Toshkent davlat yuridik universiteti shaxsiy rivojlanish


Oraliq vaqtdan unumli foydalanish



Download 4,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/128
Sana23.05.2022
Hajmi4,07 Mb.
#607823
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   128
Bog'liq
fayl 1944 20210924 (1)

 
Oraliq vaqtdan unumli foydalanish 
 


113 
Qanday vaqtni oraliq vaqt sifatida tushunishimiz kerak? Odatda 
bizda deyarli har kuni jamoat transportini kutish va unda manzilimizga 
kelishgacha bo‘lgan, rahbar yoki shifokor qabulida o‘tadigan, tadbirlar 
davomidagi tanaffuslar va boshqa shu kabi o‘zimizga 
bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlarda vaqtimiz ketishi 
mumkin bo‘lgan, asosiy vazifalarimizni bajarishga 
kamroq vaqt qoldiradigan holatlar mavjud. Shunday 
vaziyatdagi vaqtni biz oraliq vaqt deymiz. Vaqtni 
boshqarish jarayonida aynan oraliq vaqtdan ham unumli foydalanish 
ko‘zda tutiladi va bu ham samaradorlikning yuqori bo‘lishini 
ta’minlaydigan omillardan hisoblanadi.
Kun davomidagi ishlaringizni rejalashtirganda oraliq vaqt uchun 
ham nima qilishingiz mumkinligini inobatga oling. Agar sizda oraliq 
vaqtni qisqartirish imkoniyati bo‘lsa, uni amalga oshirganingiz ma’qul. 
Oraliq vaqt davomida o‘zingiz o‘rganayotgan yoki shug‘ullanayotgan 
soha bo‘yicha biron bir kitobni o‘qish, mobil telefoninigizda elektron 
pochtangizga kelgan xatlar bilan tanishib chiqish yoki so‘nggi 
yangiliklardan xabardor bo‘lish kabi ishlar bilan shug‘ullanganingiz 
ma’qul. Chunki huddi shu ishlarni siz ofisingizda ham baribir bajarib 
muayyan vaqtingizni sarflashingiz kerak bo‘ladi.
Yaxshi dam olish samarali mehnat va muvaffaqiyat omili. Bejizga 
“Yaxshi dam – mehnatga hamdam” degan xalq maqoli kelib chiqmagan. 
Vaqtni boshqarish jarayonida ham bu qoidaning o‘z o‘rni bor. Chunki 
rejalaringizni amalga oshirish ortidan harakatlanib, sizda charchoq 
alomatlari paydo bo‘ladi. Keyingi ishlaringizning unumli bo‘lishi esa 
aynan qanday dam olishingizga bog‘liq. Vaqtni boshqarish bo‘yicha 


114 
ekspertlarning tavsiyalariga ko‘ra, dam olish jarayonini ham oqilona 
tashkil etish kerak. Ya’ni, dam olish yoki ta’til davomida xayolingiz 
ishdan to‘liq uzilgan holda o‘zingiz rohatlanadigan joyda bo‘lishingiz 
tavsiya qilinadi. Bu yerda ish bilan bog‘liq detallarni eslatuvchi 
narsalardan yiroq bo‘lish lozim. Oilangiz yoki do‘stlaringiz davrasida, 
tabiat qo‘ynida yoki o‘zingiz orzu qilgan joylarga borishingiz maqsadga 
muvofiq.
O‘z faoliyatingizni avvaldan belgilagan maqsadingiz va tuzgan 
rejangizga asosan monitoring qilish foydalidir. Biz strategik 
maqsadimizni reallashtirish yo‘lida tuzgan yillik, oylik, haftalik va 
kunlik rejalarimizni belgilangan muddatlar yakunlanganidan so‘ng tahlil 
qilishimiz zarur. Aytaylik, kunlik rejaga bir necha vazifalar kiritilib, 
ularni 
kun 
davomida 
bajarish 
belgilangan. 
Kun 
yakunida 
ro‘yxatingizdagi yozgan vazifalarni qay darajada amalga oshirilganini 
tahlil qilishingiz lozim. Agar ba’zi ishlarni bajarishga ulgurmay qolgan 
yoki boshqa sabablar tufayli bajarilmagan bo‘lsa, ularning sababini 
aniqlashingiz, shuningdek, keyingi reja tuzishda mana shunday kelib 
chiqishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy to‘sqinliklarni inobatga olishingizda 
qo‘l keladi. O‘z ishlaringizni belgilangan muddatlarda bajarilishini 
xuddi shunday yondashuv bilan haftalik, oylik ishlarga nisbatan ham 
qo‘llash yaxshi samara beradi.
Vaqtni boshqarish bo‘yicha yakuniy fikr bildiradigan bo‘lsak, bu 
ko‘nikma shaxsga o‘z hayotini doimiy muvozanatda saqlash va 
muvaffaqiyatga erishish uchun katta yordam beradi. Mazkur ko‘nikmani 
turli xil usul va yondashuvlarini amalda qo‘llash orqali siz o‘zingiz va 
oilangizning asosiy boshqaruvchisiga aylanasiz.


115 
Vaqtni boshqarish va undan unumli foydalanishga oid muhim 
tavsiyalar: 

Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish