92
va
baxt
bir-biridan farq qiladi. Baxt bu yaxshilikning o’zi. Biroq, har
bir kishining o’z baxti mavjud. Bu kamolotga faqat ongli faoliyat va
xohish tufayli erishish mumkin.
Keyin olim, qadimgi faylasuflarning
nazariyalariga asoslanib,
baxt turlarini e’lon qiladi. Ular «
baxtiyorlik
» deganda to’rt xil xislat,
ya’ni donolik, jasorat, halollik va adolatni nazarda tutadilar. Bu
shuningdek «barcha imtiyozlarning turlari» deb ataladi.
Tusiy, Olloh bergan kamolot inson uchun haqiqiy baxt bo’lishini
ta’kidlaydi. Uning fikriga ko’ra, barcha kuchlarni o’z vaqtida, joyda
va to’g’ri shaklda ishlatish natijasida baxtga erishish mumkin.
Aksincha, mavjud insoniylik kuchlarining kechiktirilishi baxtga
erishish uchun to’siqlar yaratadi.
Kitobning birinchi maqolasining ikkinchi qismi axloqiy
poklanish maqsadlariga qaratilgan va ular o’nta bobda bayon qilingan.
Birinchi bob insonlarning tabiati va axloqning o’zgarishi haqida.
Ikkinchi bobda «axloqan poklanish», - eng
sharafli ish deyiladi va
buni isbotlash uchun quyidagi dalillar keltiriladi: inson bu dunyodagi
eng ulug’vor mavjudot, insonning taraqqiyoti bilan yakunlangan ish
dunyodagi barcha asarlarning eng sharaflisi bo’ladi.
Uchinchi qismda axloqning karam (hurmat) va fazilat (qadr-
qimmat) kabi turlari haqida ma’lumot beriladi. Tusiy
nafs
ning
miqdorini istakning kuchlari soniga tengligini ko’rsatadi.
Yuqorida
aytib o’tganimizdek, insonning ikkita qudrati mavjud: «nazariy» (yoki
ilmiy) va «amaliy». Nazariy (yoki ilmiy) qudratni poklash natijasida
«donishmandlik» fazilatiga, g’azabning kuchini tarbiyalash natijasida
jasoratga, shahvoniy kuchni tarbiyalash natijasida «yaxlitlik» ning
qiymatiga erishiladi. Amaliy qudratni poklash natijasida esa
«adolat»ga erishiladi.
To’rtinchi
bobda muallif
donishmandlik
ning ko’rinishlarini
keltirib o’tadi.
Aql, idrok tezligi (aql-idrok), aql ravshanligi, oson
o’zlashtirish, aql go’zalligi, o’zini tuta bilish, xotira (zakovat)
kabilar
haqida so’z yuritib, bularning hammasi donishmandlikdan dalolat
beradi, deydi.
Tusiy,
adolat
ning 12 ko’rinishini tasvirlab:
fidoiylik, poklik,
sodiqlik, rahm-shafqat, xayriya, qarindoshlik rishtalari, mukofot,
tenglik, har qanday ishni hukm qilishda boshqalarning huquqlarini
buzmaslik, do’stlik, umid va ibodat
deb keltiradi.
93
Beshinchi bobda, axloqsizlikning ko’rinishlari ta’kidlanadi.
Olim, johillikni donolikning dushmani, qo’rqoqlikni
jasoratning,
ochko’zlik, odobsizlikni adolatning istibdodi bilan izohlaydi. Tusiyga
ko’ra, har qanday fazilat o’z chegarasiga ega va har qanday fazilat
cheklovdan past yoki ustun darajaga erishsa, shafqatsizlikka aylanadi.
Olim axloqsizlikka olib keladigan xatti-harakatlarni yettita omilga
Do'stlaringiz bilan baham: