15
OTMlarning o‘quv reja va dasturlarida bo‘lajak “Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”)
fani o‘qituvchilarga shu kasbning siru asrorlarini o‘rgatish, unung texnologik
tayyorgarligini ta’minlashda umumkasbiy va umumtexnik fanlarini ahamiyati va
o’rni beqiyosdir. “Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”) o’qituvchisi qanchalik
mahoratli bo’lmasin, texnika - texnologiya fanlarini yaxshi o’zlashtirmagan bo’lsa,
o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Chunki, “Mehnat ta’limi”
(“Texnologiya”) o’qituvchisining kasbiy faoliyati texnologik tayyorgarligi bilan
chambarchas bog’liq. Shuning uchun ham texnika – texnologiya fanlari “Mehnat
ta’limi” (“Texnologiya”) o’qituvchilarini tayyorlash tizimida muhim amaliy
ahamiyatga ega hisoblanadi [1].
Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik
adabiyotlarda texnologiya, pedagogic
texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik
tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi.
Bizning fikrimizchа, eng avvalo ‘‘texnologiya’’ so’zining ma’nosini
bilish
maqsadga muvofiq.
“Texnologiya” so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar
olish maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan
xom-ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi
fanni anglatadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni “texno”- hunar yoki
san’at, “logos”- fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati
haqidagi fan sifatida e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa
mamlakatlarida, jumladan Germaniya va Rossiya maktablarida “Mehnat ta’limi”
o’quv predmetini “Texnologiya” yoki “Texnologik ta’lim”
deb yuritilishi
maqsadga muvofiq hisoblaymiz [2].
“Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”) umum ta’lim tizimida o’quvchilarni
ijtimoiy nuqtai nazaridan o’zini anglashida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ta’limda
o’quv predmeti sifatida asosiy o’rinni egallaydi. Tayanch o’quv rejasi bo’yicha
“Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”)ni o’rganish boshlang’ich sinflarda boshlanib,
asosiy umum ta’limda yangi bosqichda davom etadi va o’rta maxsus ta’lim
tizimida yuqori bosqichda yakunlanadi.
Texnologiyaga o’rgatishning asosiy shakli o’quvchilarning o’quv-amaliy
faoliyati bo’lib, bunda mashqlar, laboratoriya-amaliy mashg’ulotlar, o’qub-amaliy
ishlar, tadqiqot yoki loyiha ishlarini bajarish eng ilg’or metodlar hisoblanadi.
Umumta’lim maktablari dasturlari barcha turdagi amaliy faoliyati materiallarga
ishlov berishning har xil texnologiyalarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’lib,
amaliy-bilish xarakterijga ega.
O’qituvchi mavjud imkoniyatga mos ravishda o’quvchi uchun shunday ob’ekt
yoki ish mavzusini tanlashi kerakki, bu bilan oxir oqibatda dasturda tavsiya etilgan
texnologik operatsiyalarni qamrab olishi lozim. Shu bilan bir vaqtda mehnat
ob’ekti o’quvchini yoshiga mos bo’lib, texnologiyaga o’qitish material-texnikaviy
bazasiga ko’ra ishni bajarish jmkoniyati bo’lish kerak. O’quvchilarni ijodiy va
loyihaviy faoliyat bilan bog’liq ishlarni tashkil qilishda
ijod mahsuli sifatida
16
tavsiya qilinadigan buyum yoki mahsulotni iste’molchiga moljallanganligi nazarda
tutish lozim.
Shaxs ijodkorlik sifatlarini tarkib toptirish hamda rivojlantirishda pedagogik-
psixologik jihatdan ulkan imkoniyatlar mavjud bo‘lib, uning ro‘yobga chiqishida
nazariy izlanishlar va amaliy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi. Bu borada bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini
texnik ijodkorlik
faoliyatiga tayyorlash ko‘p qirraliligi hamda murakkab kompleks tuzilmaga egaligi
bilan o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Pedagogik
kuzatishlardan
ma’lumki,
ko‘pchilik
“Mehnat
ta’limi”
(“Texnologiya”) o‘qituvchilari, endigina umumta’lim maktablariga ishga borgan
yosh mutaxassislar o‘quvchilarning texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda
muayyan qiyinchiliklarga duch keladilar. Shu ma’noda, bo‘lajak mehnat ta’limi
o‘qituvchilarini umum ta’lim maktablarida o‘quvchilar texnik ijodkorlik
faoliyatiga rahbarlik qilishga tayyorlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi [3].
Bu jarayonda model va texnik qurilmalarni yaratish jarayoni quyidagi
bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin: o‘quv topshirig‘ini o‘rganish;
tayyorlanadigan
model
turini
tanlash
va
texnik
topshiriqni
tuzish;
konstruksiyalanadigan obyekt bajaradigan ishlarni, ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan
yechim va uni hal qilish vositasini tanlash; fotosuratlar, chizma yoki boshqa
hujjatlarlar asosida yechimga yaqin konstruksiya va unga yechimlar bilan
tanishish; konstruksiyani ishlab
chiqish uchun sxema tuzish; konstruksiya
sxemasini tuzish va uning ishlash tamoyilini aniqlash, dvigatel turini asoslash;
detallar soni va ularning vazifalarini aniqlash; detal va uzellarga oid elementar
hisoblashlarni bajarish, ularni biriktirish usullarini tanlash; tayyorlash
uchun zarur
bo‘lgan detal va uzellar materialini aniqlash; texnik hujjatlarni ishlab chiqish va
obyektni tayyorlash; tayyorlangan obyektni tadqiq qilish asosida tayyorlangan
texnik hujjatlarga tuzatishlar kiritish; so‘nggi jihozlash va pardozlash ishlarini
bajarish, buyumni tayyorlash
sarf-harajatlarini hisoblash, buyum sifatini oshirish
va tannarxni arzonlashtirishga oid takliflar ishlab chiqish.
Bo‘lajak “Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”) o‘qituvchilarini o‘quvchilar
texnik ijodkorligi faoliyatiga rahbarlik qilishga tayyorlashda mehnat ta’limi
o‘qitish metodikasiga oid pedagogik tadqiqotlar olib borish va uning natijalari
asosida malakaviy bitiruv ishlarini tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
Bo‘lajak “Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”) o‘qituvchilarini umumta’lim
maktablarida o‘quvchilarning texnik ijodkorligiga rahbarlik qilishga tayyorlash
uchun ularda pedagogika va metodikaga oid bilimlarni kasbiy tayyorgarlik
yo‘nalishlari bilan bog‘lab o‘tishga oid ko‘nikmalarni shakllantirish lozim.
Shuningdek, bu jarayonda talabalarni o‘quvchilarda ixtirochilik, konstruktorlik
ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi bilan tanishtirish imkoniyatlaridan unumli
foydalanish lozim.
Xulosa
qilib aytganda, bo‘lajak “Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”)
o‘qituvchilarini mehnat ta’limi metodlari qatorida kasbiy ijodkorlikni tashkil etish
metodlarini puxta egallab borishlari mehnat ta’limi sifatini ta’minlash uchun zarur
metodologik asoslarning yaratilishini ta’minlaydi.