Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/145
Sana28.05.2022
Hajmi2,76 Mb.
#613982
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   145
Bog'liq
To\'plam Innovatsiya 2021

References 
1.
Christine Coombe, Keith Folse, Nancy Hubley. A practical guide to assessing 
English language learners. – University of Michigan, 2007. – 202 p. 
2.
Hamayan, E.V. (1995). Approaches to alternative assessment. "Annual Review 
of Applied Linguistics," 15, 212-226 
3.
Huerta-Macias, A. (1995). Alternative assessment: Responses to commonly 
asked questions. "TESOL Journal," 5, 8-10. 
4.
La Marca. P. (2006, June). “Assessment literacy: Building capacity for 
improving student learning”. San Francisco, CA. 
5.
LeniPuppin . (2007) “A Paradigm Shift: From Paper-and-Pencil Tests to 
Performance-Based Assessment” English Teaching Forum, Number 4
6.
Stiggins, R. J. (2006). “Assessment for Learning: A Key to Student 
Motivation and Learning”. Phi Delta Kappa Edge, 2(2), 1–19. 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
65
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARDAGI NUQSONLARINI 
TUSHUNISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR 
 
Abdullayeva Feruza Suyunovna
Huquqshunos 
Saydullayev Shaxzod Alixanovich
Yuridik fanlari nomzodi, professor 
Toshkent davlat yuridik universiteti
 
 
Oʻzbеkistоndа dеmоkrаtik huquqiy dаvlаt qurish vа fuqаrоlik jаmiyatini 
shаkllаntirish mаqsаdidа istiqbоlli dаsturlаr оrqаli izchil va bosqichma-bosqich 
norma ijodkorligining sifatini oshirishga, ulardagi nuqsonlarni bartaraf etishga 
qaratilgan huquqiy asoslar va mexanizmlar joriy etilib, ularning toʻliq roʻyobga 
chiqarilishi ta’minlanmoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, 
qonunlarning toʻliqligi, hayotiyligi va toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish 
mexanizmlariga ega ekani haqida soʻz yuritganda, bu borada hali koʻp ish qilishimiz 
kerakligini, afsuski, hozirgi kunda qonunlarning islohotlar samarasiga ta’siri 
yetarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi 
roli pastligicha qolmoqda[1].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan “Norma 
ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi”da ham ushbu yoʻnalishda 
mavjud boʻlgan kamchiliklar turli sohalardagi ijtimoiy munosabatlarni tarqoq holda 
tartibga solish salbiy amaliyotining davom etishiga olib kelmoqda, bu esa huquqiy 
kolliziyalar, huquqni qoʻllashda turlicha talqin qilish va murakkabliklar yuzaga 
kelishiga sabab boʻlmoqdaligi ta’kidlangan[2]. Shu jihatdan olganda, islohotlarni 
amalga oshirishda normativ-huquqiy hujjatlardagi nuqsonlarni oldini olish va ularni 
bartaraf etish mexanizmlarini muntazam takomillashtirib borish, ularni ilmiy-nazariy 
va amaliy jihatdan oʻrganish hamda tizimli tahlil qilish davr talabidir.


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
66
Malakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar jarayonida 
normativ-huquqiy hujjatlardagi nuqsonlarni vujudga kelish sabablarini oʻrganish va 
ularni bartaraf etish, oʻz navbatida, ushbu sohada kompleks chora-tadbirlarni hayotga 
tadbiq etishni taqazo qiladi. 
Huquqshunos olim M.Najimovning fikricha, yuridik adabiyotlarda norma 
ijodkorligining predmeti, vazifalari, uslublari va vositalari haqida koʻp gapirilsa-da, 
uning mohiyati koʻp hollarda e’tibordan chetda qoladi. Holbuki, har qanday hodisa 
yoki predmetning mohiyati toʻgʻrisidagi masala muhim ahamiyatga ega boʻlib, faqat 
ushbu holatni aniqlagandan keyingina tegishli ob’yektga ta’rif berish mumkin 
boʻladi[3]. 
Norma ijodkorligi jarayoni tushunchasi va mazmun mohiyati boʻyicha mavjud 
yondashuvlarni koʻrib chiqib, normativ-huquqiy hujjatlardagi nuqsonlarini 
tushunishga boʻlgan yondashuvlar tahlilini amalga oshiramiz.
Ta’kidlash kerakki, “nuqson” kategoriyasi yuridik fan uchun yetarlicha yangi 
hisoblanadi. U – yetishmovchiliklar, ziddiyatlar, xatolar, boʻshliqlar va shunga 
oʻxshash kamchiliklarning ayrim turlarining belgilarini umumlashtirish natijasini 
oʻzida aks ettiradi.
Ushbu 
tushunchadan 
foydalanish 
qonunchilikning 
nomukammalligi 
muammosini yangi bosqichga olib chiqishga imkon berdi, tavsifidan qat’iy nazar, 
normativ-huquqiy hujjatning nomukammalligi mavjud yoki mavjud emasligi 
toʻgʻrisidagi mezonlarini ishlab chiqish, oldini olish boʻyicha universal choralar, 
tartib-taomillar taklif qilish, qonunchilikdagi kamchiliklarni aniqlash va yoʻq qilish. 
Oʻzbek tilining izohli lugʻatida “nuqson”ga sifat jihatdan yetishmovchilik, kamchilik, 
kam-koʻst, deb izoh berib oʻtilgan [4]. “Defekt” soʻzi lotincha “defektus” – nuqson 
soʻzidan kelib chiqqan. U XVIII asr boshlarida nemis tilidan kirib kelgan [5]. 
S.I.Ojegovning “Rus tilining izohli lugʻatida” quyidagi ta’rif berilgan: defekt – 
nuqson, kamchilik, qusur [6].
Ilmiy adabiyotlarda “nuqson” tushunchasining u yoki bu qonuniy hodisaga 
nisbatan koʻplab ta’riflari mavjud. Shuni ta’kidlash kerakki, tadqiqotchilar orasida 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
67
“nuqson” tushunchasining mohiyati, tipologiyasi, ularni aniqlash va bartaraf etish 
usullari boʻyicha yakdil fikr mavjud emas. 
Mazkur oʻrinda, normativ-huquqiy hujjatlardagi “nuqson” tushunchasi 
boʻshliqlar, ziddiyatlar, xatolar va shunga oʻxshash kamchiliklarning ayrim 
turlarining belgilarini umumlashtirish natijasini oʻzida aks ettiradi [7]. Ushbu 
tushunchadan foydalanish qonunchilikning nomukammalligi muammosini yangi 
bosqichga olib chiqishga imkon berdi. Koʻpgina mualliflar huquqiy nuqsonlarni u 
yoki bu sohaning nuqtai-nazari orqali koʻrib chiqdi. Xususan, S.A. Avakyan, 
huquqdagi barcha nuqsonlar keyinchalik konstitutsiyaviy qonunchilikda oʻz oʻrnini 
topgan gʻoyalardagi kamchiliklardan boshqa narsa emas, degan xulosaga kelgan[8]. 
Biz bu muallifning pozitsiyasiga qoʻshilamiz: qonunchilik odamlar tomonidan 
yaratiladi, fikrlashdagi kamchiliklar normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi 
nuqsonlarga proyeksiyalanadi. Biroq, bu ta’rif bizga faqat huquq nuqsonining 
mohiyatini tushunishga imkon beradi, ammo u, bu tushunchaning belgilarini ochib 
bermaydi. Y.I. Kislichenko “qonunchilik nuqsoni” tushunchasining ta’rifini 
shakllantiradi.
Huquq nazariyasida “qonunchilik” atamasi ikki ma’noga ega. R.Z. Livshits,
Y.A. Tixomirov qonunchilikni faqat qonunlar toʻplami sifatida tushunish kerak, deb 
hisoblashadi. S.V. Polenina, S.S. Alekseyev nafaqat qonunlarni, balki boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlarni ham oʻz ichiga olgan “qonunchilik” tushunchasini 
kengroq koʻrib chiqishdi.
Ushbu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar 
toʻgʻrisida”gi qonunida mazkur masala qanday ifodalanganligini koʻrib chiqish 
maqsadga muvofiq. Qonunning Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi, deb 
nomlangan 7-moddasiga binoan “Normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari 
boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi”[9]. Demak, 
normativ-huquqiy hujjatlar, bu qonunchilik hujjatlari hisoblanadi. Normativ-huquqiy 
hujjatdagi nuqson tushunchasining mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun ushbu 
tushunchaning belgilarini koʻrib chiqamiz. 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
68

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish