Demosfen (384-322)
Eramizdan avvalgi 384 - yilda Afinada dunyoga kelgan buyuk notiq
Demosfen o`z umrini Vatanining gullab-yashnashiga bag’ishlagan ulug’ davlat
arbobi edi. Otasining ismi ham Demosfen bo`lib, qurol-yaroq ustaxonasining
egasi edi. Bo`lajak notiq 5 yoshga to`lganida otasi vafot etadi. Demosfen va
singlisiga otasidan katta meros qoladi. Ammo ular kichkina bo`lganligi sababli
meros va bolalar tarbiyasi tog’asiga topshiriladi. Barcha boyliklarni qo`lga
kiritgan tog’asi Demosfen tarbiyasi bilan qiziqmaganligi uchun u nimjon bo`lib
o`sadi. Bo`lajak notiq voyaga yetgach merosni tog’asidan talab qiladi. Ammo
tog’asi unga me’rosni to’liq qaytarib bermaydi. Merosni tog’asidan to`liq
ololmagan Demosfen uni sud orqali undirib olishga qaror qiladi. Sudda
muvaffaqiyat qozonish uchun Afina davlati qonunlarini, ravon so`zlash,
davosining to`g’riligiga kishilarni ishontirish uchun notiqlik san`tini o`rganadi.
Zamonasining meros ishlari bo`yicha mashhur advokati bo`lgan Isey maktabida
4 yil ta`lim oladi. Eramizdan oldingi V asrda yashagan, Pelopan urushida
ishtirok etgan va uning tarixini yozgan Afina tarixchisi Fukididnin, faylasuf
Platonning asarlarini puxta o`rganadi. Fukidid asarlarini 8 marta qayta ko`chirib
yodlab oladi. O`qishni tugatgach, vasiylari bilan sudlashadi va sud 5 yil davom
etadi. Dastlab bo`lajak notiq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Chunki uning
tovushi juda past bo`lib, bir oz duduqlanar, “r” harfini talaffuz etolmas, mujmal
gapirar edi. Avval boshqalarga sudda so`zlanadigan nutqning matnini yozib
beradi. So`ng o`z nutqi ustida tinimsiz ishlaydi. Yekasini qimirlatib turish odati
bo`lib, ko`pchilik orasida o`zini to`g’ri tuta bilmas edi. Demosfen bu
kamchiliklarni astoydil tugatish uchun ter to`kib ishlaydi. Birinchi, ikkinchi
nutqi ayanchli holda tugaganligi sababli uzoq muddatli tinimsiz mashq qiladi.
Mana shu mehnatlari samarasida mashhur notiq bo`lib yetishadi. Lekin hech
qachon tayyorgarliksiz nutq so`zlamaydi, oldindan yozib qo`yilgan matnni
yodlab olar, har bir so`z ustida puxta o`ylar, jumlalarni aniq va chiroyli tuzishga
11
harakat qilar edi. U hech vaqt bo`lmag’ur safsatalarni yoqtirmas, xotirjamlik
bilan tinglovchilarning fikrini o`ziga tortar edi. 30 yoshli Demosfen davlat
ishlarida ham faol qatnashadi. Vatanining dushmani – makedoniyalik podsho
Filippga qarata nutq so`zlaydi. Afina Makedoniya rahbarligiga o`tkach uning
dushmanlari bosh ko`taradi. Xalq partiyasi Demosfenning vatanparvarligini
qadrlab uni “Oltin gulchambar” bilan taqdirlashga tavsiya etgan edi. Bu qarorga
Makedoniya tarafdorlari qarshi chiqadi. Mashhur notiq Esxil majlis qarori
ustidan sudga ariza yozadi va Demosfenni qoralab so`zga chiqadi.
“Gulchambar”ni himoya qilish maqsadida so`z olgan Demosfen Vatanining
gullab-yashnashi uchun tinmay kurashganini, Esxilning sotqinligini yorqin
nutqida obrazli tarzda tasvirlab beradi. Sud hukmiga ko`ra Esxilga katta
miqdorda jarima solinib, Afinadan badarg’a qilinadi. Biroq Makedoniya bilan
Afina o`rtasida boshlangan urushda afinaliklar mag’lub bo`ladi. Demosfen
sirtdan o`limdan mahkum etiladi. U Kalavri oroliga qochib borib, Poseydon
obodatxonasiga yashirinadi. Dushmanlari unga bo`lmag’ur va`dalar berib
Antipatra huzuriga olib bormoqchi bo`ladi. Bu yovuz niyatni vahmlagan notiq
zahar ichib (uyiga xat yozish bahonasida, ibodatxonaning ichkarisiga kirib)
eramizdan oldingi 322 - yil dunyodan o`tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |