1. Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish
uning maqsadi va vazifalari.
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish
jarayonida kamomadlar, hizmat safarlari, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarbo‘yicha
xodimlar bilan, stipendiya to‘lovlari bo‘yicha talabalar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Material javobgar shaxslar bilan yo‘l qo‘yilgan kamomadlar bo‘yicha hisoblashuvlar
amalga oshiriladi. Bunda mulkiy qiymatliklar bo‘yicha kamomadlar unidirish vaqtida bozor
qiymatida undiriladi. Yo‘l qo‘yilgan kamomadlar inventarizatsiya dalolatnomalari orqali aks
ettiriladi va mehnat qonunchiligi talablari asosida undiriladi. “Inventarizatsiya jarayonida
aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish
tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar
uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinishi ko‘rsatilgan.
Bir oylik o‘rtacha ish xaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor
xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish
yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin.
Bunda zarar hajmi inventarizatsiya o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor
baholari
bo‘yicha
hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha oylik ish
xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, undirish
sud orqali amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lash ijtimoiy
qo‘llab-kuvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi vazifalari bevosita xo‘jalik
sub’ektilarga berilgan. Har bir xodimning mehnat daromadlari, xo‘jalik sub’ekti faoliyatining
pirovard natijasini hisobga olgan xolda, uning qo‘shgan hissasi va maksimal mikdori
cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi miqdori qonunchilik bilan belgilanadi.
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga hak to‘lashni yuridik asosini
mehnat to‘g‘risidagi konuniy hujjatlar, xo‘jalik sub’ektilarning jamoa shartnomalarini va
boshqa
muayyan
me’yoriy
hujjatlar
tashkil
etadi.
Ma’lumki ish haqi, o‘z navbatida, asosiy va qo‘shimcha ish haqiga bo‘linadi: Asosiy ish
xaqiga, xodimlarni ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va sifatiga asosan hisoblangan
ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish
vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan xolda turib
qolishlarga
xisoblangan
ish
haqi
va
shu
kaba
boshqalar
kiradi
.
Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining ishlamagan ish
vaqti uchun xisoblangan ish haqidir. Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish
haqi, voyaga yetmaganlar o‘smir yoshlar, ayollar va boshqalar uchun imtiyozli ish vaqti
uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va
boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |