2. Aholi punktlari hududlarini obodonlashtirish masalalarini hal etish mahalliy
davlat hokimiyati organlarining bevosita vazifasi hisoblanadi.
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z ishida quyidagilarni ta’minlashi shart:
- aholi punktlarining butun hududida, shu jumladan
umumiy foydalaniladigan
hududlarda, shuningdek aholi punktlari oralig‘idagi hududlarda
obodonlashtirish
ishlarini tashkil etish;
- obodonlashtirish ishlarini arxitektura va qurilish normalari va qoidalariga qat’iy
muvofiq ravishda, shuningdek shaharlar va aholi punktlarining tashqi qiyofasiga
nisbatan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda amalga oshirish;
- obodonlashtirish ob’ektlaridan foydalanish va ularni saqlash
ishlarini sanitariya
normalari va qoidalariga muvofiq tashkil etish;
- aholi bandligini, obodonlashtirish sohasidagi ishlarning samaradorligini oshirish
uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va shart-sharoitlar yaratish;
- obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Arxitektura va qurilish bo‘yicha hududiy organlarning obodonlashtirish
ishlarini amalga oshirishdagi vazifalari:
1. Arxitektura va qurilish bo‘yicha hududiy organlar hududlarni obodonlashtirish
ishlarini amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga, Qurilish vazirligi hay’ati
qarorlariga,
viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlarining qarorlariga belgilangan
tartibda tasdiqlangan arxitektura va qurilish bo‘yicha hududiy organlar to‘g‘risidagi
nizomlarga hamda ushbu Qoidalarga amal qiladilar.
2. Shaharlar va tumanlarning qurilish bo‘limi boshliqlari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent
shahar qurilish bosh
boshqarmalarining bosh arxitektorlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish
vazirligining vakolatli vakillari hisoblanadilar, ular:
o‘z vakolatlari doirasida, obodonlashtirish boshqarmalari hamda mahalliy davlat
hokimiyati organlari bilan hamkorlikda obodonlashtirish masalalari bo‘yicha
ishlarni olib boradilar;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati
organlariga tegishli tashkilotlar
bilan birgalikda tayyorlangan, ko‘chalarni va
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlashga,
zarurat
bo‘lganda
yangilarini
qurishga,
obodonlashtirilishi
va
ko‘kalamzorlashtirilishi kerak bo‘lgan hududlarning shart-sharoitlaridan kelib
chiqqan holda har xil daraxtlar va o‘simliklar turlarini o‘tqazishga taalluqli bo‘lgan
takliflar va loyiha yechimlari kiritilishini ta’minlaydilar;
shaharsozlik hujjatlari va obodonlashtirish loyihalari asosida hokimliklar tomonidan
tasdiqlangan ish rejalari amalga oshirilishini nazorat qiladilar hamda ularning
bajarilishi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga ma’lumotlar
tayyorlaydilar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi arxitektura
va shaharsozlik kengashiga
hududlarni obodonlashtirish loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash uchun
kiritadilar;
hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalar bo‘ylab qurilgan
binolarni rekonstruksiya qilish, dam olish hududlari va bog‘larini tashkil qilish bilan
bog‘liq bo‘lgan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat
qiladilar, shuningdek bajarilgan ishlar
monitoringini olib boradilar;
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni, savdo tarmoqlari va boshqa ob’ektlarni
joylashtirishda, shu jumladan muhandislik kommunikatsiyalari bo‘yicha sodir
etilgan qonun buzilishlarini aniqlaydilar, qonun buzilishlari to‘g‘risidagi
dalolatnomalarni rasmiylashtiradilar, ularni tegishli choralar ko‘rish uchun mahalliy
davlat hokimiyati organlari huzurida tashkil etiladigan shaharsozlik hujjatlariga
rioya etilishini nazorat qilish komissiyasiga kiritadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar
qurilish bosh boshqarmalarining belgilangan tartibda tasdiqlangan aholi
punktlarining
bosh rejalarini, mukammal rejalashtirish loyihalarini va boshqa
shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish yuzasidan o‘z vakolatlari
doirasida chora-
tadbirlar ko‘radilar.