TUZNING ERISH ISSIQLIGINI TOPISH.
Ishdan kuzatilgan maqsad: 1. Issiqlik effektini
kalorimetrik metodda
o’lchash usuli bilan tanishish.
2. Tuzning erish issiqligini topish.
3. Suvsiz tuzdan kristallgidratlar hosil bo’lish
issiqligini topish.
Ish uchun kerakli jihozlar:
Aralashtirgich o’rnatilgan Dyuar idishi,
0.5 litrli kolba, Bekman termometri, tuz solish
uchun probirka, shisha tayoqcha, analitik tarozi,
chinni hovoncha, texnik tarozi, 1 minutga
mo’ljallangan qum soat, kaliy nitrat, mis kuporosi,
suvsiz mis (II) sulfat.
Nazariy qism.
Tuzlar suvda eriganda issiqlik yo yutiladi, yoki chiqadi. Moddalarning
holati o’zgarganda va kimyoviy reaksiya bo’lganda chiqadigan issiqlik
efektini termokimyo fani o’rganadi. Rus akademigi G.I.Gess kashf qilgan
qonun termokimyoga asos soldi. Bu qonunga muvofiq, reaksiyaning issiqlik
effekti o’zaro ta’sir etuvchi moddalarning dastlabki va oxirgi holatlariga
bog’liq bo’lib, shu moddalar bir holatdan boshqa holatga qaysi yo’l bilan
o’tganiga bog’liq emas.
Modda o’zgarishining issiqlik effektini bevosita aniq o’lchab
bo’lmaydigan hollarda shu qonundan foydalanib, uning qiymatini hisoblab
chiqarsa bo’ladi. Masalan, kristalgidratlar hosil bo’lishida chiqadigan issiqlik
qiymatini bevosita aniq o’lchash qiyin, chunki suvsiz qattiq modda bilan
suvdan kristalgidratlar hosil bo’lish reaksiyasi dastlab suvsiz qattiq modda
bilan suvdan kristallagidratlar hosil bo’lish reaksiyasi dastlab suvsiz modda
kristallgidratchalari sirtqi qavatlarda suv bilan o’zaro ta’sir etib bo’lguncha
tez boradi, keyin esa juda sekinlashib qoladi. Bundan tashqari, modda suvda
erishi
natijasida
protsess
juda
murakkablashib
ketadi.
Ammo
termokimyoning asosiy qonunidan foydalanib, kristallgidratning erish
issiqligi o’lchanadi va birinchi qiymatdan ikkinchi qiymat ayirib tashlanadi.
Tuz suvda eriganda quyidagi protsesslar bir vaqtda boradi:
1. Moddaning kristall panjarasi buziladi. Bunda Q
1
ga teng miqdorda
issiqlik yutiladi.
2. Ionlar gidratlanadi, bunda Q
2
ga teng miqdorda issiqlik chiqadi.
Tuzning erish issiqligi shu protsesslar issiqlik effektining algebraik
summasiga teng:
Q
erish
= Q
2
+ Q
1
Kristall panjarasi mustahkam bo’lgan va eritmada sust gidratlanadigan
moddalar eriganda issiqlik yutiladi. Kristall panjarasi mustahkam
bo’lmagan yoki eritmada kuchli gidratlangan ( masalan, H
+
va OH
-
) ionlar
hosil qiladigan moddalar eriganda esa issiqlik chiqadi.
Eritiladigan bir mol moddaga to’g’ri keladigan erituvchining miqdori
oshirilsa, moddaning erish issiqligi ko’tariladi. Agar bir mol moddaga 100-
300 moldan ko’proq erituvchi to’g’ri kelsa, eritma yana suyltirilishi bilan
erish issiqligining qiymati sezilar-sezilmas o’zgaradi.
Bir mol modda erituvchida eritilganda yutiladigan yoki ajralib
chiqadigan issiqlik miqdori erish issiqligi deb ataladi, bunda erituvchidan
shuncha miqdor olingan bo’ladiki, erituvchidan yana qo’shilishi bilan
issiqlik effekti o’lchab bo’lmaydigan darajada o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: