ishni tergov qilishda tartibga rioya etishi shart.
(48-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Gumon qilinuvchi zimmasiga ko‘rsatuv berish, shuningdek o‘zining jinoyatga aloqador
emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |