Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 
1.
https://uz.wikipedia.org/wiki/alkogolizm 
2.
https://mymedic.uz/kasalliklar/spirtliichimliklar 
3.
https://uz.approby.com/alkogol/ 
4.
https://med360.uz/kasalliklar/alkogolizm/ 
5.
https://uz.castrovirreyna.com/alkogolizm 


291 
ФИО авторов: 
Y.Xodjiyev
GulDu O’zbek tilshunosligi 
kafedrasi filologiya fanlari nomzodi (PhD). 
M.Aliqulova 
GulDU O’zbek tilshunosligi
kafedrasi 2-kurs magistranti

Название публикации:
«“ALPOMISH” 
DOSTONIDA QO’LLANGAN 
EVFIMIZMLAR» 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Evfimizmning paydo bo’lishi, “Alpomish” 
dostonining tili haqida, “Alpomish” dostonining filologik o’rganilishi, “Alpomish” 
dostonida qo’llangan evfimizmlarlarning tasnifi xususida. Mazkur tadqiqot 
natijalarining ilmiy ahamiyati o’zbek tilidagi evfimizmlarning qo’llanilish xususiyatlari 
nazariy jihatdan boyitishi, xalq og’zaki ijodi namunalaridan evfimizmning qo’llanilish 
xususiyatlarini ilmiy – nazariy xulosalar berishi bilan izohlanadi.
Kalit so`zlar: 
evfimizm, evfimizmning dunyo tilshunosligida o’rganilishi, 
“Alpomish” dostonining filologik o’rganilishi, “Alpomish” dostonida qo’llangan 
evfimizlar. 
Evfemizm so’zi yunoncha eu-“yaxshi”, phemi-“gapiryapman” so’zlaridan kelib 
chiqqan bo’lib, og’zaki yoki yozma nutqda qo’llaniladigan, ma’nosi neytral
“vazifasi”ga ko’ra emotsional bo’lgan so’z bo’lib, qo’pol yoki “beodob” so’zlar 
o’rniga qo’llaniladi.
21
A.A.Reformatskiy “Evfemizmlar–taqiqlangan (tabulashtirilgan)
so’zlarning o’rniga qo’llanilishi mumkin bo’lgan so’zlardir”
22
deya ta’rif beradi. 
“Лингвистический энциклопедический словарь”da esa “Evfemizm” so’zlovchi 
uchun noo’rin, nohush, qo’pol tuyulgan so’z va ifodalar 
o’rniga ularga sinonim hisoblangan emotsional neytral so’zlardir’
23
deb ta’riflanadi. 
A.Hojiyevning 2002 -yilda qayta nashr qilingan “Lingvistik terminlar izohli
lug’ati”da evfemizmga quyidagicha izoh beriladi: “Evfemizm narsa-hodisaning ancha 
yumshoq formasidagi ifodasi; qo’pol, beadab so’z, ibora va tabu o’rnida qo’pol 
21
Кацев А.М. Языковое табу и эвфемия. Л.ЛГПИ, 1989.– С.15. 
22
Реформатский А.А. Введение в языкознание, М.1967.– С.200. 
23
Лингвистический энциклопедический словарь. Советская энциклопедия.1989.– С.406. 


292 
bo’lmagan, botmaydigan so’z, iborani qo’llash.
24
Masalan
, ikkiqat
so’zi o’rnida
homilador, og’iroyoq
so’zlarini qo’llash” (Biroq lug’atda disfemizmga doir fikr 
bildirilmagan). 
Evfemik ma’no yuklangan ifodalar antik davrdan boshlab olimlarda qiziqish
uyg’otgan. O.M.Freydenbarg tahriri ostida chop etilgan “Античные теории
языкознания стиля” nomli asarda “evfemizm” tushunchasi Demokrit,
Platon, Aristotel tomonidan ham tilga olinganligi haqida ma’lumot beriladi.
25
Demak, bu til birligi haqida qadimgi davrlarda ham bilishgan, ulardan 
foydalanishgan va hozirga qadar istifoda etishadi. Dastlab, evfemizmlar XII -XV
asrlarda ingliz tilida paydo bo’lgan. XIV asrlarda fransuz madaniyati urf bo’la 
boshlaydi, bu esa tilda ham o’z aksini topadi, degan qarash ham bor. 
So’zlovchi o’z fikrini til va nutq birliklari vositasida ifodalaydi. Bu jarayonda
asosan tushunchalarning to’g’ridan to’g’ri ma‘nosini bildiruvchi vositalardan 
foydalanadi, aniq obyektlar, reallik, insoniyat faoliyati muhiti va insonlarning
munosabati nutqida o’z aksini topadi. Ammo ba’zida vaziyatni yumshatish, qo’pol
tasvirlamaslik, so’zlarni to’g’ridan to’g’ri qo’llashdan qochish, muloqot madaniyati, 
so’zlashuvchilar o’rtasidagi hurmat va boshqa bir qancha omillar tilda alohida
so’zlardan foydalanish ehtiyojini tug’diradi. So’zlovchi bunday so’zlarni tanlashda
shunchaki u yoki bu qo’pol tuyulgan so’z yoki iboralarni yumshatibgina qolmay,
asl ma’noni yashirib, niqoblab keladi. 
Evfemizmlarning o’ziga xos xususiyati ularning doimiy o’zgarib turishidir. 
Evfemizm sifatida tilda qo’llaniluvchi evfemik so’zlar keyinchalik bu xususiyatini
yo’qotib o’z ma‘nosida qo’llanila boshlaydi va yangi evfemik so’zning 
shakllanishiga ehtiyoj tug’iladi. Evfemizmlarning doimiy o’zgarib turishi, tilning lug’at 
boyligini boyitadi, mavjud so’zlarga yangi ma’no yuklagani tufayli tilda ma’nodosh
so’zlarning vujudga kelishini va so’zlarning “polisemantik” xususiyatiga ega
bo’lishini ta’minlaydi. 
24
Хоjiyev.А. Lingvistik terminlar izohli lug’ati. Тоshkent, O’qituvchi, 1974.– Б.56. 
25
Фрейденберг О.М. Античные теории языка и стиля. М.; Л.: ОГИЗ, Соцэкгиз.1936.– 
С.207.


293 
Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik boʻlmish ilmu- ma’rifat,
ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovi deb 
bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning
rivojlanishini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va 
boyitadigan eng muhim omildir.
26
Xalq ogʻzaki ijodi ana shu omillarning
harakatlantiruvchi kuchi sifatida ta’lim-tarbiyaning asosiy vositalaridan sanaladi.
Oʻzbek xalqi ma’naviy hayotida “Alpomish” dostoni ana shunday oʻrin tutadi.
“Alpomish” dostoni –
xalqimizning ma’naviy mulki, unda xalqimizning ming yillar davomida shakllangan
sobit ruhiy olami, axloqiy qadriyatlari mujassam. Doston ana shu xalqning dovqur 
farzandlari – oqinlari, baxshilari, jirovlari tomonidan xalqiga munosib ravishda
yuksak pardalarda kuylab kelinadi. Zero, “qadim yurtimizda oltin sozi-yu oydin
ovozi, soʻylamoqni sayramoqqa mindira bilish iqtidori bilan bulbulni ham lol
qoldirgan, quvvai hofizasi, badihagoʻyligi, soʻzni huqqaboz kabi oʻynata olishi,
nafaqat oʻynatishi, balki ezgin-ezgin oʻylatishi bilan dongʻi doston boʻlgan ne-ne 
baxshilar “Alpomish”ni kuylamagan. Aniqlanishicha, bu dostonning oʻttizdan ortiq
varianti mavjud, ularni juda koʻp nomdor baxshilar aytib kelganlar va aytib
kelmoqdalar, ammo, taassufki, ularning aksariyati yozib olingan emas. Xalq orasida
atoqli baxshi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan yozib olingan variant keng tarqalgan. Shu
narsa haqiqatki, “Alpomish”ning hamma variantlarida ham xalq tilining oʻsha
rasoligi va ravonligi mana-man deb turadi”.
27
Umuman olganda, bu doston xalqning donishmandligi, elning dovyurakligi,
millatning jasurligi, turkiylarning yuksak ma’naviyati va axloqiy barkamolligini 
tarannum etuvchi epos. Xalqning oʻzligini ifodalovchi or, nomus, andisha, ehtirom, 
vatanparvarlik, jasorat, poklik va muhabbat, halollik va nafsoniyat, gʻurur va iroda
kabi muqaddas tushunchalarning qomusi, xalq ma’naviy mulkining koʻzgusi. Hech 
bir mubolagʻasiz aytish mumkinki, “Alpomish” dostoni – oʻzbek xalqi
26
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б.60-61.
27
Маҳмудов Н. Тил. – Тошкент: Ёзувчи, 1998. – Б.17.


294 
ma’naviyatining koʻzgusi, xalq tilining, el donoligining jonli tarixi in’ikosi.
“Alpomish” dostoni nafaqat badiiylik, tarixiylik 
jihatdan ahamiyatga ega, balki unda or-nomusning, vatanparvarlikning, doʻstga 
sadoqatning, insonparvarlikning, farzandli boʻlishga intilishning, islom dinining 
ulugʻlanishi ham alohida e’tiborga molik.
Evfimik birlikda inson ma’lum sabab bilan tabiat, hayvovot, hashorot, nabobatning 
u yoki bu, jonli yoki jonsiz turlariga nisbat beriladi;
Ularning 
faqat 
nomlarigina emas, ma’lum xususiyatlari ham insonga koʻchiriladi. Biroq bundagi 
aloqadorlik (assosiatsiya) muvaqqat (okkazional) boʻlib, muayyan nutqiy vaziyat talab 
va ehtiyoji ( inson nomini obrazlashtirish, simvollashtirish, oshkor aytavermaslik-
vaqtincha tabulashtirish kabi) asosida shakllanadi. Masalan, notanish, buning ustiga 
dushman Qoarajon savollariga Alpomish:
Koʻkqamish koʻlidan Suqsur uchirdim, 
Suqsurni izlagan Lochin boʻlaman. 
Bogʻlarim zulmaddan, changalim poʻlat,
Boysundan qoʻyilgan Shunqor boʻlaman. 
Boyligidan bedov otni boylagan, 
Tanqa taylab Olatovni yoylagan, 
Kambagʻalni qirq ming galahaydagan, 
Shul galada bizning bir moya kelgan, 
Moyaning yoʻqchisi – nori boʻlaman (“alpomish”, 149-b) deydi. 
Bu matnda Alpomish va Barchinoy nomlari yashirilib, Suqsur (koʻllarda yashovchi 
goʻzal bir qush) va Lochin, Shunqor (Suqsur kabi qushlarni ovlovchi qushlar sultoni), 
moya va nor (eng oliy zotli urgʻochiva erkak tuyalar) nomlari bilan atalganki, bu 
favqulotda goʻzal, ramziy evfimik birliklarning sabab boʻlgan. Xuddi shu oʻrinda 
Alpomish: 
Xazon boʻlsa, zogʻlar qoʻnar gulshanga, 
Ajalli kesrtki tegar ilonga, 
Indan chiqib pishak bilan hazillar, 


295 
Magar ajal qamsab kelsa chichqonga, deydiki, bunda ham dushman nomi 
– zogʻ, kaltakesak, sichqon; shularning kushandasi (Alpomish) – lochin, ilon, mushuk 
nomlari bilan berilgan.
Ultoy bosti shunday sherning izini,
Toʻy berib olmoqchi sarvinozini. 
Bunda Alpomish – sher, Barchinoy – sarvinoz soʻzlari bilan berilgan. Oʻgʻli 
Qorajon uchun sovchi boʻlib kelgan Surxaylga Barchinning onasi: “Qarchigʻay qargʻaga 
emtik beramani”,- deydi ( -b.). Bunda Alpomish – Qarchigʻay, Qorajon – qargʻa, 
Barchinoy – emtik (qoldiq goʻsht) nomlari bilan evfemallashtirilgan.
Umuman “Alpomish” dostoni evfimik birliklarni oʻrganishda eng muhim obekt 
boʻlib xizmat qiladi. Masalan, Alpomish nomi dostonda Alp, Sher, Arslon, Yoʻlbars, 
Nor, Qoʻchqor, Shunqor, Burgut, Lochin, Qirgʻiy; Ilon, Ajdarho; Xon, Bek, Ogʻa, Toʻra, 
Mard, Botir, Polvon, Sohib, Ega, Shohchinor, Togʻ kabi epitetlar bilan atalib, ramziy – 
evfimik birliklarning shakllanishiga; ikkinchi tomondan, Boysun, Qoʻgʻirot, Boysari, 
Alpomish, Barchinoy kabi nomlar oʻrnida (qalmoqlar nutqida) oʻzbek, oʻzbekning qizi, 
oʻzbekning qoʻyi, oʻzbekning boyi, oʻzbekning uyi, oʻzbekning oti, oʻzbekning polvoni 
kabi atamalar qoʻllanilganki, bu hurmat e’zoz emas, balki, bepisandlik, kamsitish, 
manmanlik kabi desfemik nutq – evfimikning shakllanishiga sabab boʻlgan.
Alpomish dostonidagi evfimik birliklar 
serqirra boʻlib bu ularni har bir belgisi asosida turlicha tasnif qilish imkonini beradi. 
Lisoniy belgilar asosidagi tasnifda evfimik birliklarning mavzuviy, semantik, shakily 
qurilish (struktur), uslubiy xoslanganlik kabi qator xususiyatlariga tayanildi. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish