Birinchidan, energiya inqirozi tufayli neft import qiluvchi mamlakatlar to‘lov
balansining joriy operatsiyalari bo‘yicha defitsit oshib ketdi hamda bu defitsitni qoplash
uchun beriladian kreditga talab oshib ketdi.
Ikkinchidan, banklar orqali qayta harakatlantirgan neftedollarning ortiqchaligi vujudga
keldi. Bunda banklar ularni qo‘yish muhitini qidirishda katta risklarga duch keladi.
Uchinchidan, G‘arbiy mamlakatlar iqtisodiyotni tarkibiy qayta ko‘rishiga endigina
o‘tishgan edi hamda krediga bo‘lgan talabi yuqori emas edi. Bu omillarning birlashuvi
rivojlanayotgan mamlakatlarning riskga ega bo‘lgan bank ekspansiyaga turtki bo‘ldi. Bu
kreditlardan har yili 50 dan ortiq rivojlanayotgan mamlakatlar foydalanilganlar.
Kreditlarning ko‘p qismi Lotin Amerikasi, Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Osiyo
mamlakatlarning o‘ntacha ko‘proq rivojlangan mamlakatlarga berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |