766
ko’rsatkichlarini aniqlash uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar bor (LKM, 2L-12,
SXL-3, PPV, DL-10, LPS-4, VXS-M1, Uz-7, SHSX, AX, Mikroskop, MSHU-1,
termoщup, tarozilar, tashqi ko’rinishi standart namunalari). Barcha mavjud bo’lgan
laboratoriyalar «O’zstandart» agentligi tomonidan shahodatlangan, asbob uskunalar
o’z vaqtida ko’rikdan o’tqazilib turiladi. Sinovlar sohaviy davlat standartlari talablari
asosida amalga oshiriladi «O’zpaxtasanoat» uyushmasi va «Paxtasanoat Ilmiy
Markazi» OAJ qoshida «Paxta» texnik qo’mitasi tashkil etilgan bo’lib, «O’zstandart»
agentligi va «O’zpaxtasanoat» uyushmasi tomonidan standartlashtirish bo’yicha
bazaviy tashkilotninng Nizomi tasdiqlangan. «Paxta» texnik qo’mitasi paxta va paxta
mahsulotlari standartlarini ishlab chiqish, tekshirish, qayta ko’rib chiqish,
o’zgartirishlar kiritish va bekor qilish bo’yicha faoliyat yuritadi. Bazaviy tashkilotda
standartlashtirish bo’yicha me’yoriy xujjatlar fondi mavjud bo’lib, unda 35 tadan
ziyod sohaviy, 60 ta Davlat standartlari, 35 ta texnikaviy shartlar, 3 ta rahbariy
xujjatlar (RX) va Davlatlararo standartlar mavjuddir. 2012 yilda «O’zstandart»
agentligi tasdiqlagan standartlashtirish rejasi bo’yicha amal qilish muddati
tugayotgan 2 davlat standartini qayta ko’rib chiqildi, 2 standart va 2 texnikaviy
shartlarning muddati uzaytirildi va rejadan taщqari 4 standartga tegishli
o’zgartirishlar kiritildi, shular jumlasidan: – O’z DSt 581:2002 Paxtani qayta ishlash.
Atamalar va ta’riflar 2-sonli o’zgartirish ; – O’z DSt 664:2012 Paxta tozalash asbob-
uskunalari. Texnologik ko’rsatkichlar nomenklaturasi ; – O’z DSt 665:2012 Paxta
maxsuloti toylarini o’rash uchun qo’llaniladigan materiallari. Texnikaviy shartlar; –
O’z DSt EN 14278-1:2012
(EN
767
14278-1) To’qimachilik xom ashyosi. Paxta tolasining yopishqoqligini aniqlash. 1
qism: Qo’l termodetektori bilan aniqlash usuli ; – O’z DSt 604:2001 Paxta tolasi.
Texnikaviy shartlar 4-sonli o’zgartirish – O’z DSt 614: Paxta tolasi. Namuna tanlab
olish usullari 1-sonli o’zgartirish; – O’z DSt 645:2010 Paxta momig’i. Texnikaviy
shartlar 1-sonli o’zgartirish; – O’z DSt 841: 2011 Paxta tolasi, paxta momig’i, paxta
tozalash korxonalarining ulyuk aralashgan chiqindilari va paxtaning kalta momig’i
aralashgan chiqindilari. Joylab o’rash, markalash, tashish va saqlash 1-sonli
o’zgartirish; – TSh 30-01:2002 Paxta tozalash korxonalarining paxtaning kalta
momig’i aralashgan chiqindilari. Texnikaviy shartlar 2-sonli o’zgartirish; – TSh
30-02:2002 Paxta tozalash
768
korxonalarining ulyuk aralashgan chiqindilari .Texnikaviy shartlar 2-sonli
o’zgartirish Yangilangan davlat standartlari va standartlarga kiritilgan o’zgartirishlar
mahsulotlari sifatini oshirish va paxta tolasini eksportlik salohiyatini oshirish
maqsadida paxta toylarining tashqi ko’rinishini yaxshilash bo’yicha bir qator ishlar
amalga oshirilmoqda.
Paxtani lozim bo'lgan holda saqlashni taminlash bo'yicha paxta tozalash zavodi va
tayyorlov punktining zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
-xo'jaliklar bilan paxta sotish uchun kontraksiya shartnomalari tuzish va ularning
bajarilishini nazorat qilish;-xo'jaliklarda paxtani yuqori sifatli qilib mashinada va
qo’lda terishni tashkil qilish va ta'minlash hamda uni navlarga to’g’ri ajratish
bo’yicha yo'l-yo'riq ko'rsatish; -xo'jaliklarni amaldagi respublika standartlari, paxta
xarid narxlarining preyskurantlari va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan taminlash; -
paxtani qabul qilish, g'aramlash, tashish va saqlashda mexanizmlardan to'liq
foydalanish;
-Transport, omborlar, maydonchalar, tarozi xo'jaligi, brezentlar, laboratoriya
-uskunalari, asboblar, o'rash va boshqa materiallardan oqilona va tejamli
foydalanish;-paxtani respublika standartlariga rioya qilgan holda o'z vaqtida beto'xtov
qabul qilib olish;
769
- qabul qilingan paxtani seleksion va sanoat navlari, sinflari bo’yicha bir xil
to'dalarga jamlab, urug'lik chigitni reproduksiyalar (avlodlar) va dala guruhlari
bo‟yicha alohida to‟dalarga ajratish;- quritish-tozalash sexining unumli ishlashini
ta’minlash;769
Paxta tayyorlash punktining laboratoriyasi qabul qilingan paxtaning har bir partiyasi
uchun pasport – kartochkasini tuzadi. Pasportda paxtaning seleksion va sanoat sorti,
reproduksiyasi, dala guruxi, ombor nomeri, partiyaning boshlangan va tugallangan
vaqti, uning og'irligi va klassifikatorning familiyasi ko'rsatiladi.
Horijiy mamlakatlar orasida chigitli paxtani dastlabki ishlov berish texnologiyasi
rivojlangan va zamonaviy ilg’or texnikaga ega, bu Amerika Qo’shma Shtatlari
(AQSh) mamlakati hisoblanadi. Shuning uchun Amerika Qo’shma Shtatlaridagi
chigitli paxtani qayta ishlash korxonalarida o’rta va uzun tolali chigitli paxtadan tola
ishlab chiqarishda qo’llaniladigan ilg’or texnologik jarayonlarni o’rganishda
«Lyummus» korporasiyasi, «Konti nental Igl» uskunasozlik firmasi taklif etilgan
uskunalar majmuasini misol qilib olish mumkin. «Kontinental Igl» mashinasozlik
firmasi tomonidan paxta tozalash korxonalari uchun yaratilgan zamonaviy uskunalar
majmuasi texnologik jarayonini quyidagicha hal qiladi: modulni (zichlangan chigitli
paxta) avtomatlashtirilgan uslubda buzish;
ikki va uch marta chigitli paxtani yirik iflosliklardan tozalash va chigitli paxtaga
aralashgan og’ir jismlarni ajratish; ko’p marta chigitli paxtani mayda iflosliklardan
tozalash;
chigitli paxtani ishlab chiqarishga avtomatlashtirilgan shaklda uzatish; texnologik
uskunalarning ishlashini va butun zavodni sozlash va boshqarish;
katta ish unumdorligida chigitli paxtadan tolasini ajratish (jinlash); ajratilgan
(jinlangan) tolani nuqsonlar va iflosliklardan samarali tozalash; soatiga 50ta
toygacha bo’lgan ish unumdorlikda tolani avtomatlash- tirilgan zichlash uskunalarida
(presslarda) toylash, o’rash, boqlash, ulash va tamg’alash
770
Do'stlaringiz bilan baham: |