2-Ma’ruza Obodonlashtirish ob’ektlarini qurish va barpo etishda arxitektura va qurilish normalari va qoidalari


Mahalliy davlat hokimiyati organlarining obodonlashtirish ishlarini amalga



Download 379,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana26.05.2022
Hajmi379,09 Kb.
#609368
1   2
Bog'liq
2 5199442861136811091

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining obodonlashtirish ishlarini amalga 
oshirishdagi vazifalari 
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish 
bo‘yicha o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, 
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga hamda ushbu Qoidalarga amal qiladilar. 


2. Aholi punktlari hududlarini obodonlashtirish masalalarini hal etish mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining bevosita vazifasi hisoblanadi. 
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z ishida quyidagilarni ta’minlashi shart: 
- aholi punktlarining butun hududida, shu jumladan umumiy foydalaniladigan 
hududlarda, shuningdek aholi punktlari oralig‘idagi hududlarda obodonlashtirish 
ishlarini tashkil etish; 
- obodonlashtirish ishlarini arxitektura va qurilish normalari va qoidalariga qat’iy 
muvofiq ravishda, shuningdek shaharlar va aholi punktlarining tashqi qiyofasiga 
nisbatan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda amalga oshirish; 
- obodonlashtirish ob’ektlaridan foydalanish va ularni saqlash ishlarini sanitariya 
normalari va qoidalariga muvofiq tashkil etish; 
- aholi bandligini, obodonlashtirish sohasidagi ishlarning samaradorligini oshirish 
uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va shart-sharoitlar yaratish; 
- obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. 
Arxitektura va qurilish bo‘yicha hududiy organlarning obodonlashtirish 
ishlarini amalga oshirishdagi vazifalari: 
1. Arxitektura va qurilish bo‘yicha hududiy organlar hududlarni obodonlashtirish 
ishlarini amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik 
kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlariga, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga, Qurilish vazirligi hay’ati 
qarorlariga, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlarining qarorlariga belgilangan 
tartibda tasdiqlangan arxitektura va qurilish bo‘yicha hududiy organlar to‘g‘risidagi 
nizomlarga hamda ushbu Qoidalarga amal qiladilar. 
2. Shaharlar va tumanlarning qurilish bo‘limi boshliqlari, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh 
boshqarmalarining bosh arxitektorlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish 
vazirligining vakolatli vakillari hisoblanadilar, ular: 
o‘z vakolatlari doirasida, obodonlashtirish boshqarmalari hamda mahalliy davlat 
hokimiyati organlari bilan hamkorlikda obodonlashtirish masalalari bo‘yicha 
ishlarni olib boradilar; 
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati 
organlariga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlangan, ko‘chalarni va 
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlashga, 
zarurat 
bo‘lganda 
yangilarini 
qurishga, 
obodonlashtirilishi 
va 
ko‘kalamzorlashtirilishi kerak bo‘lgan hududlarning shart-sharoitlaridan kelib 


chiqqan holda har xil daraxtlar va o‘simliklar turlarini o‘tqazishga taalluqli bo‘lgan 
takliflar va loyiha yechimlari kiritilishini ta’minlaydilar; 
shaharsozlik hujjatlari va obodonlashtirish loyihalari asosida hokimliklar tomonidan 
tasdiqlangan ish rejalari amalga oshirilishini nazorat qiladilar hamda ularning 
bajarilishi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga ma’lumotlar 
tayyorlaydilar; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar 
qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi arxitektura va shaharsozlik kengashiga 
hududlarni obodonlashtirish loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash uchun 
kiritadilar; 
hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalar bo‘ylab qurilgan 
binolarni rekonstruksiya qilish, dam olish hududlari va bog‘larini tashkil qilish bilan 
bog‘liq bo‘lgan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat 
qiladilar, shuningdek bajarilgan ishlar monitoringini olib boradilar; 
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni, savdo tarmoqlari va boshqa ob’ektlarni 
joylashtirishda, shu jumladan muhandislik kommunikatsiyalari bo‘yicha sodir 
etilgan qonun buzilishlarini aniqlaydilar, qonun buzilishlari to‘g‘risidagi 
dalolatnomalarni rasmiylashtiradilar, ularni tegishli choralar ko‘rish uchun mahalliy 
davlat hokimiyati organlari huzurida tashkil etiladigan shaharsozlik hujjatlariga 
rioya etilishini nazorat qilish komissiyasiga kiritadilar. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar 
qurilish bosh boshqarmalarining belgilangan tartibda tasdiqlangan aholi 
punktlarining bosh rejalarini, mukammal rejalashtirish loyihalarini va boshqa 
shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish yuzasidan o‘z vakolatlari
doirasida chora-
tadbirlar ko‘radilar. 

Download 379,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish