Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

7.1. Xalqaro transport shartnomalari 
Xalqaro logistikani huquqiy tartibga solishning asosiy instrumenti xalqaro 
bitimlar bo‗lib hisoblanadi, ular hukumat nomidan yoki transportning mos 
keluvchi 
turini 
tasarruf 
qiladigan 
vazirliklar 
nomidan 
tuziladi. 
Ular 
ishtirokchilarning soniga bog‗liq ravishda ikki tomonli (temir yo‗l chegara 
bitimlari) yoki ko‗p tomonli (qoidaga ko‗ra, bitta mintaqada joylashgan davlatlar 
o‗rtasida tuziladi) bo‗lishi mumkin.
Ilgari har bir transport turi boshqasidan mustaqil bo‗lgan. Agar tovarlar 
boshlang‗ich nuqtadan belgilangan nuqtaga bir nechta har xil transport turlari bilan 
yetkazib berilgan bo‗lsa, u holda umumiy yo‗lning har bir uchastkasiga tashishning 
alohida bosqichi sifatida qaralgan, u o‗zining huquqiy rejimi bilan tartibga 
solingan. Bu huquqiy rejimlar milliy qonunchilik, ikki tomonlama bitimlar (ikkita 
qo‗shni davlat o‗rtasidagi savdo-sotiqqa tegishli bo‗lgan) yoki ko‗pgina davlatlarga 
tegib o‗tadigan ko‗p tomonlama bitimlar bilan o‗rnatilgan. Ko‗p tomonli 
shartnomalar ikkita asosiy guruhga bo‗linadi. Ikkita asosiy transport turi – dengiz 
va havo transportini qamrab oladigan butunjahon shartnomalari mavjud. Bu 
shartnomalarning ishtirokchilarining soni shunchalik kattaki, ularda barcha xalqaro 


165 
transport uchun transport hujjatlari va barcha amaliy maqsadlarga nisbatan talablar 
o‗rnatilgan. Er usti transporti o‗zining xarakteriga ko‗ra mintaqaviy qamrovga ega.
Temir yo‗l yoki avtomobil transporti bo‗yicha yagona ko‗p tomonli xalqaro 
konvensiyalar Evropada amal qiladi, temir yo‗l transporti holatida esa ular Osiyo 
va Shimoliy Afrikani ham qamrab oladi. 1-jadvalda transportning har xil turlarida 
qabul qilingan amaldagi asosiy ko‗p tomonli transport shartnomalari keltirilgan. 
7.1-jadval. 
Transport 
turi 
Konvensiyaning 
nomi 
Qabul 
qilingan/kuchga 
kirgan sanasi 
Kim 
tayyorlagan 
Geografik 
qamrovi 
Dengiz 
Konosamentlarga 
tegishli bo‗lgan 
ba‘zi bir huquq 
me‘yorlarini 
unifikatsiyalash 
to‗g‗risida 
Xalqaro 
Konvensiya 
(Gaaga qoidalari) 
1924 yil 25 
avgust/1931 yil 
2 iyun 
Xalqaro dengiz 
qo‗mitasi 
Butunjahon 
Dengiz 
Yuklarni dengiz 
orqali tashish 
to‗g‗risida BMT 
Konvensiyasi 
(1978 yil) 
(Gamburg 
qoidalari) 
1978 yil 31 
mart/hali 
kuchga 
kirmagan 
Xalqaro savdo 
huquqi bo‗yicha 
BMT 
komissiyasi 
(YUNSITRAL) 
Butunjahon 
Havo 
Havo orqali 
tashishlarga 
tegishli bo‗lgan 
ba‘zi bir 
qoidalarni 
unifikatsiyalash 
to‗g‗risida 
Konvensiya 
(Varshava 
konvensiyasi) 
1929 yil 12 
oktyabr/1933 
yil 13 fevral 
Aviatsiya 
ekspert-
yuristlari 
xalqaro texnik 
qo‗mitasi, 
Xalqaro fuqaro 
aviatsiyasi 
tashkiloti 
tarkibiga kiradi 
Butunjahon 
Havo 
Gaaga protokoli 
1955 yil 28 
sentyabr/1963 
yil 1 avgust 
IKAO Xalqaro 
fuqaro 
aviatsiyasi 
tashkiloti 
(ICAO — 
Butunjahon 


166 
International 
Civil Aviation 
Organization) 
Havo 
№4 Monreal 
protokoli 
1975 yil 25 
sentyabr/hali 
kuchga 
kirmagan 
IKAO 
Butunjahon 
Temir yo‗l 
Yuklarni temir 
yo‗llar orqali 
tashish 
to‗g‗risida 
Xalqaro 
Konvensiya 
(SIM) 
1970 yil 7 
fevral/1975 yil 
1 yanvar 
Temir yo‗llar 
bilan xalqaro 
tashishlar 
Markaziy 
Byurosi (Bern) 
Evropa, 
Shimoliy 
Afrika, 
G‗arbiy 
Osiyo 
Temir yo‗l 
Xalqaro temir 
yo‗l tashishlari 
to‗g‗risida 
Konvensiya 
(KOTIF) 
1980 yil 9 
may/1985 yil 5 
may 
Temir yo‗llar 
bilan xalqaro 
tashishlar 
Markaziy 
Byurosi (Bern) 
Evropa, 
Shimoliy 
Afrika, 
G‗arbiy 
Osiyo 
Temir yo‗l 
Xalqaro yuk 
bog‗lanishlari 
to‗g‗risida bitim 
(SMGS) 
1951 yil 1 
noyabr/hozirgi 
kundagi teksti 
1966 yil 1 
iyuldan kuchga 
kirgan 
Temir yo‗llar 
hamkorlik 
tashkiloti 
(OSJD) 
O‗zbekiston, 
Sharqiy 
Evropa, 
Sharqiy 
Osiyo 
Avtomobil 
Yuklarni yo‗llar 
orqali xalqaro 
tashish 
shartnomasi 
to‗g‗risidagi 
Konvensiya 
(KDPG) 
1956 yil 19 
may/1961 yil 2 
iyul 
Evropa 
Iqtisodiyot 
Komissiyasi 
Evropa 
Aralash 
Yuklarni xalqaro 
aralash tashishlar 
to‗g‗risida BMT 
Konvensiyasi 
1980 yil 24 
may/hali 
kuchga 
kirmagan 
Savdo va 
rivojlanish 
bo‗yicha BMT 
Komissiyasi 
(YUNKTAD) 
Butunjahon 
Oxirgi 
punktlarning 
operatorlari 
Xalqaro savdoda 
transport 
terminallari 
operatorlarining 
javobgarligi 
to‗g‗risida BMT 
Konvensiyasi 
1991 yil 19 
aprel/hali 
kuchga 
kirmagan 
Xususiy 
huquqni 
unifikatsiyalash 
Xalqaro 
Instituti 
Butunjahon 


167 
Ichki suv 
Yuklarni ichki 
suv yo‗llari 
bo‗ylab tashish 
shartnomasi 
to‗g‗risida 
konvensiya 
loyihasi (KDGV) 
Loyiha, 1973 
yil 
Xususiy 
huquqni 
unifikatsiyalash 
Xalqaro 
Instituti, Evropa 
Iqtisodiyot 
Komissiyasi 
Evropa 
Dengiz transporti. 
Gamburg qoidalari Gaaga qoidalarini almashtirishi 
lozim bo‗lgan. Garchi Gamburg qoidalari konosamentlarni tartibga soluvchi 
aniqroq holatlarni o‗z ichiga olsada va aylanmaydigan transport hujjatlaridan 
foydalanishni ko‗zda tutsada, Gaaga qoidalaridan ko‗ra yaxshiroq, ularda dengiz 
orqali yuklarni tashish hujjatlarini tartibga soladigan huquq me‘yorlarining hech 
qanday tub o‗zgarishlarini o‗z ichiga olmaydi. 
Havo transporti. 
1955 yildagi Gaaga protokoli bilan Varshava 
konvensiyasining 8-moddasiga o‗zgarishlar kiritilgan – yuklarni havo orqali 
tashish hujjatiga kiritish uchun zarur bo‗ladigan ma‘lumotlar soni qisqartirilgan. 
Bir qancha mamlakatlar Gaaga protokolini ratifikatsiya qilmaganligi sababli, 
yuklarni havo orqali tashish to‗g‗risidagi har qanday unifikatsiyalangan hujjatlar 
dastlabki Varshava konvensiyasining talablariga, shuningdek ko‗rsatilgan 
Protokolning ulardan kam bo‗lmagan talablariga asoslanishi lozim.
O‗z navbatida Konvensiyaning Gaaga Protokoli bilan o‗zgarishlar kiritilgan 
8-moddasiga ham 1975 yilda №4 Monreal Protokoli bilan o‗zgarishlar kiritilgan, 
biroq bu o‗zgarishlar unchalik katta emas. Monreal Protokoli yordamida 
Konvensiyaning 5-moddasi o‗zgartirilgan. O‗zgartirishdan maqsad – yuklarni havo 
orqali tashish to‗g‗risidagi qog‗oz hujjatlarning o‗rniga elektron-hisoblash 
texnikasidan foydalanish bo‗lgan.
Temir yo‗l transporti. 
KOTIF
 
1980
yilda yuklarni temir yo‗llar orqali 
tashish bo‗yicha 1870 yildagi SIM ni almashtirgan (shuningdek temir yo‗llar orqali 
yo‗lovchilar va bagajni tashish bo‗yicha SIV ni ham almashtirgan), Hozirgi 
kungacha amal qilayotgan 1970 yildagi SIM 1893 yilda kuchga kirgan birlamchi 
SIM ning sakkizinchi varianti bo‗lib hisoblanadi. SIM ning alohida konvensiyalar 


168 
bo‗lib hisoblanadigan oldingi variantlaridan farqli o‗laroq, 1980 yildagi KOPIF da 
SIM ning qoidalari asosiy konvensiyaga ilovalar sifatida berilgan.
SMGS ning 1951 yildagi dastlabki teksti tuzilishi va mazmuni bo‗yicha SIM 
bilan bir xil bo‗lgan. Biroq bu ikkita tekst o‗rtasidagi tafovutlar keyinchalik bu 
tekstlarni bir necha marta qayta ko‗rib chiqish natijasida ko‗paygan.
Sharqiy Evropadagi bir qancha mamlakatlar SIM ning ham, SMGS ning 
ishtirokchilari bo‗lib hisoblanadi. Bu faqatgina bitta u yoki bu bitimning 
ishtirokchilari bo‗lib hisoblanadigan davlatlar o‗rtasida tranzit harakatining 
rivojlanishiga sezilarli darajada ko‗maklashgan. Biroq bu narsa ikkita 
konvensiyaning tekstlari o‗rtasida tafovutlar vujudga kelishiga xalaqit bermagan.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish