Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1.
Qoraqalpog„iston Respublikasining huquqiy makomi qanday? 
2.
Qanday masalalarni Qoraqalpog„iston mustaqil hal qiladi? 
3.
O„zbekiston va Qoraqalpog„iston munosabati nimalarga asoslanadi? 
4.
O„zbekiston davlat qurilishida Qoraqalpog„iston qanday ishtirok etadi? 
5.
O„zbekiston va Qoraqalpog„iston Konstitutsiyalari, qonunlari munosabati 
qanday? 
6.
O„zbekiston va Qoraqalpog„iston o„rtasidagi nizolar qanday hal qilinadi? 


287 
OLTINCHI BO„LIM 
 
O„ZBEKISTONDA DAVLAT HOKIMIYATINI TASHKIL ETISH 
 
XX bob. Saylov tizimi 
 
§ 1. Demokratik jamiyatda saylovlarning ahamiyati 
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlat hokimiyatining tashkil 
etilishi bo„limida avval qonunchilik hokimiyati, Prezident, hukumat faoliyati 
berilib saylov tizimi keyingi boblarda berilsada, aksariyat davlat organlari saylov 
orqali tashkil qilinishi sababli darslikda saylov tizimini dastlab ochib berish 
maqsadga muvofiq bo„ladi degan xulosaga keldik. 
Saylovlar demokratik davlatlar taraqqiyotida va fuqarolarning siyosiy 
huquqlari tizimida muhim Konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida markaziy o„rin 
egallab kelgan. Aynan, mazkur institut orqali fuqarolar bevosita yoki o„zlari 
saylagan vakillari timsolida davlat va jamiyatni boshqarish imkoniga egadirlar. Bu 
borada O„zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday ta'kidlaydi: “Demokratiya va 
saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o„zaro birlashib ketgan. 
Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani”
1

O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarga oid masalaga alohida 
to„xtalib: “Hayotda adolat o„rnatish, albatta, ijtimoiy taraqqiyotning ko„pdan-ko„p 
omillariga bog„liq. Ammo eng muhim, hal qiluvchi omillardan biri – bu erkin, odil 
saylov tizimidir. Ya'ni har qaysi pog„onada-jamoami, mahallami, korxonami, 
tumanmi, shaharmi, viloyatmi, davlatmi, uning rivoji va taqdiri ko„p jihatdan 
munosib yoki nomunosib shaxslarni, vakolatlarga ega bo„lgan rahbarlarni, shu 
jumladan, hayotimiz-kelajagimizni ishonib topshirgan noib-deputatlarni saylab 
olishimizga bog„liqdir”
2
deb ta'kidlagan edi. 
Odatda davlat hokimiyati organlari ikki uslubda: saylash va tayinlash yo„li 
bilan shakllantiriladi. Odatda umume'tirof etilgan tamoyillarga muvofiq, ijro 
1
Каримов И.А. “Парламент – жамият ҳаѐтининг кўзгуси. // Ўзбекистон демократик тараққиѐтнинг янги 
босқичида. Тўплам. – Т.: Ўзбекистон, 2005, 13-бет
2
Каримов И.А. “Халқ ишончи – юксак маъсулият. // Биздан озод ва обод Ватан қолсин. Т.2.-Т.:Ўзбекистон, 


288 
etuvchi hokimiyat va sudlov hokimiyati organlarining shakllantirilishi 
saylanadigan organlar tomonidan amalga oshiriladi. Shu asosda, saylovlar davlat 
hokimiyati organlarining butun tuzilmasiga oliy boshlang„ich legitimlikni 
ta'minlaydi
1

Davlatimizda bevosita saylov usuli bilan davlat boshlig„i – O„zbekiston 
Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Majlisning quyi – Qonunchilik palatasi 
deputatlari saylanadilar. Shuningdek, saylash uslubi bilan Qoraqalpog„iston 
Jo„qorg„i Kengesi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari shakllantiriladi. 
Saylovlar referendum kabi xalq irodasini to„g„ridan-to„g„ri namoyon etilishini 
qonunlashtirilgan shaklini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolar davlat 
hokimiyati organlarining shakllanishiga ta'sir ko„rsatadilar va shu tufayli ularning 
davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqlari amalga oshadi. Shuningdek, 
demokratik saylovlar – hokimiyat to„g„risidagi masalani kuch bilan hal etilishini 
aksidir. Bu borada Prezidentimiz: “Demokratiya sharoitlarida esa davlat ijtimoiy 
qarama-qarshiliklarni zo„rlik va bostirish yo„li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, 
xalq ta'biri bilan aytganda, murosai-madora bilan bartaraf etish vositasiga 
aylanadi”
2
deb ta'kidlaganda saylovlarni nazarda tutgan. 
Mamlakatimizning bosh maqsadi – demokratik huquqiy davlat qurish va 
fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo„lib uning asosiy shartlaridan biri xalq 
hokimiyatchiligini ta'minlash masalasidir. Jumladan, Prezident fikriga ko„ra: 
“Demokratiya hamma joyda bir xil. Uning umumiy tamoyillari hamma uchun 
tushunarli: bu – demokratiyaning ajralmas qismi bo„lgan xalq hokimiyati, xalqning 
xohish-irodasi va ochiq, erkin saylovlardir. Bu oxir-oqibatda har qanday 
demokratiyaning eng yuqori pog„onasi bo„lgan fuqarolik jamiyatidir”
3

Aslida, o„zining tashkil etilishi, tuzilishi jihatidan va faoliyatida xalqning 
1996. 349-350-бетлар.
1
Конституциявий ҳуқуқда 
легитимлик
(лотинчадан айнан legitimus - қонуний) деб давлат ҳокимияти 
органининг ѐки олий мансабдор шахсларнинг ҳуқуқ ва ваколатларининг қонуний деб топилиши ҳамда 
уларни конституция ва халқнинг қонуний билдирилган иродасига аниқ мос келиши тушунилади.
2
Каримов И.А. “Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир” Т. 3 – Т.: Ўзбекистон, 1993, 12-бет.
3
Каримов И.А. “Тинчлик ва хавфсизлигимиз ўз куч-қудратимизга, ҳамжиҳатлигимизга ва қатъий 
иродамизга боғлиқ. Т. 12 – Т.: Ўзбекистон, 2004, 163-бет.


289 
irodasiga tayangan, barcha umume'tirof etilgan inson va fuqarolarning huquq va 
erkinliklariga ta'minlashga intilgan davlat deganda tom ma'nodagi demokratik 
davlat tushuniladi. Bunda, demokratik davlat fuqarolarning erkinligi va 
hurfikrligiga asoslangan fuqarolik jamiyatining muhim ajralmas qismidir. Mazkur 
davlatning legitimliligi asosini esa xalq suvereniteti tashkil tashkil etadi. O„z 
navbatida, xalq suverenitetining amalda namoyon bo„lishining asosini saylovlar 
orqali tashkil etilgan davlat hokimiyati ifoda etadi.
Har qanday davlatni demokratik davlat, deb e'lon qilishning o„zi kifoya 
emas, muhimi, uning tashkil etilishi va faoliyatining tegishli huquqiy institutlar, 
huquqiy kafolatlar bilan ta'minlashdan iboratdir. Bunda, Konstitutsiyaviy-huquqiy 
institutlarning tizimida saylov huquqi instituti muhim rol o„ynaydi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida ko„rsatilgan maqsadlarga 
erishishda saylovlar bir vaqtning o„zida ikkita yirik vazifani yechishga hizmat 
qiladi: 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish