269-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov
chorasini bekor qilish
Oldingi
tahrirga qarang.
Statsionar sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasini olganidan so‘ng prokuror,
tergovchi va surishtiruvchi qaror chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda shaxsni tibbiy
muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish haqida qaror
chiqaradi.
(269-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Sud ekspertizasi natijalariga ko‘ra shaxs aqli noraso deb e’tirof etilganda uning tibbiy
muassasada bundan buyon bo‘lishi to‘g‘risidagi masala ushbu Kodeksning
61-bobi
normalariga
muvofiq hal etiladi, jabrlanuvchi, guvoh aqli noraso deb e’tirof etilgan yoki shaxsning psixiatriya
yordami ko‘rsatish talab etiladigan boshqa turdagi ruhiy kasalligi aniqlangan hollarda esa,
qonunchilikka muvofiq umumiy asoslarda hal etiladi.
(269-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
32-bob. PROTSESS IShTIROKChILARINING XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh. SURIShTIRUV,
DASTLABKI TERGOV VA SUDDA PROTSESSUAL MAJBURIYATLAR HAMDA TARTIBNI BUZGANLIK
UChUN JAVOBGARLIK
270-modda. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash
Jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning
oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlariga o‘ldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yo‘q qilib tashlash yoxud
mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki o‘zga g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir
dyeyish uchun yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud
bu shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish,
shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishlari shart.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ichki ishlar organlariga ishda ishtirok etayotgan
shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini
ta’minlovchi barcha zarur choralarni ko‘rish xususida yozma ravishda topshiriq berishga haqlidir.
Ichki ishlar organi xavf tahdid solayotgan shaxslarga doir jinoyat ishidagi mavjud
ma’lumotlardan, bu xavfning ehtimol tutilgan xususiyati, manbalari, joyi, vaqti va boshqa
holatlaridan xabardor etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |