104
Zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar;
Imkoniyat (potentsiya), zaxira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini o’zida
mujassamlashtiruvchi motivlar.
7. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vujudga keltiruvchi
motivlar:
Biologik motivlar;
Psxologik motivlar;
Yuksak psixologik motivlar.
Kasb va qiziqish
Qiziqish -
deganda odamning u yoki bu predmetga qaratilgan aktiv bilish
faoliyati tushuniladi. Kasb tanlashga nisbatan olganda
qiziqishlar bu odamning
muayyan mehnat sohasiga ijobiy munosabati, uning bilishga va faoliyat
ko’rsatishga bo’lgan qiziqishidir.
Qiziqishlar o’zining mazmuni, ko’lami, uzoq davom etishinva teranligiga
qarab bir-biridan farq qiladi. Qiziqishlarning mazmuni va ko’lami odamning bilim
darajasini hamda har narsaga qiziquvchanligini aks etiradi. Qiziqishlarning
teranligi va uzoq vaqt davom etishi ularning barqarorligini ko’rsatadi. Qiziqishlar
o’z taraqqiyoti mobaynida bir nechta bosqichdan o’tadi. Dastlab ular vaqtincha,
epizodik xarakterda bo’ladi hamda muayyan bir predmetga nisbatan ijobiy
munosabatda bo’ladi. Bunday qiziqishlar
rivojlanib borilmasa, ular tez orada
susayib ketadi yoki mutloqo so’nadi. U yoki bu predmetning chuqur va muntazam
ravishda o’rganib borilishiga, mehnat faoliyatining qiziqqon sohasiga sinchkovlik
bilan kirishib ketishiga qarab qiziqishlar mustahkamlanib, kuchayib borishi va
asta-sekin barqaror qiziqishga aylanib qolishi mumkin.
Bunday qiziqishlar ko’pincha o’sib, ulg’aya borib, maylga-kishining muayyan
faoliyat bilan shug’ullanishga bo’lgan intilishiga hamda mazkur faoliyat bilan
shug’ullanishga bo’lgan intilishga hamda mazkur faoliyat turiga muvofiq
keladigan mahorat va
malakalarni takomillashtirib, doimiy ravishda o’z bilimini
oshirib boorish uchun intilishga aylanadi.
Qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda
insonning individual xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqish-insonlarning
dunyoqarash, e’tiqodlari, ideallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, ezgu niyatlari orzu
umidlari bilan bevosita bog’liq ravishda aks etadi. Qiziqish bilimlarining ongli,
puxta, barqaror, tinglangan holda o’zlashtirishda, ko’nikma, va malakalarni
shakllantirishda shaxs qobiliyati zehni o’quvchanligi rivojlanishiga,
olamni
mukammalroq tushunishga, bilim saviyasini kengayishiga yordam beradi. Qiziqish
motiv singari borliqning mo’jizakor tomonlarini bilishga, fan asoslarini egallashga,
faoliyatning turli-tuman shakllariga nisbatan ijodiy yondashishni vujudga keltiradi.
Mehnatga, ta’limga masuliyat bilan munosabatda bo’lishni shakllantiradsi, har
qaysi yakka hol (individual) shaxsga ishchanlik, g’ayrat, shijoat, yengilmas irodani
tarkib toptirishga puxta psixologik shart-sharoitlar yaratadi.
Qiziqishning psixologik mohiyatidan kelib chiqqan holda yondashilganda,
qiziqish foyda va manfaatni bildirib insonda
intilish, faollik ichki turtki, ehtiyojni
ro’yobga chiqarish manbai rolini bajaradi.
105
Jahon psixologiya fanining yirik namondalari shaxsning qiziqishini uning
yaxlit ruhiy dunyosi bilan,
jarayonlari, irodasi, xarakteri, temperamenti, hisiyoti,
qobilyati bilan umuman olganda inson tuzilishining barcha qirralari bilan bog’liq
tarzda tushuntirishga harakat qiladi.
Psixologiya fanining yirik namoyondalarining ta’limoticha, qiziqish –
odamlarning ehtiyojlari negizida yuzaga keladi, yaqqol ijtimoiy tarixiy shart-
sharoitda, vaziyatda vujudga keladi, shakllanadi barqarorlashib boradi hamda
ularning shaxsiy turkum
sharoitida va faoliyatda, ijtimoiy ishlab chiqarishi
qatnashishi singari omillarda gavdalanadi. Umumiy talqinlarga asoslanib mulohaza
bildirilganligi qiziqish alohida jarayon, ma’lum psixologik funksiyasi emas, chunki
u his-tuyg’u, iroda, ong, qolaversa, jamiiki psixik holatlar, hodisalar va ichki
kechinmalar o’zida mujassamlashtirgan, murakkab tizimli ruhiy voqelikdir.
Qiziqishning psixologik mohiyatining dastlabki ko’rinishi - bu uni odamlar
tomonidan anglab yetish yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini
uning tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini uning oqibatini anglash,
tasavvur etish orqaligina obyektiv borliqdagi
narsa va hodisalarga ongli
munosabatda bo’ladi. Lekin bu voqelik insonda birdaniga sodir bo’lmaydi, balki
muayyan vaqt davomida unda bilish jarayonlari, shaxs fazilatlari, individual-
tipologik xususiyatlar rivojlanishi tufayli yuzaga keladi. Shuni alohida ta’kidlab
o’tish joizki, qiziqishning psixologik mohiyati namoyon bo’lishi aqliy jarayonlar
muhim rol o’ynashi hodisasi qayd qilinishi u faqat intellektda tashkil topadi, degan
ma’noni anglatmaydi.
Xuddi shu boisdan, qiziqishni psixologik mohiyatining ikkinchi ko’rinishi-
uning his-tuyg’ular, emotsional holatlar bilan uyg’unlashgan, mujassamlashgan
tarzda ifodalanishidir. Ma’lum his-tuyg’ular, shuningdek, emotsional holatlar (ton,
kayfiyat, shijoat, ehtiros va boshqalar) shaxsning borliqdagi aniq
voqelikka, narsa
va hodisalarga, muayyan faoliyatga nisbatan intilishni, sayi-harakatlarni
kuchaytiradi, jadallashtiradi, safarbarlikni obyektga yo’naltiradi. Inson o’z shaxsiy
qiziqishini qondirgandan keyin unda yoqimli his-tuyg’ular uyg’onadi, ruhiy
qoniqish esa o’z navbatida praksik (lazzatlanish) hisni vujudga keltiradi. Aksincha
narsaga, hodisaga, faoliyatga qiziqish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlansa, u holda
noxush kechinmalarni yuzaga keltiradi, buning natijasida frustratsiya (ruhi tushish)
uning shaxsiyatini egallaydi. Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi
ko’rinishi-uning irodaviy sifatlari bilan yoki iroda akti bilan umumlashgan tarzda
vujudga kelishidir.Irodaviy zo’r berish, muayyan qaror bo’yicha intilish, bazi
qiyinchiliklarni yengish, mustaqillilik namoyon qilish qiziqishni qaror toptiradi,
shaxsni maqsad sari yetaklaydi. Qiziqishni psixologik mohiyatining to’rtinchi
ko’rinishi – uni oliy asab faoliyati xususiyatli va temperament tiplari bilan birga
mujassamlashgan holda namoyon bo’lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: