O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING
PEDAGOGIKA INSTITUTI SIRTQI
MAKTABGACHA TA'LIM YÒNALISHI
1- KURS 21-01- GURUH TALABASI
SHONIYOZOVA YULDUZNING
“Falsafa " fanidan tayyorlagan
TAQDIMOT ISHI
TERMIZ-2022
06.05.2022
http://aida.ucoz.ru
1
ESTETIK TARBIYANING TURLARI
VA YO‘NALISHLARI
SHAXSDA FAHM-FAROSAT VA AQL
UYG‘UNLIGINI
•
Jamiyatning ma’naviy va axloqiy sog‘lomligi bebaho boylik
hisoblanadi. Negaki, sog‘lom muhit ma’nan yetuk, axloqan
yuksak shaxslami yuzaga keltiradi. Shuning uchun allomalar
insonga xos go‘zal axloqiy fazilatlar, ya’ni har bir inson o‘zi
yashayotgan muhitdagi turmush tarziga, oilaga, qo‘ni-
qo‘shnichilik va yoru- birodarlikka, jamoat joylaridagi
munosabatlariga, boshqalar bilan boiadigan aloqasi, yurish-
turishi, muomalasi, kiyinishi, did-farosati va boshqa shu kabi
fazilatlami tarbiyalash xususida ko‘plab о‘git va nasihatlar
qoldirib ketishgan.
06.05.2022
3
http://aida.ucoz.ru
Fahm-farosat tushunchasi va
uning mohiyati
•
Ma’naviyatimizning buyuk va bebaho merosi Hadisi Shariflarda ham
“Qo‘shningizga yaxshilik qiling- tinch boiasiz”, “0‘zingiz sevgan narsani odamlarga
ham ravo ko‘ring - salomat yurasiz”, “Inson xatoni ko‘proq o‘z tili bilan sodir qiladi”,
“Tashqi ko‘rinishlaringiz yoki molu-dunyolaringizga emas, balki dillaringizga va
ishlaringizga baho beriladi” kabi fikrlar ko‘plab uchraydi.
•
Ushbu hikmatlarda umuminsoniy qadriyatlar, kishilaming yurish-turishi,
atrofdagilar bilan munosabatining axloqiy asoslari, inson go‘zalligining umumiy
mezonlari to‘g‘risida olam-olam ma’noni uqib va o‘zlashtirib olish mumkin. Kim
qaysi lavozimda va vazifada ishlashidan qat’iy nazar, o‘zining serzavq, sermazmun
mehnati, yaxshi kayfiyati, boshqalarga yordami va saxiyligi, kamtarinligi,
madaniyligi, qadr-qimmati va xulq-odobi bilan, hamjihat ish yuritishi va odamlarga
foyda keltirishi bilan go‘zaldir. Shuni ham ta’kidlash lozimki, shaxs ma’naviyati
uning axloqiy sifatlari, odobi, Vatan va xalqqa sadoqati, mehnatga, insonlarga
bo‘lgan munosabati, aql-zakovati, fahm-farosati va qadr-qimmati bilan 0‘lchanadi.
Bu kabi ma’naviyat axloqiy qadriyatlar, xususan umuminsoniy va milliy qadriyatlar
ta’sirida o‘zgarib, rivojlanib, kamol topib boradi. 0‘z navbatida, yuksak ma’naviyat
shaxsning axloqiy jihatdan kamol topishida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun
bugun yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish, har bir voqea-hodisaga teran tafakkur
va tahliliy idrok bilan yondoshishga o‘rgatish
•
muhim ahamiyat kasb etadi.
Fahm-farosat estetik hissiyot va
estetik ong bilan bogiiqdir.
•
U o‘z-o‘zini estetik anglash - mavjud vaziyatni estetik
jihatdan tahlil qilishni, ya’ni qalban o‘zi bilan
gaplashish, o‘zicha baholash, o‘zini nazorat qilish,
o‘zini o‘zi takomillashtirish, har bir vaziyatda yaxshi
va yomonni qalban his qilishni taqozo etadi. Farosat -
voqelikni asliga muvofiq idrok etish, unga to‘g‘ri
munosabat hosil qila bilmoqlik, shu bilan birga
voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqib, uni
hayotga tatbiq eta bilishdir. Buning uchun inson,
awalo, o‘z holini to‘g‘ri idrok etishi, ikkinchidan,
o‘zgani tushunish, o‘zgalaming ehtiyoji, xohishi,
imkoni haqida to‘g‘ri tasawur hosil qila bilishi kerak.
SHAXSNING ESTETIK EHTIYOJI
•
Estetik faoliyatning ham sub’ekti, ham ob’ekti
hisoblangan shaxsning estetik ehtiyoji va didi u
mansub millatning tarixiy shakllangan an’ana va
mezonlari, shuningdek, o‘ziga xos tabiiy-hududiy,
geografik va ijtimoiy hayot sharoitlariga bog‘liq
bo‘ladi. Inson haqidagi fanlar ning vazifasi tasvirlash,
tushuntirish bilan birga, yana muhimi, fahmlashdir.
Fahmlash, idrok etish o‘rganiladigan ob’ekt yoki
sohaning insoning maqsadi va idialiga muvofiqligini
izohlash (interpretatsiya) demakdir.Fahmlash, idrok
etish insoniylik mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq
bo‘lgan jarayondir.
Ibn Sino, inson tarbiyasi borasida
•
Ibn Sino, “Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so‘zi, tili va aqli,
tafakkur qilishi bilan farq qiladi. Inson aqli turli fanlami o‘rganish
yordamida boyiydi”, deb hisoblaydi. Forobiy fikricha, inson o‘z tabiatiga
ko‘ra hayotini tartibga keltirish, mustahkamlash va takomillashtirish uchun
boshqa insonlarga muhtoj bo‘ladi. Yakka holda hech kim bunnig uddasidan
chiqa olmaydi. “Inson shunday maxluqotki, u faqat jamiyatda o‘z
ehtiyojlarini qondirishi va oliy ma’naviy darajaga ko‘tarilishi mumkin”* .
Inson o‘z hayotining me’mori, ijodkori bo‘lmog‘i, o‘zida fozila xislatlar,
iste’dodlami tarbiyalashi lozim. Bunga esa u jamiyatda yashab faoliyat
ko‘rsatgandagina erishadi. Inson ijtimoiy mavjudod. Yolg‘izlik uzlat uni
qashshoqlashtiradi, insoniy qiyofasini va baxtga olib boradigan iste’dodini
yo‘qotadi. Ibn Xaldun insonga ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan
ijtimoiy mohiyat izlaydi. Inson jonzot sifatida ezgulik va yovuzlik olamidir.
Shunga ko‘ra, u umrining har daqiqasida yovuzlikdan ko‘ra ezgulikka,
yomonlikdan ko‘ra yaxshilikka, nafratdan ko‘ra muhabbatga intilib
yashashga mahkum etilgan aql sohibi, bebaho ne’matdir.
•
Do'stlaringiz bilan baham: |