§ 4. Saylov senzlari. Saylovda ishtirok etmaslik asoslari. Saylovlarda
erkinlik
Saylov huquqi – fuqarolarning siyosiy huquqlari hisoblanadi. Undan
foydalanish siyosiy hayotda ishtirokni ta'minlab, mamlakat taqdirini hal qilishda
ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarga saylov
huquqini berish, ta'minlash bilan birga kimlar saylovda ishtirok etmasligini,
kimlarning saylov huquqi vaqtincha to„xtatilishi, uning asoslari ham ko„rsatib
qo„yilgan. Bu Konstitutsiyamizning 117-moddasida shunday belgilangan: “Sud
tomonidan muomilaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi
bilan ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi
mumkin emas va saylovlarda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda
fuqarolarning saylov huquqlarining to„g„tidan-to„g„ri yoki bilvosita cheklashga
yo„l qo„yilmaydi”.
Konstitutsiyamizning bu qoidasi saylovda qatnashmasligi uchun ikki asosini
belgilaydi.
298
Birinchi –
fuqaroning muomilaga layoqatini cheklanganligi, aqli zaifligi
natijasida. Bunday shaxslar o„zlarini harakatlarini baholay olmaydi yoki ongli
harakat qilolmaydi. O„zini harakati qanday oqibatlar keltirib chiqarishi
anglamaydi.
Ikkinchi
–
ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan ya'ni
jazo o„tayotganlar. Bularni saylov huquqi jazo o„tash davrida to„xtatiladi.
Har ikki holatda ham saylovda ishtirok etmaslikning asosi sud hujjatidir.
Sud shaxsni muomilaga layoqatsizligi to„g„risida qaror qabul qiladi, shaxsning
ozodlikdan mahrum qilish ham sudning hukmiga asosan amalga oshiriladi.
Konstitutsiya boshqa hyech qanday holatda fuqarolarning saylov huquqini
cheklashga yo„l qo„ymaydi.
Saylovlarda turli senzlar o„rnatilishi (senz cheklash ma'nosini beradi)
mumkin. Hozirgi kunda butun dunyoda saylov huquqida mavjud bo„lgan senz – bu
yosh senzidir. Yosh senzi fuqaroni voyaga yetgan bo„lishi, uning natijasida esa o„z
harakatiga javob bera olishni nazarda tutadi.
Aktiv va passiv saylovda yosh senzi har hil o„rnatilgan, masalan,
O„zbekistonda aktiv saylov huquqiga (saylash huquqiga) 18 yoshdan ega bo„linadi.
Hamma organlarga saylash huquqi 18 yoshdan vujudga keladi. Passiv (saylanish
huquqi esa) turli organlarga turlicha o„rnatilgan. Xalq deputatlari mahalliy
Kengashda deputatlar uchun 21 yosh, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat
a'zolari uchun 25 yosh. O„zbekiston Prezidenti bo„lib saylanish uchun 35 yosh
belgilangan. Shu yoshga yetmaganlar tegishli organlarga saylana olmaydi.
O„zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqa, milliy, jinsiy, irqiy,
mulkiy, irqiy cheklashlar nazarda tutilmagan.
Shu bilan birga aytish mumkinki, turli organlarga passiv saylov huquqida,
saylanishda, saylanuvchilar (nomzodlar) oldiga ma'lum talablar qo„yiladi. Bu
talablar qonuniy asosda, chunki ular tegishli qonunlarda belgilab qo„yilgan.
Bunday shartlar, talablar Prezidentlikka saylanuvchilar va vakillik organiga
saylanuvchilar uchun alohida-alohida bo„ladi.
Konstitutsiyaning 99-moddasiga binoan, Przident bo„lib saylanish uchun
fuqaro o„ttiz besh yoshdan kichik bo„lmasligi, davlat tilini yaxshi bilishi,
299
saylovgacha O„zbekistonda kamida 10 yil muqim (doimiy) yashagan bo„lishi
kerak. Shu shartlar mavjud bo„lsa fuqaro nomzodi tegishli tartibda Prezidentlikka
nomzod sifatida qo„yiladi va saylovda ishtirok etadi. “O„zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to„g„risida”gi qonunda ham Prezidentlikka nomzodlar oldiga
ba'zi talablar qo„yiladi. Ular quyidagilar:
- qasddan sodir etilgan jinoyatlari uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
- o„zlariga nisbatan jinoiy ish qo„zg„atilganligi munosabati bilan qonun
tomonidan ta'qib etilayotgan fuqarolar;
- diniy
tashkilotlar
va
birlashmalarning
professional
xizmatchilari
(Qonunning 25-moddasi) Prezidentlikka nomzod bo„lolmaydilar.
Konstitutsiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zosi
bo„lib saylanadiganlar oldiga ayrim talablarni qo„ygan, fuqaro deputat va senator
bo„lib saylanish uchun yigirma besh yoshga to„lgan va kamida besh yil
O„zbekistonda muqim yashagan bo„lish kerak.
“O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to„g„risida” Qonunda ham
deputat bo„lib saylanuvchilarga ba'zi talablar qo„yilgan. (25-modda).
Quyidagilar:
- sodir etgan og„ir yoki o„ta og„ir jinoyati uchun sudlanganlik holati
tugallanmagan yohud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so„nggi besh yil mobaynida O„zbekiston hududida
muqim yashamagan fuqarolar;
- O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari,
Milliy xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo„linmalarning xodimlari;
- diniy
tashkilotlar
va
birlashmalarning
professional
xizmatchilari
deputatlikka nomzod qilib ro„yxatga olinmaydi.
Senat a'zoligiga saylanish uchun qonunning 53-moddasida talablar qo„yilgan
bo„lib, senatorlikni yigirma besh yoshga to„lgan kamida besh yil O„zbekistonda
muqim yashgan, Qoraqalpog„iston Jo„qorg„i Kengesi va Mahalliy Kengash
deputatlari saylanadi.
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov
300
to„g„risida”gi Qonunning 23-moddasida shu Kengash deputatligiga nomzodlar
odiga ma'lum talablar qo„yilgan.
Quyidagilar:
- sodir etgan og„ir jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan
yohud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so„nggi besh yil mobaynida O„zbekiston Respublikasi
hududida muqim yashamagan shaxslar;
- O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini harbiy xizmatchilari,
O„zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining,
Davlat bojxona qo„mitasining, boshqa harbiylashtirilgan bo„linmalarning
xodimlari;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning xizmatchilari deputatlikka nomzod
etib ro„yxatga olinmaydi.
Sudyalar, prokurotura organlari va hokimiyat ijroiya organlarining
mansabdor shaxslari (hokimlar bundan mustasno) deputat etib saylangudek
bo„lsalar, egallab turgan lavozimlaridan bo„shash to„g„risida ariza berganlari
taqdirdagina xalq deputatligiga nomzod etib ro„xatga olinadi.
Saylov to„g„risidagi qonunlarda boshqa har qanday hollarda fuqarolarning
saylash, saylanish huquqlarini cheklash taqiqlanishi qayd qilingan. Jumladan,
“O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to„g„risida”gi Qonunning 2-
moddasida “Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy va milliy
mansubligiga, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashg„ulot turi va
xususiyatiga qarab O„zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-
bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash ta'qiqlanadi.
Shunday cheklashlar bo„lgan paytda aybdorlar qonunlar bilan tegishli
tartibda jazolanadi.
Saylov cheklashlari saylov erkinligi bilan bog„liq masala. Cheklashlar
qanchalik kam bo„lsa saylovlar erkin o„tadi.
Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqi bo„lib, ularning jamiyat va
davlat ishlarida ishtirokini ta'minlovchi muhim vositadir. Shunday ekan saylov
301
huquqidan foydalanganlik erkinlik, ixtiyoriylik prinsipiga asoslanadi.
Konstitutsiyaning 117-moddasida “Ovoz berish huquqi, o„z xohish-irodasini
bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi” – deyilgan. Ko„rinib
turibdiki, ovoz berish erkinligi, umuman saylovda qatnashish erkinligi qonun bilan
kafolatlanadi.
“O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to„g„risida”gi qonunning 3-
moddasida fuqarolar saylov oldi kampaniyasida va ovoz berishda ixtiyoriy
ravishda qatnashish, fuqarolarning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat
etishga yo„l qo„yilmasligi mustahkamlab qo„yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |