Ichki turizm
– bu faqat shu mamlakat ichida sayohat qiladigan bir mamlakat
aholisi ishtirokidagi turizmdir. Uyidagi bayram – o’sha mamlakatda o’tkazilgan ta’til.
Britaniya ingliz tilida buni turar joy deb ham atash mumkin. Xorijiy tillarni bilish
qobiliyati cheklangan yirik davlatlar uchun, masalan, Rossiya, Brazilya, Germaniya,
Ispaniya va Aqsh uchun umumiy turizm sohasida ichki turizm juda katta rol
o’ynaydi.
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
319
Chiquvchi turizm
- bu o’z mamlakatidan tashqarida va odatiy muhitidan
tashqarida, dam olish, ish va boshqa maqsadlar uchun ketma-ket 12 oydan ko’p
bo’lmagan vaqtlarda sayohat qiladigan va u yerda yashaydigan ma’lum bir mamlakat
aholisining faoliyati.
Kiruvchi turizm
– bu xalqaro turizm hisoblanib, (norezidentlarning ma’lum bir
mamlakatlarga borishlari) va ma’lum bir mamlakat rezidentlaring “chiqish
turizmlari” ga aytiladi.
Ovchilik turizm
-jamiyatimizda ov qilishning huquqiy – qonuniy choralari
yaratilgan bo’lib, ov qilishning turli xil yo’nalishlari borasida katta salohiyatga ega
bo’lgan tabiiy-hududiy mintaqalarning, daryolarning, suv havzalarning mavjudligiga
aytiladi.
Alohida ta'kidlash lozim va rag'batlantiruvchi turizm- kompaniya o'z xodimlari
uchun ajoyib ish uchun mukofot sifatida maxsus tashkil qilgan sayohatlar.
Operatorlar ko'pincha yuqori darajadagi xizmat va boy ekskursiya dasturini taklif
qiluvchi alohida
"rag'batlantiruvchi"
turlarni ishlab chiqadilar.
Turizm sohasiga oid terminalogiyada Otel (mehmonxona), nomer ( xona),
marshrut (yo’nalish), reception (ma’muriyat), turist(sayyoh), agentlik (tashkilot) va
boshqa shu kabi terminlar uchraydi. Bu atamalarning birinchi birliklar xalqaro
terminoelementlardan iboratligi uchun hamma uchun tushunarli hisoblanadi,
ikkinchilari o’zimizga tushunarli milliy-madaniylikni ko’rsatadi.Otel (hotel) –
mehmonxona “otel” leksik atama turizm sohaisga oid darsliklarda va mutaxassislari
nutqida ko’rish mumkin. Nutqimizda “Mehmonxona” va ruscha “гостиница” tez tez
qo’llaniladi. Shuningdek, “hotel” inglizcha varianti ham hamma joylarda ko’rish
mumkin.[3] Mehmonxonalarga kirganizda xonalar raqamlanganligi uchun ularga atab
“nomer” terminidan foydalaniladi. Xalqaro turizm sohasida terminologioyasini ko’rib
chiqayotib, accommodation – room ikkala termin ham xona degan ma’noni beradi.
Sayyoh (turist), sayohat (turizm) – dublet terminlar hisoblansada, sohasi
bo’yicha turli xil farqlarga ega. Boshida aytganimizdek, Turizmni sayohatlardan
ajratib turuvchi jihati maqsadli va ommaviyligidadir.Sayyoh termini turist so’ziga
nisbatan kengroq ma’noga ega. Turist – bu turizm bilan shug’ullanadigan kishi; dam
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
320
olish, davolanish, hordiq chiqarish yoki tijorat maqsadida sayohat qilish. Sayyohni
farqlaydigan bo’lsa, u shundayu ta’riflanadi izohli lug’atlarda, kasb turi, odamlarning
kun ko’rish manbai yoki sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush tarziga aylanishi
mumkin. Yuqoridagi atamlar dublet terminlar deb aytilsada, semantic nuqtai
nazardan farqli shaklga ega. Turizm sohasidagi mutaxassis esa bu jihatlarni a’lo
darajada o’rgansa maqsadga muvofiqdir.
Adminstratsiya terminiga o’zbekcha ma’muriyat so’ziga to’g’ri kelsa-da,
hozirda uning o’zlashma shakli faol qo’llaniladi. Shuningdek, mehmonxonalarda
kelib – ketuvchilarni ro’yxatga olish bilanshug’ullanuvchi bo’limini bildiruvchi
ma’muriyat atamasini ikkita sinonimi bor (administrasiya, reception).
Bronlamoq atamasini baynalmilal xarakterga jihati bor bo’lib, u bandlash so’zi
bilan sinonim bo’la oladi. Turizm izohli lug’atida har ikkala shakli ham keladi. Bron
(bandlash) varqasi sayyohlar guruhining vakili bo’lgan insonning aniq
buyurtmasidir.[4] So’zlashuv jarayonida bronlash variantini ham faol ishlatamiz.
Terminlar sinonimiyasi har doim terminologiyaning muomolaridan beri hisoblanadi.
Yangi tushunchaga berilgan so’z o’sha tilga kirib, lisoniy fonddan mustahkam joy
olguniga qadar uning o’zlashma shakli iste’molda faol qo’llanib turadi ma’lum
muddatgacha.
O’zbek tili turizm terminologiyasida polisemiya va antonimik hodisalar
uchramaydi, rus va ingliz tillaridan farq qiladi. Turistik tushunchalarni izohlashda
ularning eng asosiy tarafi – termin aniqlab kelgan ma’no asos qilib olinadi. “O’zbek
tilining izohli lug’atiga” bir nechta turistik terminlar kiritilgan bo’lib quyida ularni
ko’rib chiqamiz:
1.GID- (Yo’lboshlovchi) sayohatchilar yoki ekskursionistlarga hamrohlik
qiladigan va ular ko’rayotgan diqqatga sazovor joylarni tushuntirib beradigan inson.
2. Turist-sayohat bilan shug’ullanuvchi shaxs.
3.Treking-(izidan quvish, axtarish, qidirish) piyoda yurish, yo’nalishini eng
xavfli yo’llarda piyoda bosib otish turi.
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
321
4.Rafting-(solda suzish) tog’li daryolarda, qayiqlarda sun’iy eshkak eshish bilan
sayohat qilish turi.
5.Villa-(qishloq uyi) dengixzlarga yaqin, shahar tashqarisiga quriladigan
hashamatli uy.
Xulosa qilib aytganda, O‘quvchi-yoshlar va talabalarning sog‘lig‘ini
mustahkamlash, kasb-hunar yo‘lidagi nazariy bilim hamda amaliy malakalarini
takomillashtirishda sayohatlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy
jarayondir.Izohli lug’atlarda turistik terminlar uchun tayyorlanadigan maxsus
lug’atlarda terminlarning keltirilishi va izohlanishi o’rganuvchining shu fan bo’yicha
eng muhim va umumiy tushunchalar bilan tanishtirishga va va bilimlarini
takomillashtrishga hamda mustaxkamlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |