Adabiyotlar:
1. Qilichev E., Qilichev B.E. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari.
Buxoro, 2002.
2. Qo`ng`irov R, Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat
asoslari. T., 1992.
3. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1993.
4. Begmatov E., Boboyev A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq
madaniyati. T., 1983.
5. Tojiyev Yo, Hasanova N, Tojimatov H, Yo`ldosheva O. O`zbek nutqi
madaniyati va uslubiyat asoslari. T., 1994.
Til boyliklaridan har kim o’zicha foydalanib so’zlaydi. Bir turdagi so’zlar
va tilga tegishli boshqa belgilar bir nutqda ko’proq ishlatilgani holda boshqa
nutqda uchramaydi. Boshqa bir nutq o’zining so’z boyligi va gaplarning
qurilishi, ohangi bilan uchinchi bir nutqdan ajralib turadi. Til boyliklarini tanlab
ishlatishga qarab nutq ko’rinishlari bir necha turga ajraladi. Ana shu xilma -
xillik nutq uslublari deb ataladi. Nutq uslublari aloqaning maqsadiga muvofiq
amalga oshuvi yo’lida so’zlovchining til boyliklaridan tanlab foydalanishi
tufayli nutqning tarixan shakllangan ko’rinishidir. Quyidagi misollar orqali nutq
uslublarini tasavvur qilsa bo’ladi:"
2-modda . Har bir inson , har qanday tafovutlaridan qat'iy nazar , ya'ni irqi,
terisining rangi , jinsi, tili, dini, siyosiy yoki o’zga e'tiqodlari, moddiy yoki
ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, tabaqaviy yoki boshqa mavqeiga qaramasdan,
ushbu Dekloratsiyada e'lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklarga ega
bo’lishi lozim. Bundan tashqari, inson mansub bo’lgan mamlakat yohud
xududning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro statusiga ega ekanligi asosida bu
xudud mustaqil, vasiylikdagi, o’z-o’zini idora qilmaydigan yoxud suveriniteti
20
qaysidir jihatlaridan cheklab qo’yilganidan qat'iy nazar ,biron bir darajada odam
ajratilishiga yo’l qo’ymasligi kerak."
Azizim, axir sizga ne gunoh qildimki, menga buncha sitamlar qilasiz?
Kecha aytgan joyingizga borib, qosh qorayguncha kutdim, kelmadingiz.
Kutgandan yomoni bo’lmas ekan."
"Sistem tilshunosligida gapning sintaktik struktura unsurlari gap bo’laklari
yoki sintatik pozitsiya nuqtai nazaridan, propozitiv struktura uslublari esa
ob'ektiv reallik strukturasiga izomorflik nuqtai nazaridan , kommunikativ
(aktual) struktura tema (ma'lum ) va rematik (yangi) nuqtai nazardan
o’rganiladi."Bu nutq parchalarining har bir grammatik qurilishi, leksikasi,
ohangi jihatidan bir-biridan keskin ajralib turadi. Birida rasmiy nutqqa xos
leksika asosiy o’rinni egallaydi.
Uslubshunoslikka bag’ishlangan asarlarda nutqning quyidagi uslublari
ko’rsatiladi.:
1. So’zlashuv uslubi.
2. Rasmiy uslub.
3. Ilmiy uslub.
4. Publisistik uslub.
5. Badiiy uslub.
Har bir uslub o’ziga xos sistema bo’lib, boshqa uslublardan ko’pgina
belgilari bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |