JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
Volume: 01 Issue: 06 | 2021
ISSN: 2181-2608
738
yoki advokatining iltimosnomasiga asosan 24 soat ichida vaqtincha saqlash va tergov hibsxonalari yoki
jazoni ijro etish muassasalari tasarrufida bo‘lmagan tibbiy muassasalar xodimlari tomonidan amalga
oshirilishi shart, bunda xarajatlar iltimosnoma kirituvchi taraf hisobidan qoplanadi;
og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki
sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod
etilmasligiga oid qoida voyaga yetmaganlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar,
ayollar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar va ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslarga
nisbatan qo‘llanilmaydi;
voyaga yetmaga
nlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda pensiya yoshiga
yetgan shaxslarga nisbatan uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek, ehtiyotsizlik
oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot
chorasini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi
4
.
Shu bilan birga, Farmon bilan, “Elektron jinoiy
-
huquqiy statistika” yagona axborot tizimida yaratilgan
jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni elektron ro‘yxatga olish va ularni ko‘rib chiqish
natijalarining yagona elektron hisobini yuritish imkonini beruvchi dasturiy modulni barcha tergovga
qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga ulanishini va 2021-yil 1-
yanvardan boshlab to‘liq ishga
tushirildi.
Bundan tashqari, Qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va
aybsizlik prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy prinsiplarni so‘zsiz va og‘ishmay ta’minlash, sud
-tergov
faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qilish, jinoyat-protsessual va jinoyat-ijroiya
qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida 2017-yil
30-
noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud
-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va
erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul
qilingan.
Farmonda ko‘zda tutilgan, asosiy masalalardan biri qonun hujjatlari talablariga og‘ishmay va qat’iy
rioya etishga huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining birinchi darajali e’tibori qaratilsin, unga
muvofiq qonun normalarini aniq ijro etish va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday
sabablarga ko‘ra kelib chiqqanidan qat’i nazar, qonuniylikni buzish hisoblanadi hamda qonun
hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilgani
5
.
Farmon bilan, quyidagi tartiblar o‘rnatildi, unga muvofiq
:
sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan ushlangan shaxs tegishli vakolatli organga
yetkazilgan vaqtdan boshlab yetmish ikki soat ichida mazkur ehtiyot chorasini ko‘llash to‘g‘risidagi
ajrim ustidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega;
dalillarni yig‘ish va mustahkamlashda ruxsat berilmagan uslublar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi
murojaatlar prokuratura organlari yoki sud tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda tibbiy
Do'stlaringiz bilan baham: |