19
Xulosa
Oilani rivojlantirish va uning farovonligini ta‟minlash mamlakatimizda
Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy
yo„nalishlaridan biridir. Bosh qomusimizning 63-moddasida oila jamiyatning
asosiy bo„g„ini bo„lib, jamiyat va davlat muhofazasida bo„lish huquqiga egaligi,
nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanishi
mustahkamlangan.
Aynan shu bois tadqiqot oilalarda qaror topgan ma‟naviy-axloqiy
qadriyatlar, an‟anaviy ijtimoiy institutni rivojlantirish omillari, shuningdek,
jamiyatimizning asosiy bo„g„ini bo„lgan oilani mustahkamlashda milliy
qadriyatlarning o„rni va ahamiyatini aniqlashga qaratildi.
Tadqiqotda ishtirok etgan aksariyat fuqarolarning fikricha, oila ma‟naviyat,
odob-axloq va tarbiya sohasida muhim o„rin tutadi. So„rov davomida ko„pchilik
fuqarolar (89,6 foiz) davlatimizning oila muammolariga qaratayotgan e‟tiborini
yuksak baholaydi. Ishtirokchilarning 90 foizdan ziyodi oilada ma‟naviyat va
ma‟rifatni yuksaltirish bilan bog„liq masalalarni hal etishda davlat faol ishtirok
etayotganini ta‟kidlagan.
Tadqiqot natijalariga ko„ra, ijtimoiy institutlar ham fuqarolar ma‟naviyati
yuksalishiga katta ta‟sir ko„rsatmoqda. Oila (86,7 foiz), mahalla (48 foiz), ta‟lim
muassasalari (52,3 foiz), ijtimoiy muhit (35,9 foiz), ommaviy axborot vositalari
(25 foiz) shular jumlasidandir.
Ijtimoiy so„rov O„zbekiston fuqarolari davlatimiz tomonidan ma‟naviy-
axloqiy sohada amalga oshirilayotgan siyosatni yuqori baholashini ko„rsatdi.
Fuqarolarimizning fikricha, ma‟naviy-axloqiy qadriyatlar jamiyatning negizini
tashkil qiladi.
Fuqarolarning 73,5 foizi o„z oilasi farovonligini “juda yaxshi” va “yaxshi”,
deb baholaydi. Aksariyat ishtirokchilarning fikricha, baxtli oilaviy hayot – o„zaro
ishonch, hurmat, mehr-muhabbat asosida qurilgan mustahkam nikohdir.
20
Fuqarolarimizning 91,6 foizi, ayniqsa, qishloq aholisi o„z oilasini mustahkam va
baxtli, deb biladi.
Yurtdoshlarimizning fikricha, oila ijtimoiy maqsadlar tizimini ishlab
chiqishda muhim o„rin tutadi. So„rov shuni ko„rsatdiki, avlodlar vorisiyligi
zamonaviy oilada qaror topgan muhim qadriyat bo„lib, kattaga hurmat, kamtarlik,
mehnatsevarlik, jamiyatda munosib o„rin egallash, yoshi kichiklar va o„zgalar
ko„magiga muhtoj insonlarga g„amxo„rlik qilishni ko„zda tutadi.
Oila – jamiyatning nikohga yoki qon-qarindoshlikka asoslanadigan muhim
instituti. Oilaviy munosabatlar nasl qoldirish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratadigan va bolalarni tarbiyalash, ularga jamiyatning madaniy an'analarini
singdirishga qulay zamin hozirlaydigan shaxslararo o„zaro aloqalarning
norasmiyligi bilan ajralib turadi. Oilaviy munosabatlar qarindoshlik aloqalari
bilangina cheklanmaydi: ular oila a'zolarining bir-biri oldida o„zaro ma'naviy
javobgarligi, birgalikdagi mehnat va turish-turmush hamda ular bilan bog„liq
bo„lgan va huquq bilan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar bilan
mustahkamlanadi.