Internetda bank kartangiz uchun to'lovning o'ziga xos xususiyatlari haqida tushuntirishlar, to'lovni rad etish sabablarini aniqlash uchun birinchi navbatda bankingizning qo'llab- quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz kerak .
Agar biron-bir sababga ko'ra buyurtma, elektron
yo`l hujjatining raqami yoki buyurtmani
muvaffaqiyatli shakllanganligi tasdiqlanmagan
bo`lsa, qayta buyurtma berishdan oldin "mening
yangi buyurtmalarim" bo'limiga o'ting va buyurtma
haqiqatan ham shakllanmaganligiga ishonch hosil
qiling.
Elektron yo`l hujjatlariga to'lov amalga oshirish
paytida muammolar yuzaga kelsa
+99871 299-79-
84
(Dushanba-Juma 09:00 dan 18:00 gacha tushlik
(13:00 dan 14:00 gacha)), shuningdek kartangiz
egasi bo'lgan bankka murojaat qilishingiz kerak.
To'lov tartibining xavfsizligi trafikni shifrlash
vositalari (SSL) yordamida ta'minlanadi.
Elektron yo`l hujjatini belgilangan shakldagi blankda
chop etish O'zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan temir yo`l kassalarida bepul amalga
oshiriladi.
Bank kartasidan pul mablag'larini olish hollarida,
iltimos, shaxsiy kabinetingizni tekshirib ko'ring.
Shaxsiy kabinetingizda buyurtma raqami mavjud
bo'lsa, pul qaytarilmaydi va harid qilingan elektron
yo`l hujjati haqiqiy hisoblanadi. Agar shaxsiy
kabinetingizda yo`l hujjati bo'lmasa, vaziyatga
aniqnik kiritish uchun elektron tijoratni rivojlantirish
bo'limining
+998712997984
;
+998999819383
raqamlariga murojaat qiling.
7. Elektron yo`l hujjatini rasmiylashtirish .
Buyurtmaga to'lov o`tganidan so'ng buyurtma
raqami (14 belgi) va elektron yo`l hujjati raqamidan
(14 belgi) iborat
elektron yo`l hujjati shakllanadi.
Bitta yo`l hujjatiga buyurtma berilgan bo`lsa,
buyurtma va elektron yo`l hujjatining raqami bir xil
bo'ladi. Buyurtma 2-4 yo'lovchiga qilingan bo'lsa,
buyurtmaning raqami buyurtmaning birinchi
elektron yo`l hujjati bilan bir xil bo`ladi.
Elektron yo`l hujjatini chop eting yoki noyob
buyurtma raqami/elektron yo`l hujjatini eslab qoling.
"Elektron ro'yxatdan o'tgan elektron yo`l hujjati"
blankisiz elektron yo`l hujjati poezdga chiqish uchun
haqiqiy hisoblanmaydi. "Elektron yo'l hujjati elektron
ro'yxatga olingan" blankini olish uchun veb-saytda
elektron ro'yxatdan o'ting yoki O'zbekiston
Respublikasi hududidagi temir yo`l chipta kassasida
belgilangan shakldagi yo`l hujjati blankida chop
eting.
Elektron yo`l hujjatlarini rasmiylashtiruvchi
Foydalanuvchi, buyurtmaning barcha yo'lovchilari
nomidan xarakat qiladi va buyurtmaning barcha
yo'lovchilari tegishli ma`lumotlaridan xabardor deb
hisoblanadi.