IKKINChI BO’LIM
ShAXS
V BOB
ShAXS TO’G’RISIDA UMUMIY TUShUNChA
1. Umumiy tushuncha
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha
individ
ajralmas, aloshida zot degan ma'no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkashollik)
tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (esi-shushi joyida)
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan
aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb
atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy
munosabatlar mashsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi.
Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy mushit ta'sirida
keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga
egadir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi
doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo’lib,
u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala,
muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a'zolari, mashalla ashli,
jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning
og’ushida, ularning qalb to’risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs
sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog’liq
bo’lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. Jahon
psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy mushitning sust
mashsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o’ta bashsli fikrdir. Shuni
aloshida ta'kidlab o’tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish jarayoni
odamning o’zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad
ko’zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon
bo’ladi. Odatda faollik shaxsga xos xulq-atvor,
faoliyat, muomala motivlarida,
ustanovkalarida, amaliy ko’nikmalarida ko’zga tashlanadi. Boshqacha so’z bilan
aytganda, faollik shaxsning atrof-mushitdagi voqelikni egallashga intilgan sa'i-
harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o’z istiqboli uchun yo’l-yo’riq
tanlashda, uni o’zlashtirishda, shayotda o’z mavqei va o’rnini topishda gavdalanadi.
Bir xil turmush haroitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda
har xil shayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. shayotda biron bir
tanbesh berishning o’zi kimgadir ruhiy Hisni uyg’otsa, boshqa birining sirtiga ham
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta'sir qiluvchi barcha tashqi
qo’zg’atuvchilar ijtimoiy hart-haroitlarga, faoliyatning
ichki tarbiyaviy qismlari
(tomonlari, jishatlari, jabshalari, tarkiblari) tuzilishi yig’indisi bilan boyitilishi
evaziga shaxs degan tushuncha shosil bo’ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jishatlaridan biri - bu uning
individualligidir, ya'ni yakkasholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy
psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga
xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, shukmron xususiyatlar
yig’indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil
shakldagi
reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning
birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas.
Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg’u-alam, uning bilan birga esa
shayotda tiklab bo’lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab
voqelikning mangulikka yo’nalishi bilan izoshlash mumkin. Shaxs o’zining qadr-
qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta'lim va tarbiya
yordamida yuzaga kelgan o’zining kuchli va kuchsiz jishatlari bilan yaqqol, betakror
oliy zotdir.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnahar ekan, ko’pincha, ularda
har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o’zaro shech bir o’xhamagan rollarni ijro
etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning "egovi", injiq, "Zo’ravon" bola o’z tengqurlari
davrasida eshtiyotkorona harakat qilib, o’zini tamoman boshqacha tutadi.
Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qo’shilmaydigan
sayoshat davrida,
mehnat faoliyatida, shahar va hamkorlikda, ulfatchilikda
shazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan masalalardan bitta
odamning o’zi turli vaziyatlarda mazmun jishatdan bir-biriga qarama-qarshi rollarni
bajaradi. Aksariyat shollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, haroitlarga mos, ularga
mutanosib bo’lgan jishatlarni (jabshalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat
vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqasida va shu singarilarida o’z
zimmasiga olgan rollarni
bir-biriga qarama-qarshi emas, balki o’zaro hamoshang
tarzda o’ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir-biriga
mosligi shaxsning yaxlitligini ko’rsatuvchi alomatlardan biri bo’lib, undagi qarama-
qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko’rsatkichi uning turli
vaziyatlarda bajariladigan rollarning o’zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi
Hisoblanadi.
Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o’z zimmasiga olgan
vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo’lmasin, turmushdagi mavqei ko’p
ma'no, ko’p qirrali xususiyatga ega bo’lishidan qat'i nazar, inson shaxsiga to’la mos
keladigan shaqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan tavsif
faqat uning o’ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqeining individualligini
namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, balki uning ishlab chiqarishga,
moddiy boyliklarni o’zlashtirishga nisbatan munosabatini o’rganish orqali beriladi.
o’zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik,
mustaqil, shuquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol
qatnaHishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi.
Jahon
psixologiya
fanining
ilg’or
taraqqiyparvar,
gumanistik
tadqiqotchilarning tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi,
psixologik xususiyatlari (xarakter xislati,
temperament xususiyatlari, irodaviy
sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste'dod darajalari, barqaror qiziqishlari, shukmron
motivlari, Hissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, aloshida
odamda betakror,
barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o’z navbatida
shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat'iyligi, stereotipligi to’g’risidagi fikrni
qat'iy tasdiqlashga imkon yaratadi.
Psixik holatlar, hodisalar (Hissiyot, xoHish, orzu, tafakkur va shu kabilar)
uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, shayotiy vaziyatlarda odam
o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o’zgarishi, yoshni ulg’ayib
borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta'sir asosida) muayyan
darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qatnashadigan
uning yashash haroitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg’unlikda
shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining doimiyligi bilan uzviy
bog’liqdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki
shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon psixologlarining bir qator
tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar
odamning yashash mushiti, amalga
oshiradigan faoliyatida namoyon bo’luvchi Hisoblanib, ular ijtimoiy ta'sir, tarbiya
haroitiga bevosita aloqadordir.
Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o’zgaruvchan xususiyatlari
inson xislatlarining yaxlitligi va o’zaro bog’liqligidan tarkib topuvchi murakkab
birlikdan iboratdir. Odatda shaxsni psixologik jishatdan o’rganish o’z tarkibiga ikki
asosiy ilmiy muammoni qamrab oladi.