Poezdlarda elektron ro'yxatga olish xizmati mavjud bo'lganda :
* yo'lovchining poezdga kechikishi hollarida elektron
yo`l hujjatining amal qilish muddatini qayta tiklash;
* yo'lovchining , (safardan voz kechish yoki yo'lda
to'xtash) safarni to`xtatish paytida elektron yo`l
hujjatining foydalanish muddatini qayta tiklash
amalga oshirilmaydi.
Agar siz elektron yo`l hujjatini qat'iy hisobot
blankida chop etib, elektron ro'yxatni rad etsangiz,
elektron ro'yxatga olish xizmatini qayta taqdim
etilmaydi.
Siz "elektron ro'yxatga olingan elektron yo`l
hujjati"ni har qanday temir yo`l kassasida qat'iy
hisobot blankida chop olish huquqiga egasiz.
Elektron ro'yxatdan o'tgan elektron yo`l hujjati bilan
poezdga chiqish 10-bo'limga muvofiq amalga
oshiriladi.
Elektron ro'yxatdan o`tgan elektron yo`l hujjatining
qaytarilishi 11-bo'limga muvofiq amalga oshiriladi.
7.2 Belgilangan shakldagi yo`l hujjatini olish .
Agar siz elektron ro'yxatga olish xizmatidan
foydalanmagan bo'lsangiz yoki siz tanlagan
poyezdga elektron ro'yxatdan o'tish xizmati taqdim
etilmasa, poezdga chiqish uchun belgilangan
shakldagi yo`l hujjatini faqat O'zbekiston
Respublikasi hududida ASU "Ekspress" tizimi
terminali bilan jihozlangan temir yo`l kassasida
(keyinchalik yo`l hujjatlari kassasi deb yuritiladi)
olishingiz kerak.
E'tibor bering ! Elektron yo`l hujjatini A4 formatli
qog'ozda chop eting yoki elektron yo`l hujjatini
belgilangan namunadagi blakda chiqarib olish
uchun yo`l hujjatining 14 raqamini eslab qoling.
Agar elektron yo`l hujjati yo'qolsa yoki noyob
buyurtma/elektron yo`l hujjatining raqamini unutgan
bo'lsangiz, parol bilan shaxsiy kabinetingizga kirib
kerakli buyurtmani toping. Agar kerak bo'lsa, uni
qayta chop eting.
Belgilangan shakldagi blanklarda yo`l hujjatini
rasmiylashtirish elektron yo`l hujjati yoki buyurtma
raqami/elektron yo`l hujjati (14 raqam) asosida,
buyurtma yo'lovchilaridan biri elektron yo`l hujjatida
ko'rsatilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat,
ishonchnoma yoki uning notarial tasdiqlangan
nusxasi asosida amalga oshiriladi.
Ishonchnomaning asl nusxasi yoki notarial
tasdiqlangan nusxasi yo`l hujjatlari assasida
qoldiriladi.
Yo`l hujjatlar kassasida belgilangan shakldagi
blanklarda faqat butun buyurtmaga yo`l hujjatlarini
olishingiz mumkin.
Yo`l hujjatlari kassasida, elektron yo`l hujjatini
belgilangan blahkda chop etilganda yo'lovchilarning
shaxsiy ma'lumotlarini o'zgartirishga