Adabiyotlar
1.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent:
O’zbekiston, 2017. - 128 b.
2.
Sharipov F. Siyosatshunoslik. – Toshkent: O’zbekiston, 2000. - 221 b.
YOSHLARDA TURLI TAHDIDLARGA QARSHI MAFKURAVIY
IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
77
Kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi davrida insoniyatning tinch-totuv
yashashiga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlar vujudga kelishi bilan birga,
taraqqiyotga to’sqinlik qiladigan va demokratik rivojlanishni izdan chiqaradigan,
xalqlar birligiga rahna soladigan ma’naviy tahdidlar ham globallashuv jarayonining
barcha sohalariga kirib keldi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi yillar mobaynida
xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayotida ijobiy jihatdan
tub o’zgarishlar amalga oshirildi. Xalqimizning ong-tafakkurida muqaddas
Vatanimizning ravnaqi, yurtimizning tinchligi va farovonligi yo’lida maqsadlar
mushtarakligi shakllandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida “Davlatimizning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash,
armiyamizning jangovar qudrati va salohiyatini oshirish ham eng muhim
vazifalarimizdan biri hisoblanadi”, - deb ta’kidlagan [3.]. Zero, Vatan himoyasida o’z
burchini yaxshi anglaydigan, o’ziga talabchan, ishi, bilimi va kuch-quvvatiga
ishonadigan, o’z qadr-qimmatini saqlay oladigan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga
yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifasidir.
77
Mirzayev Avazbek Tolibjonovich -
Andijon davlat universiteti
288
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, yoshlarga oid davlat
siyosatini takomillashtirishda, «jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan,
mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni
tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish» zarurligini ta’kidlagan
[4. 38].
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-
son “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontseptsiyasini tasdiqlash
to’g’risida”gi Qarorida Kontseptsiyaning asosiy vazifalaridan biri yoshlarda yon-
atrofimiz va jahonda ro’y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy
manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko’nikmalarini, turli ichki va
tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish etib belgilangan.
Hozirgi vaqtda butun insoniyatga tahdid solayotgan xalqaro terrorizm va
ekstremizm dunyo tsivilizatsiyasining, davlatlararo integratsiyaning ashaddiy
dushmaniga aylanib bormoqda. U tobora kengayib, jahondagi ko’plab mamlakatlarga
o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Afsuski, zamonaviy axborot texnologiyalari
sohasidagi yutuqlardan yovuz maqsadlar yo’lidan foydalanib, uni taraqqiyot
kushandasiga aylantirayotgan kuchlar ham mavjud bo’lib, ular o’z sa’y-harakatlari
bilan kishilarning tinch-farovon hayotiga dahl qilmoqda. Yangi kashf etilayotgan
axborot hurujlari inson ongi va qalbiga tajovuz qilib, uning turmush tarzi, qarashlarini
o’zgartirishga intilmoqda.
Zero, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich
Karimov ta’kidlaganidek: “Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi
organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona
Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat
ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo’lsa, avvalo ularning qalbi va ongida
mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur” [1. 119].
Dunyodagi mafkuraviy tortishuvlar va uchrayotgan informatsion xurujlar o’sib
kelayotgan yosh avlodning tarbiyasiga yangi talablarni qo’ymoqda. Ma’naviy-
ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarda mafkuraviy tahdidlar sharoitida yot mafkuralarning
289
mustaqilligimizning mustahkamlashimizga qarshi olib borayotgan hujumlarini va
yoshlarimizni loqayd, siyosiy zaif, mafkuraviy befarqligiga erishishga qaratilgan
harakatlar ta’sirini zararsizlantirish zarurati alohida ta’kidlanmoqda.
Kuchli mafkuraviy ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lgan internet tizimi jiddiy
muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Yirik terrorchi guruhlarning internet
tizimidagi qo’poruvchilik harakatlari insoniyatni tashvishga solmoqda. Chunki
internetning bepoyon olamida ularning izini topib olish g’oyat mushkul. Shu tariqa
axborot yovuz kuchlar – uyushgan jinoyatchilik, jahon terrorizmi qo’lida xavfli
qurolga aylanmoqda. Bugungi kunda 20 ga yaqin davlatda yadro quroli ishlab
chiqarish borasida sa’y-harakatlar davom etayotgan pallada, axborot tahdidi bilan 120
ga yaqin davlatning jiddiy shug’ullanishi dunyoni yadro urushidan ko’ra axborot
xuruji talvasaga solayotganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda axborot xurujining yana bir ko’rinishi odob-axloq, sharm-hayo
kabi qadriyatlarga tajovuz tarzida ham namoyon bo’lmoqda. Mafkuraviy
jarayonlarning globallashib borishida madaniy omilning ham o’rni bor. Ayniqsa,
xalqlar o’rtasida madaniy hamkorlik va ayirboshlashlar jarayonida bir milliy
madaniyatdagi ba’zi yo’nalishlar boshqa xalqlarning madaniy hayotiga ham singib
boradi. Bu hol globallashuvning ko’rinishlaridan biri bo’lib, mafkuraviy hayotning
o’zgarib borishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. “G’arb madaniyati”ga xos ayrim
unsurlarning xalqimiz turmush tarziga kirib kelishi mafkuraviy tarbiya ishimizga
salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ayniqsa, giyohvandlik, zo’ravonlik, jangarilik,
tajovuz va boshqa g’ayriaxloqiy unsurlarning ommaviy axborot vositalari, kitoblar,
rok-musiqa, internet orqali zimdan targ’ib etilishi milliy qadriyatlarga putur
yetkazishi mumkin. Bundan xulosa shuki, globallashuv hodisalarini chuqur o’rganish,
undan foydalanish yo’l-yo’riqlari va texnologiyasini ishlab chiqarish bugungi kunda
muhim amaliy pedagogik vazifadir.
Turli xil diniy e’tiqodlarni inson, xususan, yoshlar ongiga singdirish orqali
siyosiy maqsadlarga erishish mafkuraviy tajovuzning bir shakliga aylanmoqda.
Yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirib, bizga yot qarashlar va
tushunchalarga nisbatan faol qarshi munosabatlarini shakllantirish tobora dolzarb
290
ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlarni milliy mafkura ruhida tarbiyalash sof insoniy
munosabatlar va his-tuyg’ular asosida qurilsa, har bir o’smir-yoshning eng nozik
kechinmalariga, hissiyotiga ta’sir etadigan g’oya darajasiga ko’tarilsa, buzg’unchi
g’oyalar yo’li to’siladi.
Davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, “yoshlar va aholining keng
qatlamlari o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish masalalariga ham alohida e’tibor
berish lozim bo’ladi. Hozirgi paytda hammamizning oldimizda juda muhim
ahamiyatga ega bo’lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning
kitobga bo’lgan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga
qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”, - deb
ta’kidlaydi [2. 47].
Xalqimiz azaldan ilmiy-ma’naviy merosi to’plangan kutubxonalarni ko’z
qorachig’idek avaylab-asrash orqali kelgusi avlodlarini ulardan bahramand qilishga
harakat qilishgan. Zero, har bir tarixiy davrda kishilarning barkamol rivoji
kutubxonalarda to’plangan intellektual merosdan unumli foydalanishga ham bog’liq.
Muzeylardagi mavjud ma’naviy boylik madaniyatini yaxshiroq o’rganish, o’lkaning
rang-barang tabiati va borlig’idan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirishga yaqindan
yordam beradi.
Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning muhim vazifalaridan biri
- o’quvchi-talabalarning dunyoviy, ilmiy, dunyoqarashini shakllantirishdir. O’quvchi-
talabalar uning asosida tarixiy taraqqiyotning rivojlanish yo’lini, turli ijtimoiy
hodisalarni mustaqil anglab, munosabat bildiradilar. Shu sababli ijtimoiy-gumanitar
fanlarni o’qitilishi yoshlarni to’lqinlantiruvchi zamonaviy hayot savollariga g’oyaviy
nuqtai nazardan ishonarli javob berishi zarur.
Ta’lim muassasalarida yoshlar o’rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy
ishlar jarayonining eng asosiy xususiyatlari – bu uning yaxlitligi, tizimliligi,
davriyligi va texnologiyaviyligidir. Yaxlitlik deganda, tarbiyalash va o’qitish
jarayonlari, shuningdek, shaxsni rivojlantirish va shakllantirish jarayonlarining
ajralmas birligi tushuniladi.
291
Mamlakatimizda yoshlarni ilm-ma’rifatli, turli sohalarda yetuk mutaxassis,
jismonan barkamol inson bo’lib yetishishga keng sharoitlar yaratib berilgan. Mazkur
imkoniyatlardan to’la-to’kis foydalanish, jamiyat va davlat uchun fidokor shaxs
bo’lish har bir yoshning burchidir. Buning uchun esa, ular avvalo, dunyoviy va kasb
fanlarini chuqur o’zlashtirish, shuningdek, o’zbek xalqining mehnatsevarlik, oilani
muqaddas bilish, insonlarga mehribonlik, do’stlarga sadoqat, vatanparvarlik kabi
tarixan e’zozlab kelinayotgan qadriyatlarni o’zida shakllantirishi talab etiladi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, yoshlarimiz uchun mamlakat suvereniteti,
territorial birligi hamda mustaqil siyosat yuritish huquqini mustahkam himoya
qiluvchi fuqaro bo’lish, o’zlarida milliy an’ana va xalqimiz mentalitetiga yot
g’oyalarga nisbatan mafkuraviy qobiqni shakllantirish sharafli va mas’uliyatli burch
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |