5
I BOB. PULNING PAYDO BO‘LISHI,
ZARURLIGI VA FUNKSIYALARI
1.1. Pulning mohiyati
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli
ta’riflar va talqinlar mavjud bo‘lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona
yondashuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo‘jalik yuritish tizimi-
ning va ijtimoiy – iqtisodiy sharoitning o‘zgarishi pulning mohiyatini
turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va
soha mutaxassislari pulni – iqtisodiy kategoriya sifatida qiymat
o‘lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash
vositasi ekanligini e’tirof etadi.
Pul jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy munosabat-
larda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsim-
lashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda
bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi.
Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisod-
chilari alohida e’tibor qaratgan bo‘lmasalarda
1
, iqtisodiy nazariyachi-
larning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin.
Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko‘tarib, unga
“pul – bu muomalaning buyuk g‘ildiragi“, “savdo sotiqning yuksak
quroli” sifatida ta’rif beradi
2
.
D.Yum A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e’tiroz bildirib,
“Pul bu – savdo – sotiqning g‘ildiragi emas, balki u yog‘, shu savdo –
sotiq g‘ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan
vositadir” degan fikrni bildiradi
3
.
Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga
alohida e’tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor
B.I.Sokolov pulning mohiyatiga “pul mehnat taqsimoti chuqurlashib
borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to‘lovlarni
amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi” deya ta’kidlaydi
4
.
1
Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar.T.: Iqtisod – Moliya, 2007. 8 b.
2
Смит А. Исследовние о природе и причинах богатства народов. Т. 1. С.418 421.
3
Юм Д. Опыты. М.: К.Т.Солдатенкова, 1986. С.20.
4
Соколов Б.И. Деньги, кредит и банки:Учебник. М.: ТК Велби, Проспект, 2008. С.8.
6
O‘zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullaeva pul, kredit va
banklar masalasiga bag‘ishlangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning
mohiyatini ochishda uchta jihatiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kid-
laydi. “
Birinchidan
, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning
qiymati o‘z aksini topadi.
Ikkinchidan
, pulda ifodalanadigan aniq meh-
nat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda
ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon
bo‘ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovar-
lardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus tovar degan
xulosaga kelish mumkin”
5
.
Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu.Rashidov va boshqalar
ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda “Pul – bu umumiy ekvivalent
sifatida qo‘llaniladigan universal tovarning alohida turi bo‘lib, boshqa
barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pul – bu boshqa
ne’matlarning qimmatini o‘lchash vositasi (umumiy ekvivalent) yoki
ayirboshlashda hisob – kitoblarni amalga oshirish vositasi (ayirboshlash
vositasi) funksiyalarini bajaruvchi ne’matdir.
Pul – bu mutloq likvidlilikka ega bo‘lgan ne’matdir. Pul – bu iqti-
sodiy kategoriya bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar unda namo-
yon bo‘ladi va uning yordamida quriladi. Pulning maqsadi bozorga oid
o‘zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat”
6
.
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlarni eramizdan oldingi
davrda yashagan Aristotel (er.oldingi 384 – 322 yy.), keyinchalik
sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan
qoldirgan manbalarda ham ko‘rish mumkin
7
.
Pul–iqtisodiy kategoriya bo‘lib, barcha tovarlar uchun umumek-
vivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir
. Pul faqat ayirboshlash
jarayonida zarur bo‘ladigan, hukumat tomonidan o‘rnatilgan to‘lov vo-
sitasidir. Pul – qat’iy o‘rnatilgan kafolatlangan bahoni aniqlaydigan vo-
sita emas. U oddiy tovar, faqat boshqa tovarlardan unga ehtiyojning
yuqoriligi va qolgan barcha tovarlar uchun ayirboshlash vositasi
sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar singari pul
ham kishilar tomonidan jamg‘ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va
xizmatlarni ko‘rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg‘aradi.
Tovarlarni sotib olish va turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
natijasida uni «sotadi».
5
Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar.T.: Iqtisod – Moliya, 2007. 8 b.
6
Rashidov O.Yu. va bosh.Pul, kredit va banklar: Darslik. T.: TDIU, 2008. 11, 432 b.
7
Аристотель. Сочинения: Т.4. М., 1983. С. 325.
7
Pulning mohiyati uning turlarida va funksiyalarida yanada
aniqroq namoyon bo‘ladi, keyingi paragraf va boblarda ushbu
masalalarga atroflicha o‘rin beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |