Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3

 


272 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Ashrapova T., Odilova M. Ona tili o’qitish metodikasi. –Toshkent 
2. Yo'ldoshev J. G', Usmonov S. A Pedagogik texnologiya asoslari. -T.: 
„O'qituvchi", 2004. 
3. O’zbek tilining izohli lug’ati . 5 jildli / A. Madvaliev tahriri ostida. –
Toshkent: O’zb. mil . ens., 2006-2008. 
4. G'ul omov A. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. — T.: „O'qituvchi", 
1992. 
5.www.referat.uz 


273 
ФИО автора: 
Bayjanova Ramuza Teǹelbay qizi, 
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti talabasi 
Название публикации:
«OILA HUQUQIDA ALIMENT OLISH VA UNING 
XUSUSIYATLARI» 
Annotatsiya: 
ushbu maqolada aliment haqida va uning majburiyatlari, 
yuzaga keladigan munosabatlari, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz yordamga 
muhtoj bolalarga ta’minot berish tartibi, aliment miqdorining kamaytirilishi kabi 
vaziyatlarni óz ichiga olgan. 
Kalit sózlar: 
aliment, Oila Kodeksi, alimentum, nafaqa, ta’minot, voyaga 
yetmagan bolalar, mehnatga layoqatsiz, sud, moddiy ahvol, oilaviy ahvol, Oliy 
Sud Plenumi 
Aliment – ota-onaning voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz, yordamga 
muhtoj bolalariga, bolalarning ota-onasiga, er-xotinning, qarindoshlar va boshqa 
shaxslarning bir-biriga qonunga muvofiq beradigan majburan yoki ixtiyoriy 
ravishda tólanadigan ta’minoti hisoblanadi. Ota-onalar hamda bolalarning aliment 
borasidagi huquq va majburiyatlari Ózbekiston Respublikasi Oila kodeksi va 
boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-qoidalar asosida amalga 
oshiriladi. Darhaqiqat,
 
Ózbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-
moddasiga muvofiq, Ota-onalar óz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar 
boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-
onalarning vasiyligidan mahrum bólgan bolalarni boqish, tarbiyalash va óqitishni 
ta’minlaydi, bolalarga baǵishlangan xayriya faoliyatlarni raǵbatlantiradi [1], - deb 
kórsatilgan. Bu normaning kórsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilada ota-ona va bolalar órtasida yuzaga keladigan munosabatlar, tabiiyki, 
bir-biriga yordam kórsatish, bir-birini qóllab-quvvatlash, hamjihatlik hamda 
ixtiyoriylikka asoslangan bólishini taqozo etadi. 
Aliment majburiyatlari oila a’zolari órtasida sodir bóladi. 
Bu sóz lotincha “alimentum” sózidan olingan bólib – “oziq-ovqat”, “nafaqa”, 


274 
“ta’minot”, “boqish uchun mablaǵlar” degan ma’nolarni anglatadi. Qisqa qilib 
aytganda, alimentlar bir shaxsning ikkinchi shaxsga majburan tólaydigan moddiy 
mablaǵlari hisoblanadi. 
Oila kodeksining 96-moddasiga binoan, ota-ona voyaga yetmagan 
bolalariga to ular 18 yoshga tólgunga qadar aliment tólashlari shart. Ushbu modda 
ota-onaning faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan ta’minot berish 
majburiyatlariga baǵishlangan bólib, óz bolalarini moddiy jihatdan ta’minlash 
majburiyatini anglatadi [2]. Bu majburiyat bolaning iste’moli uchun oziq-ovqat 
mahsulotlari, kiyim-kechak, turli xil óyinchoqlar, jismoniy tarbiya mashǵulotlari 
bilan shuǵullanish choǵida kerak bóladigan buyumlar, óquv qurollari xarid qilish 
shaklida amalga oshiriladi. 
Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment 
tólash ota-onaning majburiyati hisoblanadi. Bunday aliment oyma-oy tólanadigan 
kórinishlarda namayon bóladi. 
Oila kodeksining 100-moddasida ota-onaning voyaga yetgan mehnatga 
layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga nisbatan tegishli majburiyatlari belgilab 
qóyilgan. Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj 
bolalariga ta’minot berishi shart. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga 
muhtoj bolalariga ta’minot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga 
oshiriladi. Ota-ona órtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo sud 
tartibida hal qilinishi kórsatilgan. 
Oila kodeksining 108-moddasiga kóra, mehnatga layoqatsiz, yordamga 
muhtoj voyaga yetgan bolalar ota-onasidan, agar ular yóq bólsa, qarindoshlari va 
Oila kodeksida kórsatilgan boshqa shaxslardan óz ta’minoti uchun aliment talab 
qilish huquqiga ega. Bunday hollarda aliment miqdori sud tomonidan aliment 
tólash shart bólgan shaxsning moddiy va oilaviy ahvoli hisobga olinib, pul bilan 
tólanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin. 
Voyaga yetgan bolalar 1 yoki 2-guruh nogironi deb topilgan bólsalar, 
sózsiz, óz ota-onalaridan aliment olish huquqiga ega bóladilar. Lekin 3-guruh 
nogironligini belgilashda shaxsning mehnat layoqatini anchagina yóqotgani va bu 


275 
layoqatning uzoq vaqt davomida pasayib borishi asos bóladi. Ammo bunday 
shaxsning mehnat layoqati tóliq va uzil-kesil yóqotilmaydi. Voyaga yetgan 
bolalar 3-guruh nogironi bólsalar, aniq vaziyatlar bóyicha sud aniqlab va órganib 
chiqargan xulosaga qarab, aliment olish huquqi vujudga kelishi mumkin. 
Aliment miqdori quyidagi hollarda kamaytiriladi: 
Aliment tólayotgan ota-onaning boshqa voyaga yetmagan bolalari bólib, 
undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda ósha bolalar aliment 
olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta’minlanib qoladigan 
bólsa; 
aliment tólayotgan ota (ona) nogiron bólib, moddiy jihatdan qiynalib 
kelayotgan bólsa; 
aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega bólgan taqdirda, aliment 
miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin. 
Agar voyaga etmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining tóliq 
ta’minotida bólsa, sud aliment tólayotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini 
hisobga olib, tólanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment 
tólashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. 
Aliment miqdorini kamaytirish yoki uni tólashdan ozod qilish uchun asos 
bólgan holatlar tugaganda, manfaatdor taraf aliment qonunda belgilangan 
miqdorda undirilishini talab qilib, sudga murojaat etishga haqli. 
Ózbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan 
farzandlikka olish haqidagi ishlar bóyicha qonunchilikni qóllash amaliyoti 
tóǵrisida”gi 2013-yil 11-dekabr 21-son Qaroriga muvofiq, farzandlikka olingan 
bolaning huquqlarini muhofaza etish maqsadida, sud tartibida foydasiga ota-
onasidan aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda [3], Oila kodeksi 
147-moddasiga asosan, ularning aliment tólash majburiyatlari quyidagi hollarda 
tugatiladi. Aliment tólash tóǵrisidagi kelishuvda belgilangan aliment 
majburiyatlari taraflardan birining ólimi, mazkur kelishuv muddatining ótishi 
yoki unda nazarda tutilgan boshqa asoslarga kóra tugaydi: 


276 
bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib tóla muomala layoqatiga 
ega bólganda; 
foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda; 
sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga 
muhtoj bólmay qolgan deb topganda; 
mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin 
yangi nikohga kirganda; 
aliment oluvchi yoki aliment tólashi shart bólgan shaxs vafot etganda 
tugatiladi. 
Farzandlikka olinayotgan bolaning vafot etgan otasining yoki onasining 
qarindoshlariga nisbatan shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va 
majburiyatlari saqlanib qolingan hollarda (Oila kodeksi 165-moddasining 3-
qismi) ota-onaning aliment tólash majburiyatlari tugatilmaydi. Bunday hollarda 
aliment miqdorini ózgartirish, uni tólashdan ozod qilish masalalari manfaatdor 
shaxslarning arizalariga asosan hal etilishi lozim. 
Shuni ham ta’kidlash órinliki, 2013-yil 30-apreldagi “Ózbekiston 
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ózgartish va qóshimchalar kiritish 
tóǵrisida”gi Qonuniga kóra [4] kiritilgan qóshimchalarga muvofiq, voyaga 
yetmagan bolani ota-onasidan olish va uni bolalar tarbiya muassasasiga 
joylashtirish tóǵrisidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har 
biridan mazkur bola foydasiga Oila kodeksining 99-moddasida belgilangan 
miqdorlarda alimentlar undiradi. Bunda undirilgan alimentlar mazkur bola 
nomiga ochilgan bank hisob varaǵida jamlanadi va u voyaga yetganda tólanadi. 
Oila kodeksining 109-moddasiga binoan, voyaga yetgan, mehnatga 
layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj óz ota-onasiga ta’minot 
berishlari va ular tóǵrisida ǵamxórlik qilishlari shart. 
Ota-onaning mehnatga layoqatsizligi, shuningdek, oiladagi boshqa 
a’zoning mehnatga layoqatsizligi ularning pensiya yoshiga yetganligi (ayollar 55 
yoshga va erkaklar 60 yoshga tólganligi) yoki I va II guruh nogironlari ekanligini 
anglatadi. Ota-onaning III guruh nogironi bólganligi TMEK (tibbiy-mehnat 


277 
ekspert komissiyasi)ning tegishli xulosasida tavsiya etilgan ishni topa olmaganlari 
taqdirda, ularga óz bolalaridan ta’minot olish huquqini beradi. 
Oila kodeksining 111-moddasiga binoan, voyaga yetgan, mehnatga 
layoqatli bolalar ota-onasining kasalligiga va boshqa uzrli sabablarga kóra 
qilinadigan qóshimcha xarajatlarda ishtirok etishlari shart. 
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar tomonidan qóshimcha 
xarajatlar ixtiyoriy ravishda qoplanmasa, talab qilinayotgan summa sud tartibida 
undirilishi mumkin. 
Oila kodeksining 112-moddasiga binoan, aliment undirish tóǵrisidagi nizo 
uzil-kesil hal etilgunga qadar, sudya shu nizo bóyicha unda belgilangan miqdorda 
vaqtincha aliment undirish tóǵrisida ajrim chiqarishi mumkin. Agar sud nikohdan 
ajratishda ishning kórilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun muddat 
berganda, “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bóyicha 
qonunchilikni qóllash amaliyoti tóǵrisida”gi Ózbekiston Respublikasi Oliy sud 
Plenumining 2011-yil 20-iyul 6-sonli Qaroriga kóra [5], Oila kodeksi 112-
moddasiga muvofiq bolalar ta’minoti uchun aliment undirish masalasini 
muhokama qilishga haqlidir. 
Bola tuǵilmasidan avval ham uning normal rivojlanishini ta’minlash 
maqsadida, shuningdek, tuǵilish arafasida ham muhtoj onaga otasi ekanligi 
isbotlangan, ammo ixtiyoriy yordam berishdan bosh tortgan shaxsdan moddiy 
ta’minot undirish tóǵrisida ajrim (qaror) chiqarilishi mumkin. Bunda moddiy 
ta’minlash miqdori, sudning ajrimi (qarori) bilan, ta’minot berish majburiyati 
ehtimol tutilayotgan shaxsdan ma’lum summada undirilishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, jamiyatimiz asosi bólmish oila juda katta 
ahamiyatga

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish