53
ustiga tasodifan Afandi kelib qoldi. A’yonlarning rangi-ro’yi o’chib,
damlari ichiga tushib ketdi.
Podsho haqiqatni bilmoqchi bo’lib Afandidan so’radi;
– Qani, yaqinroq o’tirchi, a’yonlar senga qattiq kasallik
yo’liqqan
deydilar, rostmi?
– Shohim, ularning hammasi mening qadrdon do’stlarim, ular
yolg’on gapirishmaydi, eshitaychi, ular nimalar deyishdiykin?
– Bularning aytishlaricha, sening og’zing yomon sassib ketgan
emish.
– Ularning gaplari juda to’g’ri, shohim, – dedi Afandi, –
hozirgacha men ularning xiyonati, ahmoqona
qiliqlarini birovga
aytmay ichimga yuta berganimdan, o’sha illatlar ichimda sassib,
og’zimdan chiqmoqda.
***
Afandining anjiri pishgan edi, bir savatga terib Podshoga olib
bordi. Ammo qorovullar uning anjirini tortib olishdi-da, ichkariga olib
kirib ketishdi. Afandi darvoza tagida qoldi.
Shu vaqtda yasovullar
besh-o’nta bandini haydab kelishayotgan edi, ularning biri yo’lda
qochib ketdi, uning o’rniga Afandini ham bandilarga qo’shib
qorovullarga topshirishdi. Afandi qanchalik dodu faryod qilib
yopishmasin, foyda bermadi, uni zindonga tashladilar.
Kunlar, oylar o’tsa ham Afandi hamon zindonda qoldi. Bir kuni
podsho zindonga kirib Afandidan nima sababdan qamalganini
so’ragan edi, u butun voqeani so’zlab berdi. Poshsho uni bo’shatishga
buyurib, so’radi:
– Sening anjiring menga juda ma’qul bo’lgan edi, tila tilagingni?
– Anjir evaziga
shuncha mukofot oldimki, buning ustiga yana
biror narsa so’rashga ham uyalaman. Bir dona o’tkir bolta hadya
qilsangiz, shuning o’zi bas.
– Boltani nima qilasan?
– Bog’imdagi anjirlarni bitta qo’ymay kesib tashlamoqchiman, –
dedi u.
***
Afandi shayx bilan qabristonni ziyorat qilib yurar edi. U qabr
toshiga yozilgan bir lavhani o’qib hayron qoldi, unda: «Bu shaharning
podshosi Sulton Abdulmalik jahonga mashhur bo’lib uch yoshida
vafot etdi» deb yozilgan ekan:
54
Afandi taajjublanib shayxdan so’radi:
– Uch yoshida o’lgan bola qanday
qilib jahonga mashhur
bo’ladi?
Shayx javob berdi:
Sulton Abdulmalik yetmish yil yashab shundan faqat uch yilini
xursandchilik bilan o’tkazgan ekanlar. Shuni umr hisoblab, vasiyat
qilganlar.
– Agar shunday bo’lsa, – dedi Afandi, – men o’lganimda
qabrimga lavha tosh qo’yiladigan bo’lsa, unga: «Mulla
Nasriddin
tug’ildi-yu o’sha zamoni o’ldi» deb yozilar ekan-da!
***
Afandidan birov so’radi:
– Afandi, muchalingiz nima, necha yoshga kirdingiz?
– Muchalim ajdar, ellikka kirdim.
– Muchalning ilon bo’lishini eshitib yurardimu, ajdar bo’lishini
shu yoshga kirib, endi sizdan eshitishim. Afandi tushuntirib berdi:
– Yoshligimda onam rahmatlik, sening muchaling ilon degan
edilar. Hozir ellikka kirdim, ellik yil ichida har qanday ilon ham ajdar
bo’lib ketadi-da.
Do'stlaringiz bilan baham: