39- rasm
. Issiqxonalarda korbonat angdrid gazi bilan ta’minlovchi
QG 95 va QG 125 markali generatorlar.
Ko„chatlarni oziq eritma bilan namlanadigan neytral substrat-
larda yetishtirishda karbonat angidridi gazi bilan oziqlantirish
ayniqsa zarur. Gidropon issiqxonalarda karbonat angidridi gazini
asosiy ta‟minlovchi hisoblangan organik moddalar bo„lmaydi. Shu
bois qish va erta bahor davrlarida, shamollatish cheklanganda va
tashqaridan SO
2
kirish yo„ilini yo„qligi ularda karbonat angidridi
gazini etishmovchiligi kuchli seziladi.
Issiqxonalarda CO
2
bilan oziqlantirish mavjud grafikka asosan
o„tkaziladi. CO
2
bir soat mobaynida gektariga 60-80 kg sarflanadi.
Oziqlantirish quyosh chiqishidan bir soat oldin tugatiladi. Yorug„lik
2 klk dan kam bo„lsa, oziqlantirish o„tkazilmaydi. Yorug„lik 10 klk
gacha bo„lsa, CO
2
konsentratsiyasini 0,1% gacha, 10 klk dan yuqori
bo„lganda – 0,2% gacha etkaziladi. CO
2
konsentratsiyasi ko„payishi
bilan haroratni ham CO
2
bilan oziqlantirilmagan vaqtga nisbatan 2°S
ga ko„paytiriladi. CO
2
konsentratsiyasini o„lchash uchun GOA
(gazoanalizator optiko-akustik) tipidagi gaz analizatorlari qo„llani-
ladi.
Texnik va quyosh bilan isitiladigan issiqxonalarda havoni kar-
bonat angidrid gazi bilan boyitish uchun ayrim vaqtlarda biologik
usullarni qo„llash mumkin. Ularga tuproq aralashmasiga katta miq-
dorda organik o„g„itlarni solish, tuproq yuzasini chirindi yoki go„ng
bilan mulchalash (g„o„lalash), tuproq ostiga go„ng yoki somon to„-
shamalarini qatlamlab joylashtirish, mol yoki parranda to„ponini
bochkalarga solib bijg„itish kiradi. Yangi go„ng bir yarim oy davo-
mida CO
2
gazini chiqarishga qodir.
Issiqxona tuprog„iga gektariga 300 t go„ng solish issiqxona ha-
vosidagi CO
2
miqdorini 0,2% darajada saqlab turishni ta‟minlaydi.
Yangi go„ng bilan tuproqni mulchalash (g„o„lalash) uni yuzida CO
2
miqdorini 0,42% gacha, barglar atrofida esa – 0,15% gacha oshiradi.
Ko„chatlar torfda kichik hajmli ekin sifatida yetishtirilganda
issiqxona havosini biologik usullarda karbonat angidridi gazi bilan
boyitishni hisobga olish kerak emas. Adabiyotlardagi ma‟lumotlarga
ko„ra, torfdan chiqadigan karbonat angidrid gazi juda oz bo„lib, u
soatiga 0,2-0,4 g/m
3
ni tashkil qiladi.
Havoni biologik manbalar yordamida karbonat angidridi gazi
bilan boyitishni asosiy kamchiligi, oziqlantirish jarayonini boshqarib
bo„lmasligi va issiqxona havosida CO
2
konsentratsiyasini oshishi
qisqa muddatli ekanligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |