§ 2. Konstitutsiyaning ta'rifi mazmuni va mohiyati
Konstitutsiya davlatning oliy kuchga ega qonuni, u asosiy qonun deb ham
ataladi. Sababi Konstitutsiya davlatchilikni, qonuniylik va huquq-tartibotni,
qonunchilikni asosi. Konstitutsiya eng avvalo yuridik hujjatdir. Uning shu
xususiyatlari va sifatlari konstitutsiyaviy huquq fanining predmetini tashkil etadi.
Konstitutsiya boshqa qonunlar kabi faqat yuridik hujjat sifatidagina
namoyon bo„lmay, u siyosiy hujjathamdir. Chunki Konstitutsiya jamiyatdagi
siyosiy munosabatlarni ham tartibga solishga ta'sir qiladi.
Huquqiy davlatlar yoki shunday davlat qurayotgan mamlakatlar
Konstitutsiyalari g„oyaviylikdan xolidir. Faqat ular ko„pg„oyaviylikni,
plyuralizmni vujudga kelishi uchun, agar ular hammabop g„oya bo„lsa sharoit
yaratishi mumkin.
Shunday qilib
Konstitutsiya deb – oliy yuridik kuchga ega, davlatning
asosiy qonuni tushuniladi. Bu qonun davlat tuzilishining asosiy prinsiplarini,
shaxs huquqiy holati asoslarini, hokimiyat organlari tizimi, tarkibi, tashkil
bo„lish tartibi, vakolatlari, o„zaro munosabatlari, davlatning jamoat
birlashmalari bilan munosabatlarining asoslarini belgilovchi normalar
yig„indisidan iborat bo„ladi. Konstitutsiya davlat funksiyasi doirasini, uning
35
shaxs va jamiyat bilan aloqasining asoslarini o„rnatish bilan konstitutsiyaviy
tuzim asoslarini belgilaydi.
Konstitutsiya mohiyatini mavjud tuzimda qo„lga kiritilgan yutuqlar, ularni
qanchalik fuqarolar manfaatiga mosligi belgilaydi. Shu va Konstitutsiya bilan
tartibga solish doirasi turli mamalaktlarda turlichaligi, Konstitutsiyaviy huquq
nazariyasida Konstitutsiya tushunchasi, mazmuni va mohiyati haqida yagona fikr
yo„qligiga sabab bo„ladi. Bundan tashqari turli mamlakatlarning rivojlanish
taraqqiyoti har xilligi, Konstitutsiya qabul qilinayotgandagi sharoitlarning har
xilligi, xalqning ongi, dunyoqarashi, hatto ahloqidagi farqlar ham bu masalalar
yuzasidan turlicha fikrlar bo„lishini tabiiiy ekanligini ko„rsatadi.
AQSH Konstitutsiyasi to„rt asr yuzini ko„rgan Konstitutsiyadir. U qabul
qilingan 1787-yildagi sharoit va jamiyat taraqqiyoti, XX asr oxiridagi va hozirgi
sharoitdan mutlaq farq qiladi. AQSH Konstitutsiyasi shundan kelib chiqib faqat
hokimiyatga
bog„liq
masalalarnigina
hal
qilgan.
Keyingi
kiritilgan
qo„shimchalargina inson huquqlariga taalluqli bo„lgan. Shuning uchun AQSHning
Konstitutsiyasini sof davlat (jamiyat emas) Konstitutsiyasi va huquqiy hujjati
desak bo„ladi. Angliyada esa hozirgacha yozilgan ya'ni yagona shakldagi
Konstitutsiya yo„q.
Shuning uchun ularning Konstitutsiyalariga nisbatan, keying davrda qabul
qilingan Konstitutsiyalarga ishlatiladigan ta'rifni qo„llab bo„lmaydi. Ikkinchi jahon
urushidan keyingi, mustamlakachilik tuzumi yemirilishi natijasida vujudga kelgan
davlatlar, Sovet Ittifoqi tarqalib ketishi natijasida vujudga kelgan mustaqil
davlatlar konstitutsiyalarining tartibga solish doirasi nihoyatda kengaytirildi, bu
esa Konstitutsiya mohiyati, mazmuniga yangicha ta'rif berishga asos bo„ladi.
Lekin Konstitutsiya tushinchasiga beriladigan ta'riflarda albatta uni, fuqaro
va shaxs huquqiy holati, erkinligi kafolati ekanligi, davlat hokimiyatini demokratik
tashkil qilish hokimiyatlar bo„linish prinsipida bo„lishi, xalq suvereniteti saylab
qo„yiladigan vakillik organlari orqali amalga oshirilishi, Konstitutsiya erkinlik va
1
Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. Т.2. –Т.: Ўзбекистон, 1996. 93-бет.
36
hokimiyat munosabatida muttanosiblik bo„lishini ta'minlanishi o„z ifodasini topishi
kerak.
Markscha-Lenincha konstitutsiyaviy ta'limotga asosan, Konstitutsiyaning
mohiyatini sinfiy kurashdagi sinfiy kuchlar nisbati belgilar edi. Bu ularning asosiy
ta'limotida jamiyatning sinflarga bo„linishi, albatta hukmron sinfning mavjud
bo„lishi, ularning irodasi hamma narsani belgilashi, boshqalarning shu irodaga
bo„ysunishga majburligi haqida ta'limotlariga mos edi.
U ta'limotda hokimiyat kimgadir (qandaydir) guruhga tegishli bo„lishi qat'iy
e'tirof etilar, bu narsa yashirilmas edi.
Hozirgi demokratik jamiyatlarda hokimiyat mexanizmi bu kelishuvchilikdir
(sheriklik), chunki jamiyatda siyosiy kuchlar turli – tuman bo„lib, hokimiyat uchun
kurashuvchi sub'ektlar soni cheklanmagan. Hokimiyatdagi kelishuvchilik
(sheriklik) istalmasada, ixtiyoriylik asosida bo„lib, umumiy maqsadga erishishda
manfaatdorlik bo„lishidan, hokimiyat va erkinlik masalasini qonun asosida hal
qilish zarurligidan vujudga keladi. Shuning uchun hozirgi Konstitutsiyalar hatto
eng kuchli bo„lsa ham ayrim sinflarning, ijtimoiy sinflarning manfaati uchungina
xizmat qila olmaydi.
O„zbekiston Konstitutsiyasi sinfiylikdan xoli, xalq manfaatini ifoda etuvchi
Konstitutsiyadir. “Konstitutsiya o„zining tub mohiyati, falsafasi, g„oyasiga ko„ra
yangi hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham
yo„q”
1
.
Hozirgi kunda hatto ayrim guruh yoki sinf o„z hukmronliginini o„rnatgan
vaqtda ham, demokratik jamiyat uchun xos bo„lgan, umume'tirof etilgan
qadriyatlardan boshqa, yangi narsani taklif qilishni tasavvur qilish qiyin. Shuning
uchun o„rnatiladigan tuzum u qanday bo„lishidan qat'iy nazar hukmronlar
tomanidan demokratik deb e'lon qilinadi, hatto o„zi avtoritar yoki totalitar bo„lsa
ham. Ular hyech qachon nodemokratik Konstitutsiyalar qabul qilishga tavakkal
qilmaydi. Mamlakatda kelishuv faqat hokimiyat mexanizmini yaratishda bo„lishi
1
Каримов И.А. Ўзбекистон келажаги буюк давлат. –T.: Ўзбекистон, 1992. 37-бет.
37
mumkin. Inson huquq va erkinliklarini (bu Konstitutsiyaning asosiy maqsadi)
aniqlashda kelishuv bo„lishi mumkin emas.
Totalitar tuzum va demokratik tuzumdagi davlatlarning Konstitutsiyalari bir-
biridan farq qiladi. Totalitar tuzum davlatlari Konstitutsiyalarida davlatning
rahbarlik roli Konstitutsiyaning o„zida ko„rsatib qo„yiladi va hukmron partiyaning
g„oyaviy ko„rsatmalari ta'siri iqtisodiy va siyosiy tizimga to„la tatbiq qilinadi. Shu
asosda mafkura, g„oya asosiy qonun darajasiga ko„tariladi.
Demokratik jamiyatda esa uning aksidir. Bu jamiyat hamma sohada davlat
boshqaruviga, rahbarligiga muhtoj emas. Bu jamiyatda Konstitutsiya davlatga
jamiyatni himoyalash vazifasini yuklaydi.
Bunday jamiyatdagi Konstitutsiyalarda, davlatning jamiyatni himoyalash,
fuqaro mas'uliyatini himoyalash vazifasi aniq belgilab qo„yiladi.
Konstitutsiyalar Muqaddima qismining mavjudligi bilan ham boshqa
qonunlardan farq qiladi. Muqaddima tantanali - deklarativ xaraterdagi ta'kidlardan
iborat bolib, ular yuridik kuchga ega emas. Muqaddimada davlatning maqsad va
vazifalari, davlatchilikda qabul qilinadigan, tayaniladigan qadriyatlar, xalq va
kelajak avlod oldidagi mas'uliyat belgilanadi. Bu g„oyalar keyinchalik turli
ko„rinish va shakllarda Konstitutsiya normalarida o„z aksini topadi. Shuning uchun
ham Konstitutsiyalarga ta'rif berilganda Konstitutsiya qo„lga kiritilgan yutuqlarni
mavjud ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlovchi hujjat bo„lib qolmay, maqsad va
vazifalarni belgilovchi hujjat hamdir deb ta'riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |