O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/99
Sana29.05.2022
Hajmi1,29 Mb.
#615287
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99
Bog'liq
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

qoidalari
Magistrlik dissertatsiyasining himoyasi ommaviy shaklda o’tadi, ilmiy 
munozara tusida bo’ladi va yuksak talabchanlik, prinsipiallik va ilmiy etikaga rioya 
qilish vaziyatida o’tadi. Dissertatsiyaning himoyasi paytida Davlat attestatsiya 
Komissiyasi raisi dissertatsiyaning nomini e’lon qiladi, uning muallifining 
familiyasi, ismi-sharifini ma’lum qiladi, shuningdek ishda zarur hujjatlarning 
mavjudligini bildiradi, magistrantning «ta’limiy va ilmiy tarjimai holini», uning 
o‘zlachtirishi, mabodo mavjud bo’lsa, e’lon qilgan maqolalarini qisqacha 
tavsiflaydi.
So‘z magistrantning ilmiy rahbariga beriladi. Ilmiy rahbar o’z nutqida 
magistrantning dissertatsiya ustida olib borgan ishga munosabatini ochib beradi, 
shuningdek attestatsiya komissiyasi, ilmiy rahbarning bergan savollari xususida o‘z 
fikrini bildiradi, raislik qiluvchi ilmiy rahbarning dissertatsiya ishi haqidagi yozma 
xulosasini davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga o‘qib beradi. 
So‘ngra magistrantning o‘ziga so‘z beriladi. Magistrant nutqini oldindan 
tayyorlagan ma’ruzasi asosida quradi (imkoni boricha uni yoddan aytib bergani 
ma’qul). Tadqiqot natijalarini ma’lum qilish uchun unga 15 minutgacha vaqt 
beriladi. 
Ma’ruza tadqiqotning metodologik bazasini, qo’yilgan vazifalar yechimi 
natijalari va dissertatsiya mavzui bo’yicha tavsiyalarni o’z ichiga oladi. Magistrant 
asosiy diqqat-e’tiborini o’tkazilgan tadqiqotning asosiy yakunlari, o’zi shaxsan 
ishlab chiqqan yangi nazariy va amaliy qoidalarga qaratadi. Zarur bo‘lganida 
tayyorlangan slaydlar, jadvallar va grafiklar namoyish qilinishi mumkin. 
Nafaqat magistrant nutqi matnining mazmuni, hhu bilan birga nutqning o’zi 
ham himoya muvaffaqiyatini oldindan belgilab beradi. Magistrant nutqi aniq, 
imloviy jihatdan to’g’ri, tuchunarli va ifodali bo’lichi kerak. U hamma savollarga 
ishonch bilan, ilmiy dalillar asosida javob berishi, erkin nutq qoidalariga amal 
qilishi kerak.
Magistrantning nutqidan keyin raislik qiluvchi bajarilgan dissertatsiyaga 
rasmiy opponentning taqrizini o’qib beradi va opponet bildirgan fikrlarga o’z 
javobini aytishi va opponentning xulosalari hamda tavsiyalari yuzasidan fikr-
mulohazalarini bayon qilishi uchun magistrantga so’z beradi. Shundan so’ng 
muhokama va ilmiy munozara jarayoni bochlanadi. Davlat attestatsiya komissiyasi 
a’zolari dissertatsiyada ko’tarilgan muammolar, tadqiqot uslublari bo’yicha har 
qanday savollarni berishi, tadqiq etish tartib-qoidalarini va tajriba ishi natijalarini 
aniqlashtirishi mumkin. 


136 
Bunday savollarga javob berishda faqat ish mohiyatiga daxl qilinishi lozim. 
Magistrant o’zining ilmiy natijalarini baholashda kamtarinlik va Davlat attestatsiya 
komissiyasi a’zolariga nisbatan ehtiromli munosabat namoyon qilishi zarur. 
Javob berishdan oldin savolni diqqat bilan tinglach va zarur bo’lganida 
savolni yozib olishi kerak. Har bir berilayotgan savolga imkoni boricha izchillik 
bilan javob qaytarish lozim, savollarning hammasini eshitib bo‘lib, faqat shundan 
keyin birdaniga javob berish yaramaydi.Munozara tugaganidan so’ng magistrantga 
yakunlovchi so’z berilishi ham mumkin. 
Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolarining yopiq majlisida himoyaga 
yakun yasaladi. Bunday qaror komissiya a’zolari ovozlarining oddiy ko’pchiligi 
bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lib qolganida raisning ovozi hal qiluvchi 
bo’lib hisoblanadi. So’ngra rais majlisda ishtirok etuvchilarga dissertatsiyasini 
himoya qilgan tadqiqotchilarga magistrlik akademik darajasining berilishini 
bildiradi va komissiya majlisini yopiq, deb e’lon qiladi. 
XULOSA
1.
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’limda maktabgacha ta’lim 
mutaxasisligi bo’yicha taxsil olayotgan magistrlarni ilmiy pedagogogik faoliyatga 
tayyorlashga xizmat qiladi. OO‘YUning innovatsion , fundamental, izlanish, 
amaliy ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish va olib borish konsepsiyasi va 
qoidalarini belgilaydi. 
OO‘YUdagi maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot 
faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
2.
Maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha yangi bilimlarni yaratish
yangi texnologiyalarni egallash, fan va texnikaning muhim yo‘nalishlarida ilmiy 
ta’limlarni shakllanishi va rivojlanishi uchun asos sifatida fundamental va amaliy 
tadqiqotlar rivojining istiqboli; 
3.
Oliy ta’limda maktabgacha ta’lim mutaxasisligini shakllanishi va 
rivojining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qilish va ishlab chiqish; ta’lim 
va tarbiya vazifalarini hal etishda ilm ta’sirini kuchaytirish, oliy ta’lim rivoji uchun 
fan xususiyatini belgilovchi bazisni saqlab qolish va mustahkamlash; 
4.
Maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha malakali mutaxassis va oliy 
toifali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash ishini ta’minlash; 
5.
Professor-o‘qituvchilar 
va 
ilmiy 
xodimlar 
bilan 
hamkorlikda 
magistrlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish yo‘li bilan mutaxassislar tayyorlash 
sifatini oshirish; 
6.
Ilm bilan bog‘liq maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha yuqori 
natijalar uchun innovatsiya faoliyatini rivojlantirish; 


137 
7.
maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha ayrim tadqiqotchilar, 
intellektual mulki va mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun sharoitlar 
yaratish; 
8.
Fan va ta’limning jahon darajasiga chiqish uchun xorijiy 
mamlakatlarning o‘quv yurtlarining maktabgacha ta’lim mutaxasisliklari bilan 
xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish. 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish