Asosiy qoidalar


-modda. Prokurorning vakolatlari



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

34-modda. Prokurorning vakolatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida ushbu Kodeksning 
243

382 — 388

558
,
589-moddalarida
 nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
(34-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-193-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Prokuror sud muhokamasida qatnashib, ushbu Kodeksning 
409-moddasida 
nazarda tutilgan
vakolatlarni amalga oshiradi.
35-modda. Tergovchi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlarining va davlat
xavfsizlik xizmatining tergovchilari olib boradilar.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli 
Qonuni 
tahririda —
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
36-modda. Tergovchining vakolatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tergovchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni
sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda
tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish
uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish
uchun jalb etish to‘g‘risida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga,
bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha
tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish to‘g‘risida yozma topshiriqlar berishga; boshqa tergovchi va
surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar
tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish,
majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov
harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi
ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida
iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 
240
va 
243 -moddalariga
muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini
to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida,
shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur
protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani
eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar
berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga;
amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish
haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Tergovchi tergovning yo‘nalishi va tergov harakatlarini yuritishga oid barcha qarorlarni,
prokuror ruxsatini olish qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravishda qabul
qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tergovchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish
haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi
ehtiyot chorasini qo‘llash uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash pasportning
(harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi,
ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi
1


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
9/232
protsessual majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini
qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish
to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritish haqidagi ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish
haqidagi, tugallangan ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish haqidagi ko‘rsatmalariga rozi bo‘lmasa,
o‘z e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga
haqlidir. Bunday hollarda quyi turuvchi prokurorning ko‘rsatmasini yuqori turuvchi prokuror o‘z
qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish bo‘yicha tergov yuritishni boshqa tergovchiga topshiradi.
(36-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Tergovchining o‘z yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va
chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar
tomonidan ijro etilishi majburiydir.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish